(12,13)- Amaliy mashg’ulot mavzusi: Gеomеtriyaning vujudga kеlishi haqida qisqacha tarixiy ma'lumot .
Mashg’ulot maqsadi: Talabalarga mavzuga oid tushunchalarni chuqurlashtirish. Ko’nikma va malaka hosil qilish. Gеomеtriyaning vujudga kеlishi haqida qisqacha tarixiy ma'lumotberish.
Mashg’ulot jihozi:Ko’rgazmali qurollar,jadvallar,ma’ruza matni,test savollari.
Mashg’ulotda foydalanadigan metodlar:Og’zaki bayon, qilish,savol-javob,aqliy hujum,klaster usuli,interfaol usullar.
Mashg’ulotning borishi:Ma’ruzadan savollar beriladi.
a). Gеomеtriyaning vujudga kеlishi haqida nimalarni bilasiz?
b). geometriya so`zining ma`nosi nima?
v). Geometriya fanining asosiy tushunchalari nimalar?
Geometriyaning vujudga kelishi haqida qisqacha tarixiy ma’lumot
Geometriya matematikaning ajralmas qismi bo’lib u matematika fanining rivojlanishiga katta ahamiyatga egadir.Geometriyaga oid dastlabki manbalar qadimiy Misrdan topilgan bo’lib,u Rind va Moskva papiruslarida aks etgan. Angliya sayyohi Rind 1858 yili Nil daryosi qirg’oqlarida sayohati davrida eramizdan avvalgi 1800- yillarga taaluqli matematika va geometryaga oid papirusni topib oladi va uni Buyuk Britaniya muzeyiga toipshiradi.
Bu papurusning uzunligi 5,5m eni 32cm bo’lib unda amaliy xarakterdagi 84 ta masala yechimi keltirilgan bo’lib, ular kasrlar ustida amallar bajarish,to’g’ri to’rtburchak, uchburchak, trapetsiya va doiraning yuzini hisoblash, parallelipiped, silindr va piramidalarning vajmini hisoblash,shuningdek,kesmani proportsional bo’laklarga bo’lish hamda geometrik progressiyalarga oiddir.
Ikkinchi papirus Moskva nomi bilan atalib, eramizdan avvalgi 2000 yillarga mansubdir.Uning uzunligi 5,44 m va eni 8 sm bo’lib unda 18ta arifmetikaga va 7 ta geometriyaga oid masala mavjud.
Olimlarning bundan 100 yillar muqaddam ikki daryo (Frot va Dajla) oralig’iga joylashgan Shumer-Bobiliklar tarixini o’rganish borasida olib borgan tekshirishlari natijasida topilgan arxeologik yodgorliklardan bu ikki davlat eramizdan 2800 yillar oldin tashkil topganligi va ulardagi fan va madaniyat rivoji haqida malumotlarga ega bo’ladi. O’sha davr olimlari tekislik va fazodagi geometrik bilimlarga ega bo’lib, ularning o’ziga xos formulalari mavjud bo’lganligi malum bo’ldi.
Matematika tarixi sohasida hozirgacha topilgan ma’lumotlar bizga geometriyaning fan sifatida rivojlanishi Gretsiyadan boshlanganligini isbotlaydi. Geometriya tarixini o’ganuvchi olimlar, geometrik malumotlar Misr va Shumer-Bobilliklaridan Gretsiyaga o’tganligini tasdiqlaydilar.
Grek faylasuflari Misr va Shumer-Bobil donishmandlari ishlari bilan tanisha boshlaganlar. Ular orasida atoqli faylasuflar Aristotel (384-321), Platon (429-348), Fales (640-556), Demokret (460-360), Anaksimandr (610-546), Pifagor (580-500), Gippiy (e.a.1 asr), Arxit (400-365), Gippokrat (e.a. asr), Yevklid (365-300), Arximed (287-212), Apolloniy (265-170), Eratosfen (276-194), Geron (e.a.1 asr) va boshqalar matematika taraqqiyotga salmoqli hissa qo’shganlar…
Hozirgi vaqtda biz o’rganayotgan geometriya kursi Yevklid tomonidan tizimga solinib, nazariy jihatdan asoslangan holda yozilgan “Negizlar” asarining o’rta maktabga moslab tuzilgan qismidir.
1. To`g`ri to`rtburchakning perimetri 52 ga, uning diagonallari kesishgan nuqtadan tomonlarigacha bo`lgan masofalar ayirmasi 7 ga teng. To`g`ri to`rtburchakning kichik tomonini toping.
A) 6
B) 8
C) 5
D) 9
2. Sinfda o`qiydigan o`g`il bolalar sonining barcha o`quvchilar soniga nisbati 4/7 ga teng bo`lsa, qiz bolalar sonining o`g`il bolalar soniga nisbatini toping.
A) 3/4
B) 1/2
C) 2/5
D) 3/7
3. Tekslikka og`ma va perpendikulyar tushurilgan ular orasidagi burchakning sinusi 5/13 ga teng. Agar og`maning uzunligi 13 ga teng bo`lsa, perpendikulyarning uzunligini toping.
A) 7
B) 8
C) 12
D) 5
4. To`g`ri tortburchak o`lchamlari 20 % dan oshirildi. Uning yuzi necha % oshdi?
A) 50
B) 40
C) 45
D) 44
5. To`g`ri tortburchak o`lchamlari 10 % dan oshirildi. Uning yuzi necha % oshdi?
A) 10
B) 20
C) 21
D) 100
6. 5x-9x-x+14 ifodaning koeffisentlar yig`indisining 3 ga nisbatini toping.
A) 3
B) 5/3
C) 6
D) 7/3
7. Quyidagi tasdiqlarni qaysi biri to`g`ri?
A) Agar son 9 ga bo`linsa, bu son 3 ga bo`linadi.
B) Son juft son bo`lsa, bu son 4 ga bo`linadi.
C) Sonning raqamlar yig`indisi 3 ga bo`linsa, bu son 9 ga bo`linadi.
D) Agar to`rtburchakning diaganali o`zaro perpendikulyar bo`lsa u holda u romb bo`ladi.
8. Teng to`plamlar deb qanday to`plamlarga aytilada?
A) Elementlar soni teng bo`lgan to`plamlarga
B) Bir xil elementlardan tashkil topgan to`plamlarga
C) Bir xil tartibda nomerlangan bo`lsa
D) Barcha javoblar tog`ri
9. To`g`ri tortburchakning bo`yini 20 % oshirilib, eni 20 % kamaytirilsa, uning yuzi necha % oshdi?
A) o`zgarmaydi
B) 4 % ortadi
C) 4 % kamayadi
D) 10 % o`zgaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Xamedova N.A, Ibragimova Z, Tasetov T. Matematika. Darslik. T.: Turon-iqbol, 2007. 2. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Muxitdinova M.N., Toshpo‘latova M.I., Raximova F. Matematika. TDPU. (Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik) Toshkent-2012,
3.David Surovski. Advansed High-School Mathematics. 2011.
4. R.Ibrohimov -T.: “O`qituvchi” 1995
Do'stlaringiz bilan baham: |