Optik tola bo’ylab yorug’lik nurining tarqalishi Reja: Kirish Optik tola turlari va ularning tavsiflari


Yorug’likning optik tola bo’ylab tarqalish qonuniyatlari



Download 1,27 Mb.
bet5/12
Sana01.06.2022
Hajmi1,27 Mb.
#624929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Optik tola bo’ylab yorug’lik nurining tarqalishi

3. Yorug’likning optik tola bo’ylab tarqalish qonuniyatlari


Yorug‘Iikning sinish jarayoni

Optika qonuniyatlari yomg‘lik nurining to‘g‘ri chiziqli tarqalishi, tola muhiti bilan o‘zaro ta'sirlashuvi va izotroplik xususiyati


— muhitda barcha yo'nalishlarda yorug‘likning bir xil tarqalishiga (shisha bir turdagi va izotropli muhit hisoblanadi) asoslangan. Bu qonuniyatlarga yorug‘likning qaytish/sinish qonunlari va ularga asoslangan hodisalar talluqli.

Yorug'lik bir materialdan boshqasiga o‘tganda uning tarqalish tezligi o‘zgaradi, ya’ni to'lqin nazariyasi nuqtayi nazaridan bu harakat yo‘nalishining o'zgarishiga olib keladi. Bu hodisa — yomg'likning to‘g‘ri yo‘nalishdan og‘ishi sinish deb ataladi.


Sinish hodisasini misollarda ko'rib chiqamiz.


Sinish hodisasiga baliq ovlashda ham duch kelinadi. Suv ostidagi baliqni ko‘rganimizda, uning haqiqiy joylashuvini emas, balki unga yaqin joylashuvini ko‘ramiz (2.9-rasm).


Agar baliqqa pastga vertikal qarasak, yorug‘likning sinishi ro‘y bermaydi va baliqning asl joylashgan joyini ko‘ramiz. Agar unga burchak ostidan qarasak, sinish hisobiga asl joylashgan joyini ko‘rmaymiz, bunda baliq nazaramizdagi ko‘rinishdan chuqurroqda joylashgan bo'ladi [2].


2 .9 -rusm . Yorug‘likning sinishi

Sinish hodisasini prizmada ham ko‘rish mumkin (2.10-rasm).


2.10-rasm. Prizmada yorug'likning sinishi

Prizmaga oq yorug‘lik tushirilganda, prizma bu yorug‘likni sindiradi va kamalakning turli ranglariga ajraladi. Qizil rang eng kuchli og‘adi va kichik tarqalish tezligiga ega. Sinish prizma kirishida bo‘lganidek, chiqishida ham hosil bo‘ladi .


Optik toladan signallarning uzatilishida ham yuqorida ko'rib chiqilgan sinish hodisasi ro‘y beradi. Bu quyida batafsil tushintirilgan.


To’liq ichki qaytish

Yorug‘lik nuri sindirish ko'rsatkichi katta muhitdan sindirish ko‘rsatkichi kichik muhitga o‘tganda, ikki muhit chegarasida nur 2.11-rasmda tasvirlangandek perpendikulyardan og‘adi. Tushish burchagi kichik bo‘lganda ( 2.11 -a rasm), singan nur to‘liq qobiqqa o‘tib ketadi.


Tushish burchagini oshirgan sari sinish burchagi 2 90o ga intiladi. Sinish burchagi 02=90o ga teng bo‘lgan holdagi tushish burchagi - kritik burchak deyiladi. Yorug‘lik nuri kritik burchak ostida tushganda, singan nur ikki muhit chegarasi bo‘ylab tarqaladi (2.11-b rasm). Yorug‘lik nuri kritik burchakdan katta burchak ostida tushganda, nur ikkinchi muhitga o‘tmasdan, ikki

muhit chegarasidan to‘liq qaytadi (2.11-d rasm). Bunda tushish burchagi sinish burchagiga teng = bo‘ladi.


Snellius qonuni bo‘yicha tushgan va qaytgan nurlar o‘rtasidagi munosabat:




n1sin = n2sin .



=90o da kritik tushish burchagi quyidagiga teng:




= arcsin (n2/ n1).

(2.2)



dan katta burchak ostida tushgan nurlar to‘liq qaytadi.

Bu jarayon, ya’ni yorug‘lik energiyasining turli sindirish ko‘rsatkichli ikki muhit chegarasidan to‘liq qaytishi to ‘liq ichki qaytish (TIQ) hodisasi deyiladi. TIQ hodisasi yorug‘lik uzatkich bo'ylab optik signallar tarqalishining fizik asosi hisoblanadi. Uni amalga oshirish uchun optik tola o‘zagining sindirish ko‘rsatkichi n1 qobiqning sindirish ko‘rsatkichi n2 dan katta bo'lishi kerak.


O‘zak va qobiq tayyorlanadigan materiallarning sindirish ko'rsatkichlari nisbatini optimal tanlash orqali yorug'lik nurining o‘zak ichida to‘liq ichki qaytishi ro‘y beradi va nurni faqatgina optik tola o‘zagi bo‘ylab zigzagsimon tarqalishi ta’minlanadi.


Masalan, optik tola uchun xos bo‘lgan «n1=1,48, «n2=1,46 bo‘lsa,





  1. holda (2.2) qo‘llab, kritik tushish burchagini aniqlash mumkin: =arcsin (1,46/1,48) =arcsin(0,9864)=80,6°.

Shunday sindirish ko'rsatkichlari nisbatiga ega, kritik tushish burchagi = 80,6° ga teng, tushish burchagi esa = 80,6° dan katta, masalan =81° bo‘lganda, nur ikkinchi muhitga o‘tmay, boshlang‘ich muhitda to‘liq ichki qaytadi. Optik tola bo‘ylab signal-larning tarqalishi ana shu prinsipga asoslangan. Ana shunday sindirish ko‘rsatkichlari, kritik chastota va tushish burchagi qiymat-lariga ega optik tola orqali optik signallarning tarqalishi 2.12-rasmda ko‘rsatilgan.


2.12-rasmda kritik burchakdan katta burchak ostida > o’zak-qobiq chegarasiga tushgan nurlar (nur 1) chegarada to’liq ichki qaytadi. Tushish va sinish burchaklari teng = bo‘lganligi uchun, nur ( 1) takroriy qaytishlarga uchrab, o‘zak muhiti bo‘ylab zigzaksimon tarqaladi.






Ideal holda yorug‘likning sochilishi va nolinchi dispersiya bo‘l-maganda nur (1) o‘zak bo‘ylab istalgan masofaga tarqalishi mumkin . Nur (1) yo‘naluvchi nur (moda) deyiladi.


Nur (2) burchak ostida tushib sinadi va o‘zak-qobiq chegarasi bo‘ylab tarqaladi.


< ostida tushgan nur (3) sinadi va qobiq chegarasiga tushib, qobiq bo‘ylab tarqalishida so‘nadi yoki qobiqdan tashqariga chiqib ketadi. Ular nurlanuvchi nurlar deyiladi.



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish