Nazorat savollari. 1.Darsga tayyorlanish, mashg‘ulot rejasini tuzish.
2. Otishga hozirlik ko‘rish usullarini bajarish va otishni amalga oshirish.
7- Mavzu:O‘qiyotgan yoshlarni kichik kalbrli miltiqlar bilan o‘tkaziladigan “Salo-matlik” kompleksi me’yorlarni topshirishga tayyorlash. O‘quv savollari: 1.Kichik kalibrli miltiqlar bilan o‘tkaziladigan “Salomatlik”kompleksi me’yorlarni topshirish uchun guruh mashg‘ulotlarini tashkillashtirish va o‘tkazish uslubiyoti. 2.”Mergan otuvchi” nishonni me’yorini topshirishga o‘quvchi yoshlarni tayyorlash va me’yor qabul qilishni tashkillashtirish. 1.Kichik kalibrli miltiqlar bilan o‘tkaziladigan “Salomatlik”kompleksi me’yorlarni topshirish uchun guruh mashg‘ulotlarini tashkillashtirish va o‘tkazish uslubiyoti-35 daqiqa.
Harbiy chaqiriqqacha bulgan usmirlarning o‘q otish tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilishda va o‘tkazishda raxbarning rioya qilishi kerak bo‘lgan ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat.
1.Kichik kalibrli miltiqlardan o‘q otish musobaqalarga qo‘yiladigan talabalar.
2.Kichik kalibrli miltiqlardan o‘q otish to‘garaklarini tashkillashtirish va mashqlar uslubi.
3.Kichik kalibrli miltiqlardan o‘q otish sport musobaqalari narmativi turadi.
1) Kichik kalibrli miltiqlardan o‘q otish musobaqalarga qo‘yiladigan talablar.
O‘quv yurtining harbiy rahbarining eng asosiy vazifasi va javobgarligi shundaki u o‘sib klayotgan avlodni yoki chaqiriqqacha bo‘lgan yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, vatan ximoyachilarini tayyorlash va jismonan va ruxan baquvat yoshlarni tarbiyalashdan ibratdir.
Kichik kalibrli miltiqlardan o‘q otish musobaqalarini 9-10 sinf yoki litsey va kollej talabalari bilan o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. CHunki ular balog‘at yoshida bo‘lib qurollarga nisbatan tushunchasini shakillantirish oson keladi. Ular chaqiriqqacha yoshlar hisoblanadilar.
Kichik kalibrli miltiqlardan o‘q otish musobaqalari va darslarini “Salomatlik” kompleksi normativlarining III-darajasi 16-18 yoshli o‘quvchilarga o‘tiladi.
III-darajali normativ quyidagi talabalarni o‘z ichiga oladi:
Kichik kalibrli miltiqlardan -25m uzoqlikdan №6 meshenga otish; -50 m uzoqlikdan №7 meshenga otish; “Salomatlik” kompleksi normativlaridan (zachyot) baxo olish uchun har ikki mashqdan birini bajarish shart. Mashq yotgan holda tasmadan foydalangan holda bajariladi. Har bir mashqni bajarish uchun xnadan kichik kalibrli patron beriladi, shulrdan 3 donasi nazorat otish, 5 donasi baxolash uchun beriladi. Mashqlarning bajarishda vaqt chegaralanmagan.