Voqelik tafakkurda idrok va tasavvurlardagiga qaraganda chuqurroq va to’laroq aks
etadi.
Biz sezgi, idrok va tasavvur vositasi bilan bilib olishimiz mumkin bo’lmagan narsa yoki
hodisalarni, bu narsa yoki hodisalarning hususiyatlarini, ularning bog’lanish va munosabatlarini
tafakkur vositasi bilan bilib olamiz. Masalan, bizga ma’lumki, agar yorug’lik nuri shisha prizma
orqali o’tkazilsa, bu nur spektrning yetti rangiga ajralib ketadi, bu ranglarni biz idrok qilamiz
(ko’zimiz bilan ko’ramiz), lekii fizikadan bizga shu narsa ma’lumki, bu nurlardan bo’lak, yana
boshqa nurlar ham bor. Bu nurlar, infra-qizil va ulьtrabinafsha nurlar deb ataladi. Bu nurlarni
biz ko’rmaymiz, idrok qilmaymiz. Bunday nurlarniig borligi tafakkur yordami bilan kashf
qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |