4-mavzu. Kichik kalibrli miltiqlardan yotgan holda tirgakka tayanib o‘q uzish texnikasini o‘rgatish. O’quv savollari: 1. Xavfsizlik choralari, mashg‘ulotni tashkil etish va ularning moddiy ta’minoti.
2. Yotgan holda tirgakka tayanib o‘q uzish texnikasini o‘rgatish.
1-o’quv savoli. Xavfsizlik choralari, mashg‘ulotni tashkil etish va ularning moddiy ta’minoti. a) O’q otish mashg’ulotida qatnashayotgan har bir talaba texnika xavfsizligi qoidalari bilish shart.
b) Mashg’ulot rahbari otish maydonida odam yoki xavf tug’ilsa (otboy) “To’xtatilsin” kamandasi otishni to’xtatishga majbur.
v) Qurolni o’qlash faqat “O’qlansin” komandasi bilan o’qlanadi.
g) Otuvchi faqat soz vintovkadan foydalansin.
d) Otish chizig’ida turgan talabaning vintovkasi o’qlanmagan zatvori ochiq holda turadi.
e) tashqaridagi qurol qu3tida g’ilofida bo’lishi kerak.
j) Oxirgi o’qni otib bo’lgandan keyin yoki “To’xtatilsin” va O’qsizlantirilsin” komandalarini eshitgan otuvchi qurolni o’qsizlantirib zatvor ochiq holatda mashg’ulot rahbariga ko’rsatishi shart.
z) O’qsiz qurol bilan mashq o’tkazish alohida chet joyda o’tkaziladi.
i) Otish chizig’ida otuvchi otayotganda boshqa talabani qurolga teginishi taqiqlanadi.
k) Qurolni meshenda bshqa tomonga burish xatto o’qsiz qurolni ham qatiyan taqiqlanadi.
l)Komandasiz otish va qurlni qarovsiz qoldirish taqiqlanadi.
Pnevmatik miltiqda otish mashqini bajarish uchun tirni jihozlash.
MASHG’ULOTNI TASHKIL ETISH
Otish mashqini bajarish uchun nishonli o’q tutkich ikki nishonli o’q tutkich bir-biridan 1-1.5 m da joylashgan bulib bular 4-ta va undan ortiq otuvchilarning bir vaqtda otishini ta’minlaydi.
Ular 1.5 m balandlikdagi devorda turgan holatda yoki stulda o’tirgan holatda otish uchun va 0.5 m balandlikdagi devordagi devorda yotgan holatda otish uchun mahkamlanadi.
O’q tutgich atrofiga butun devorga yoki uning qismiga vertikal bo’ylab 50x50 kesishmadagi yog’och reykalar qoqiladi. Ular orasidagi masofa 1 m reykalar orasiga davorga yelim yordamida penoplast yoki latta mahkamlanadi. Reykalarga yuqoridan elastik linolium qoqiladi.
O’q otish uchun 2000x2000 mm o’lchamdagi qalqonli yog’ochdan tayyorlash tavsiya etiladi. Uning 500x5000 mm li 10-30 mm qalinlikdagi list qoqiladi.
O’q osish chiziqlari 10 va 5 m masofada jihozlanadi. Har bir ut ochish chizig’i uchun yog’ochli qalqonlar 100x175 sm li gilamchalarni otuvchilar soniga kura tayyorlash kerak. Ut ochish marrasining har bir otuvchi uchun kengligi 1.25 m atrofida . Tayanchlar uchun kerakli balandlikdagi yog’och qutilar va qipiq lar yoki paxtali bulgan 30 sm uzunlikdagi va 12- 20 sm diametrla qopchalardan foydalanish mumkin.
Otish xonasi yonida ko’tish va otishga tayyorlanish xonasi jihozlash tavsiya etiladi. Bu yerda xavfsizlik choralari otishni bajarish koidalari, qurol tuzilishi, otish qoidalari va hokazolar bo’yicha plakatlar bulishi kerak.
Qurolni qismlarga bulish tozalash va moylash uchun alohida xonagai ega bulish tavsiya etiladi, agar imkoniyat bulsa qurolni tozalash uchun alohida stol qilinishi kerak.
Otish uchun xonaning kirish eshigi ichkaridan yopildishi kerak, tashqaridan esa “kirilmasin, otish mashqi bajarilmoqda ” yozuvi chiroqli tablo yoki ilib quyiladigan taxtachaga ega bulishi kerak.