yashayotgan vahshiy sirtlonga yu zm a-yuz kelishi muqarrar edi.
To‘rtinchi bob
DUNYO DEVORI
Onasi ov qilgani g'ordan chiqib ketadigan bo'lganida bo'ri bolasi
nim a uchun g'or og'ziga borishi taqiqlanganini tushunib yetgan edi.
Bu qonunni onasi goh tum shug'i, goh panjasi bilan turtkilab doim
uqtirib turishini kanda qilm agandi, qolaversa uning o'zid a q o ‘rquv hissi
paydo b o‘la boshlagan edi. G ‘ordagi qisqagina umri m obaynida o'takasini
yoradigan biron hodisa ro‘y bermadi — lekin shunga qaramay u q o ‘rquv
nim aligini bilardi. Q o'rquv b o ‘ri bolasiga qadim ajdodlaridan boshlab,
ming-minglab hayot tomirlari orqali o'tgan edi. Bu Birko'z bilan urg'ochi
bo'ridan o ‘tgan m eros edi, zero o 'z navbatida ularga ham o'zlaridan
a w a l yashab o'tgan barcha bo'ri avlodidan m eros sifatida qolgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |