o'zlaricha bir nimalarga qiziqadigan bo'lganida g'or og'zidan yopirilayotgan
nurga tashnaliklari yanada kuchaydi. Ular uzluksiz g'or og'ziga sudralib
borishar, ona bo'ri dam-badam ularni qaytarishga majbur bo'lardi.
Ana o'shanda bo'ri bolasi onasining yalab-yulqaydigan huzurbaxsh
tilidan boshqa o'zga xususiyatlari ham borligining guvohi bo'ldi.
Jon-jahdi bilan nurga talpinar ekan, u onasining tum shug'i borligi
va haddidan oshganda jazolash uchun shu tum shug'i bilan turtkilashi
m um kinligiga ishonch hosil qildi, so'ngra yiqitib o'zin i bir zum da
dumalatib g'orning ichkarisiga keltirib qo'yishga qodir baquwat panjalari
ham borligini sezdi. Shu tariqa u birinchi marta og'riq nim aligini his
qildi va iloji boricha undan qochadigan bo'ldi, dastlab bunday jazoga
loyiq sho'xliklardan o'zin i tiydi, keyin jazoga chap berish va qochishga
o'rgandi. Bu endi har xil voqealardan o'zich a xulosa chiqarish natijasi
Do'stlaringiz bilan baham: |