yulqadi. Lekin shu bilan birga o'sha zahoti bolalaridan nariroq turishni
talab qilgandek irillab qo'ydi. To'g'ri, bu safar urg'ochi bo'rining ovozida
g'azabdan ko'ra yolvorish ohangi kuchliroq edi. O 'z zurriyotining
otasidan xavotirlanish hissi asta-sekin yo'qolib borayotgan edi. Birko'z
o'zin i ota bo'ri singari tutar va o'z nafsidan dunyoga kelgan bolalarini
bekordan-bekorga g'ajib tashlash istagidan yiroq edi.
Uchinchi bob
KULRANG BO‘R I BOLASI
U ham zotlaridan keskin ajralib turar edi. Ularning juni m alla rangga
m oyil bo'lib ham m alari ona bo'riga tortgan, u esa quyib qo'ygandek
Birko'zning o 'zi edi. Bir qorindan talashib tushgan bo'ri bolalari ichida
faqat u Kulrang edi. U n in g bo'ri naslidan ekani yaqqol sezilar va ko'p
jihatlari bilan otasini eslatar, farqi shuki, uning ko'zi ikkita, otasiniki
Do'stlaringiz bilan baham: |