daqiqadan so'ng B irko'z jayraning ignalari shalvirab, butun badani
qaltiray boshlaganini sezdi. So'ng bu qaltiroq darhol bosildi va jayraning
qoziq tishlari so'nggi bor g'ijirladi-da, ignalari tam om ila shalpayib,
tanasi shilq etib tushdi. U boshqa qim ir etmadi.
Birko'z qo'rqa-pisa panjasi bilan jayrani chalqanchasiga yotqizdi.
Hammasi joyida. Jayra jon siz edi. O'ljani sinchiklab tekshirgandan keyin
bo'ri uni tishlab daryo yoqalab sudrab ketdi. U o'tkir ignalarga tegib
ketmaslik uchun boshini bir tom onga burib tortardi. T o'satdan bir nima
esiga tushdi-da, jayrani tashlab tustovuq yoniga qaytib bordi. U zarracha
ikkilanmay tustovuqni yeyishga kirishdi. Apil-tapil yeb b o'lgach , yana
jayraning jasadi tom on yugurdi.
Birko'z keltirgan o'ljasini g'orga sudrab kirganda, urg'ochi bo'ri
o'ljani ko'zdan kechirdi va boshini ko'tarib uning gardanini yalab-
Do'stlaringiz bilan baham: |