va V. Bratten yaratdilar.
Dastlabki integral mikrosxemalar esa 60-yilning oxirida paydo bo„ldi.
Mikrosxemalarning yaratilishi radiotexnika sohasida katta o„zgarish bo„lishiga olib keldi.
Shundan so„ng elektronika aniq ikki qismga, ya‟ni katta quvvatli radioelektronika va
mikroelektronikaga ajraldi.
Keyingi paytlarda radioelektronikaning rivojlanishi bilan yangi sohalar vujudga
keldi. Bularga misol qilib optoelektronika, akustoelektronika sohalarini misol qilish mumkin.
Optoelektronika elektromagnit to„lqinlar shkalasidan joy olgan optik diopazondan axborotni
o„zatish va qabul qilishda foydalanish imkoniyati borligi bilan bog„liqdir.
Akustoelektronika sohasida elektromagnit to„lqinlar bilan bir qatorda elastik, ya‟ni tovush
to„lqinlaridan keng foydalanilmoqda. Toshkent shahrida birinchi radioeshittirish 1927 yildan
boshlab ishlay boshladi. Televizon ko„rsatuvlar 1956 yil 5- noyabrdan yo„lga quyildi (1928 yil
televizor kashf etilgan. Grabovskiy tomonidan Toshkentda).
Endi 1-rasmga qaytaylik.
-O„tkazgich jo„natiladigan ma‟lumotni radiosignalga aylantirib beradigan, qabul qilgich-
radiosignaldan boshlang„ich ma‟lumotni tiklaydigan qurilmadir. Aloqa yo„li o„tkazgich va qabul
qiluvchi qurilmalarni o„zaro bog„lovchi muhit bo„lib yo erkin fazo, yoki maxsus texnik qurilma
(parallel o„tkazgichlar, kabel, nurtola va boshqalar)ni tashkil qiladi.
Informatsiya manbaidan olinadigan noelektr tabiatli tebranishlar elektr tebranishlariga
aylantirilgach radioelektron sistema kirishiga uzatiladi. Buning uchun mikrofon yoki tasvir
uzatkich trubka tasvirni tok impulslari ketma-ketligiga aylantirib beradi.
Informatsiyani tashuvchi bo„lib elektromagnit to„lqinlar xizmat qiladi. Hozirgi zamon
radiotexnikasi informatsiyani elektromagnit tebranishlar yordamida uzoq masofaga uzatish
masalasini hal qilish va qishloq xo„jaligida keng foydalanish imkonini yaratadi. Bundan tashqari
radiotexnikaning rivojlanishi natijasida yangi fan tarmoqlari - «Radiofizika», «Radioastranomiya»,
«Radiospektroskopiya» va boshqalar vujudga keldi.
Radiotexnikadan farqli radioelektronika fani erkin fazo yoki muhitda to„lqin tarqalish
masalalari bilan shug„ullanmaydi.
Shunga ko„ra elektromagnit tebranishlar yordamida informatsiyani uzatish va qabul qilib
qayta ishlash usullari, elektron qurilmalarini yaratuvchi fan va texnikaning bir sohasidir.
Universal asboblar–elektron ossillograf, kuchaytirgichlar, generatorlar, hisoblagichlar va
boshqalar radioelektron asboblardir. Yuqorida aytganlardan quydagicha hulosa qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |