porlayotgan yorug'likka ko'zi o'rgandi-yu, buyumlar orasidagi masofani
aniq ilg'ay boshladi. A w a l devor shunchalik uzoqlashdiki azbaroyi
ko'rinm ay qoldi. Endi mana paydo bo'ldi, zum o'tm ay yana uzoqlashib
ketdi va boshqacha ko'rinishda nam oyon bo'ldi. D evor ola-b ula ko'rina
boshladi. Qirg'oqni qoplagan daraxtlar, bu daraxtlar ortida b o'y cho'zgan
tog', undan ham yuqorida joylashgan osm on uning ichida edi.
Bo'ri bolasini qo'rquv bosdi. N otan ish va vahimali narsalar ko'pay-
gandan ko'payardi. U g'or og'zida qunishib oldi-da, ko'z o'ngida gavda-
langan borliqni ko'zdan kechira boshladi. Naqadar dahshat! Barcha
notanish narsalar tahlikali tuyulardi unga. U ning junlari tikraydi, so'yloq
tishlarini ko'rsatib g'azab bilan vahshiyona tarzda irillashga tushdi.
O 'takasi yorilgan m ittigina bo'ri bolasi butun olam ga qarshi bosh
ko'tarm oqda edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |