Bo'ri bolasi bularning barchasi haqida insonga o'xshab m ulohaza
yuritmasdi. U shunchaki o'zi yashab turgan olamdagi narsalarni ikkiga —
yom on va yaxshi narsalarga ajratar va alohal yom on id a n — y a ’ni
taqiqlangan narsalardan kechishga tirishar va faqat hayot in ’om etadigan
siylov bilan shodlikka yukinardi.
Bo'ri bolasi onasi uqtirgan mana shu qonun va qo'rquvning qandaydir
ta ’siri ostida bo'lgani uchun ham g'or og'ziga yaqin yo'lam asdi. O'sha
tuynuk, erkinlikka chiqish darchasi unga ham on sh affof devor bo'lib
ko'rinardi. Ona bo'ri chiqib ketgan kezlar u d oim uxlar, uyg'ongach
esa zorlangandek g'ingshib-g'ingshib yotardi.
K unlarning birida u sh affof devor tarafdan kelayotgan g'ayritabiiy
tovushlardan uyg'onib ketdi. Bu g'or og'zida to'xtagan suvsar ekanini
bilm asdi va shu sabab o 'zin in g jasoratidan titrab-qaqshab o'sha yoqdan
Do'stlaringiz bilan baham: |