O‘q otish va uni o‘qitish metodikasi fanidan ma’ruzalar matni Buxoro – 2020-yil. Annotatsiya ushbu dastur 5111500 «Chaqiriqqacha harbiy ta’lim»


O‘q otish kursini o‘qitish jarayonida O‘t ochish va YoChQBT fanlari bilan o‘zaro uzviy bog’liq holda nazariy, amaliy va uslubiy tayyorgarliklarni nazarda tutadi



Download 0,86 Mb.
bet3/41
Sana09.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#760488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
2 5406621015365129541

O‘q otish kursini o‘qitish jarayonida O‘t ochish va YoChQBT fanlari bilan o‘zaro uzviy bog’liq holda nazariy, amaliy va uslubiy tayyorgarliklarni nazarda tutadi.
Kurs dasturini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga qurol bilan ishlash mahorati singdiriladi, qurolning yuqori imkoniyatlari, o‘zbek o‘q otish maktabi g’ururi va yutuqlari, otish tayyorgarligining harbiy — amaliy ahamiyati ko‘rsatiladi.
O‘q otish bizning mamlakatimizda ommalashgan sport turiga kiradi. O‘q otish sporti qadimdan kelayotgan sport mashqlari turi hisoblanadi va uning misolida qadimgi vaqtlardagi o‘tkazilgan kamondan otish merganlik musobaqalarini ko‘rishimiz mumkin.
XIX asrda o‘q otish qurollari paydo bo‘lishi bilan o‘q otish sportida yangi era ochildi. Birinchi marta 1471 yili Shvetsariyada o‘q otish bo‘yicha ilk musobaqa o‘tkazildi. Rossiyada o‘q otish sporti XVIII asr boshlarida paydo bo‘ldi.
1806—1807 yillarda Peterburgda avval «O‘qchilar», keyinchalik esa «Otish Xavaskorlar Jamiyati» deb nomlangan birinchi jamiyat tashkil etildi.
1834 ynl Rossiyada xoxosh istagi bor kishilar otish mumkin bo‘lgan pistslet va miltiqdan pullik otish tirlari ochildi.
1898 yil 25 mayda Xabarovskda birinchi marta 130 odam ishtirok etgan harbiy namunadagi miltiqdan otish musobaqasi o‘tkazildi. Shu yil 1 sentyabrda esa Xabarovskda 200 kishi ishtirok etgan ikkinchi musobaqa o‘tkazildi. O‘quv muassasalarida otish to‘garagi raxbari — YoChQBT o‘qituvchisidir va otish to‘garagini tashkil qilish o‘quv muassasining maxsus buyrug’ida e’lon qilinishi kerak.
To‘garakda mashg’ulot o‘tish jarayonida uni uslubiy jihatdan to‘g’ri tashkil etib, o‘kuvchilar ongiga tez yetib boradigan tarzda o‘tish, o‘quvchilarnn YoChQBT faniga yaxshi munosabatda tarbiyalaydi.
Qisqa muddatda zamonaviy qurol va jangovor texnikalarni o‘rganish uchun har bir o‘smir Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishga taiyorlashi, ahloqiy-ruhiy sifatlarini tarbiyalashi, harbiy bilim va tajribalarni oshirishi kerak.
Buning uchun YoChQBT dasturi mavjud, lekin dasturda ajratilgai o‘quv soati juda kam. Shuning uchun darsdan tashqarii ishlar muhim rol o‘ynaydi.
Shu munosabat bilan YoChQBT o‘qituvchisining o‘rni uning bevosita tashqilotchisi sifatida yuqori qo‘yiladi.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish o‘quvchilarda ahloqiy va siyosiy sifatlarini rivojlantiradi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi.
YoChQBT o‘qituvchisi YoChQBT bo‘limlari bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazishda bevosita javobgardir. YoChQBT o‘qituvchisining pedagogik jamoa va o‘quvchilar orasida tutgan o‘rni kattadir.
Otish to‘garagi o‘z ishini otish asoslari va qoidalarini, o‘q otish qurollarining tuzilishi, otish qoidasi va usullari quroldan otish vaqtida va qurol bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirishdan boshlaydi.
To‘garak ishi haftadi ikki marta o‘tkaziladi. O‘quv muassasa terma jamoasi musobaqa oldidan har kuni shug’ullanadilar. Shuning uchun o‘q otish bo‘yicha talablarni bajarish uchun musobaqalarni rejalashtirishda va tuman birinchiligiga o‘z o‘quv muassasasini tayerlashda YoChQBT o‘qituvchisining o‘rni muhimdir.
YoChBQT o‘qituvchisining tashkilotchiligi uning otish to‘garagini tashkil qilishda mashg’ulot o‘tish uchun xona ajratish, miltiqni saqlash, tirni jihozlash, qurolni ta’mirlash va uni ishlatish uchun kerakli jihozlarni tayyorlash va o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlashdan iboratdir.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish