Operasiyani o’tkazuvchi tomon o’z ixtiyorida ma’lum resurslar zahirasiga ega bo’ladi va ulardan foydalanib, ularni sarflab ko’zlangan maqsadga erishishga intiladi. Bunday resurslar - aktiv vositalar, ulardan foydalanish, ularni sarflash usullari esa -operasiyani o’tkazuvchi tomon strategiyalari deb ataladi.
Optimal strategiya deb qandaydir mulohazalarga ko’ra boshqalardan afzalroq bo’lgan strategiyalarga aytiladi. Strategiyalarni tanlash operasiyani o’tkazuvchi tomonga boqlik. Operasiyaning na-tijasi operasiyani o’tkazuvchi tomon ixiyorida mavjud bo’lgan omillarga boqliqdir. Bu omillrlar (parametrlar) nazorat qilinadigan omillar (parametrlar) deb ataladi.
Biroq operasiyaning natijasiga operasiyani o’tkazuvchi tomon ixtiyorida bo’lmagan omillarga ham ta’sir qiladi - bular nazorat qilib bo’lmaydigan omillar deb ataladi.
Ular operasiyani o’tkazish muhitini belgilaydi. Masalan, qishloq xo’jaligida hosildorlikni rivojlantirishda ob-havodek nazorat qilib bo’lmaydigan omilni hisobga olish zarur bo’ladi.
Jarayonlarni tadqiq qilishning asosiy masalasi – operasiyalarni o’tkazish muhitini hisobga olgan holda optimal strategiyalarni tanlash va ularni miqdoriy asoslab berishdan iborat. Bu masalalar bilan operasiyani tekshiruvchi – operasiyani o’tkazuvchi tomon ixtiyoridagi shaxs yoki shaxslar guruhi shuqullanadi. Operasiyani tekshiruvchi faqat operasiyani tahlil qiladi, o’zi esa operasiyani boshqarish bo’yicha qaror qabul qilmaydi.
Jarayonlarni tadqiq qilishning asosiy masalasi – operasiyalarni o’tkazish muhitini hisobga olgan holda optimal strategiyalarni tanlash va ularni miqdoriy asoslab berishdan iborat. Bu masalalar bilan operasiyani tekshiruvchi – operasiyani o’tkazuvchi tomon ixtiyoridagi shaxs yoki shaxslar guruhi shuqullanadi. Operasiyani tekshiruvchi faqat operasiyani tahlil qiladi, o’zi esa operasiyani boshqarish bo’yicha qaror qabul qilmaydi.
Optimal strategiyalarni izlash va ularni asoslab berish jarayonida operasiyalarni tekshiruvchi topilgan yechimlarning sezuvchanligini tahlil qilishga, ya’ni optimal yechimdan chekinishlarning operasiya natijasiga ta’siri darajasini tekshirishga to’qri keladi. Bu masalaning yechimi, ayniqsa, jarayonlarni tadqiq qilishga sistemaviy yondashilganda, ya’ni operasiyaga o’zaro boqlangan operasiyalar tizimining tarkibiy bo’limi deb qaralsa juda muhimdir. O’zaro boqlangan bir necha operasiyani hamma vaqt bitta murakkabrok operasiyaga birlashtirish mumkin, lekin unda tekshirish prosessi ham murakkablashadi. Shu sababli, amalda qator hollarda tekshiruvchi operasiyani maydaroq bo’laklarga bo’lishi qulayroqdir.
Operasiyalarni tekshiruvchi operasiyaning har xil strategiyalarga mos keluvchi natijalari samarasini baholash imkoniga ega bo’lishi kerak. Natijani baholash uchun samaradorlik mezonidan (adabiyotlarda «effektivlik kriteriysi», «sifat kriteriysi», «optimallik kriteriysi», «samaradorlik ko’rsatkichi» kabi boshqa iboralar ham qo’llaniladi) foydalaniladi.