REFERAT
OPERATSIYA VA BOG’LOV XONALARI.
Poliklinikaning xirurgik kabineti jarrohlik kasalliklari bilan og'rigan
bemorlarni qabul qilishni va kasalxonaga yotqizishga muhtoj
bo'lmaganlarni operatsiya qilish bilan davolashni ta'minlaydi.
Kasallarning ko'p qismi yara bog'lash, tomirga dori quyish va boshqa
muolajalarni bajarish uchun kabinetga muntazam qatnaydi. Odatda, unda
bemorning umumiy ahvoli unchalik og'ir kechmaydigan xastaliklari, kichik
hajmdagi operatsiyalar bajariladi. Bu vazifalarning hal etilishi uchun
poliklinika xirurgik bo'limida ishni asoratlar rivojlanishining oldini oladigan
va diagnostika hamda davolash ishlarini o'tkazishga yordam beradigan qilib
tashkil qilinadi. Xonalarning zarur soni, ularning rejalashtirilishi va
ishlatilishi, aholining soni xirurgik bo'limlaming faoliyati va hajmiga bog'liq
(shahar, viloyatlardagi ixtisoslashtirilgan poliklinikalar va h. k.).
Jarrohi bo'lgan uchastka kasalxonasining ambulatoriyasida ko'pi bilan
ikkita (xirurg kabineti va bog'lov xonasi) va karnida bitta xona (bog'lov xonasi)
ajratiladi. Tuman poliklinikasida xirurg kabineti va u bilan tutashgan bog'lov
xonasi ajratiladi. Ish hajmi katta bo'lganda operatsiya xonasida qilinishi
mumkin bo'lgan toza operatsiyalar uchun qo'shimcha operatsiyaxona ajratiladi.
Bu xonalarning hammasi yonma-yon joylashtiriladi. Operatsiyaxona bitta
bo'lsa, unda avvalo aseptik muolaja bajariladi (ateroma, yot jismni olish,
jarohallarni birinchi xirurgik ishlash va h. k.), yiringli operatsiyalar (panaritsiy,
flegmona, chipqon va h. k.) odatda bog'lov xonasida qilinadi.
Katta poliklinikalarda (shahar, viloyat klinik poliklinikalari) ikkita
operatsiyaxona va operatsiya oldi xonasi bo'lgan operatsion blok
ajratiladi. Operatsiya xonalarining birida yiringli, ikkinchisida esa toza
operatsiyalar qilinadi. Keyingi yillarda poliklinika xirurgiya bo'limi
sharoitida bajarilayotgan operatsiyalar kengaymoqda, asoratsiz churralar
(tashqi), lipomalarni olib tashlash kabilar shular jumlasidandir. Bemoroperatsiyadan so'ng bir necha soat kuzatishda, maxsus kunduzgi statsionarda
bo'Iadi. Ikkitadan ortiq kabineti (qabul uchun) bo'lgan poliklinikalarda ularni
ixtisoslashtirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, bog'lov xonalari bo'lgan toza,
yiringli va travmatologik kabinetlar, toza, yiringli operatsiyaxonalar hamda
operatsiya oldi xonasi, sterilizatsiya qilish xonasi bo'lgan operalsion blok
ajratiladi.
Poliklinikada xirurgiya bo'limining rejalashtirilishi ami tashkil qiluvchi
xonalarning tarkibiga bog'liq. Masalan, bog'lov xonasi va xirurg kabineti bo'lsa,
ular yonma-yon joylashtirilib, bemorlar kutishi uchun lozim bo'lgan xona orqali
chiqiladi. Poliklinika xirurgik bo'Iiminingjihozlanishi statsionardagidan
soddaroq bo'Iadi.
Xirurg kabinetida stol, 2 ta kursi, kasallarni tekshirish uchun kleyonka bilan
qoplangan kushetka, uni parda (shimia) orqasiga qo'ygan yaxshi (kasalning
yechinishi qulay bo'lishi uchun), rentgen suratlarini o'qish uchun negatoskop
kabilar bo'Iadi.
Bog'lov xonasiningjihozlariga steril xirurgik asboblar uchun bog'lov stoli. doridarmonlar va eritmalar uchun stolcha va shkaf, steril choyshablar, bog'lov
materiallari va bintlar solingan bikslar (taglik), issiqlik manbai bilan asboblarni
qaynatish uchun sterilizator, kursilar, qo'l yuvgich, ycchilgan bintlar va
bog'ichlar uchun qopqoqli sirlangan chelaklar, narkoz uchun kcrakli asbobuskuna, bog'lov xonasi asboblari to'plami va boshqalar kiradi. Bog'lov xonasida
quyidagi asosiy medikamentlar bo'lishi lozim:
- yodning spirtli eritmasi;
- 5 foiz kaliy permanganat (K2Mn04);
- 10 foiz natriy xlorid eritmasi (NaCI);
- 0,5 foiz 1 foiz novokain eritmasi;
- 3 foizli vodorod peroksid eritmasi (N2O2);
- Brilliant ko'ki;
- Spirt va boshqalar.
Bu moddalar solingan shisha idishlarda ularning nomlaii aniq yozilgan
bo'lishi kerak.
Bog'lamlar steril instrumentlaryordamida tashkil ctiladi (instrumental
bog'lov), Bu jarayon infeksiya tushishini cheklaydi va bemorlarga yordam
berishni tezlashtiradi.
Bemorlarni bog'lashni taslikillashtirish
Bemorlar ro'yxatini davolovchi shifokor bemorxonada ko'rib chiqqach, uni
hamshiraga beradi va shunga asosan ro'yxatni olgan hamshira o;z ishini
rejaiashtiradi. Bog'lashni ketma-ketlik bo'yicha tartib bilan bajarish talab
qilinadi. Eski bog'lovni olish, jarohatni shikastirlantirmaslik uchun
bir uchidan ikkinchisiga qarab pinset yordamida ehtiyotkorlik bilan olinadi, agar
u teriga yopishgan bo'lsa 3 foizli N202yoki 1 : 2000 furatsilin eritmasi yordamida
yumshatiladi. Kaft va tovonda yopishgan bogiamlarni ishqoriy kaliy
permanganat eritmasida vanna qilib olinganligi maqsadga muvofiqdir. Olingan
bog'lamlar xlorli ohakli tos yoki chelaklarga solinadi. Teridan bog'lam materiaii
olingach avvaliga quruq doka yoki paxta sharchalar bilan tozalanadi, so'ngra 70
foizli spirt, 3-5 foiz yod yoki 0,5 foizli novshadil spirti, efir, benzin bilan
tozalanadi.
Toza jarohatlar markazidan chekkaga yiringlagani esa chekkadan markazga
qarab tozalanadi, chunki tozalovchi suyuqlik jarohatga tushmasligi kerak,
qoldig'i tezlik bilan toza sharcha yordamida quritiladi. So'ngra jarohat atrofiga
yodning spirtli eritmasi bilan spirt, xlorgeksidin biglyukonat yoki boshqa
antiseptiklar bilan ishlov beriladi.
Operatsiyaxona, operatsiya oldi xonasi va sterilizatsiya qilish xonalarining
jihozlari operatsiya stoli, asboblar uchun ko'chma stolcha, vintli kursilar (2-3 ta),
choyshablar, bog'lov materiallari va bintlar uchun bikslar (3 ta), narkoz uchun
ko'chma apparat, avtoklav, bikslar uchun shkaf, kichik operatsion asboblar yoki
umumxirurgik asboblar to'plami va hokazolardan iboratdir.
Yiringli jarayonlar bo'yicha operatsiyalar qabul davomida bog'lov xonasida
yoki maxsus ajratilgan yiringli operatsiyaxonalarda bajariladi. Rejali
operatsiyalar (ateroma, xavfsiz o'smalar va b.) oldindan belgilab qo'yilgan
operatsiya kunlarida toza operatsiya xonalarda qilinadi. Kichik shikastlanishlarni
birlamchi ishlash kasal murojaat etishi bilan toza operatsiyaxonada bajariladi.
Qayta bog'lovlar xirurg tomonidan yoki uning bevosita nazorati ostida bog'lov
xonasidagi hamshira tomonidan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |