1-Mavzu: Radioelеktronika fanining vujudga kеlishi, rivojlanishi va fan-tеxnika hamda
kundalik hayotimizdagi o’rni
Reja
Kirish
1) Radioelektronika faninig vujudga kelishi va uning fan va texnikadagi roli.
2) Radioelektron sistema
3) Radiotexnika va elektronika
4) Radiotexnikaning rivojlanish tarixi
5) Nanofizika va nanotexnologiya.
Xulosa
Bo„lajak fizik, ilmiy-tadqiqotlar va tajribalarni amalga oshirishi faoliyatida murakkab o„lchov
qurilmalar, zamonaviy axborot almashuv sistemalari va texnologiyalarini qo„llashni bilishi zarur.
“Radioelektronika asoslari” fani aynan shunday ko„nikma va bilimlarni berishi lozim bo„lgan fan
hisoblanadi.
Fanning maqsadi – Radioelektronika, fan va texnikaning keng yo„nalishlarini ifodalovchi fan
bo„lib, inson uchun ma‟lumotlarni elektromagnit to„lqinlar yordamida uzoq masofalarga uzatish
imkoniniyatlarini o„rgatadi.