Klient-server va mikroyadro modeli
Klient-server modeli – OT ni strukturalashtirishga yana bir yondashishdir. Keng ma’noda klient-server modeli, biror-bir servis (xizmat) istehmolchisi- mijoz (klient) – dastur komponentasi, va bu servisni ta’minlovchi – server-dastur komponentasi mavjudligini taqazo (nazarda tutadi) etadi.
Klient va server o`rtasidagi o`zaro aloqa shunday standartlashtiriladiki, server har xil usullar bilan amalga oshirilgan va, balki ishlab chiquvchi korxonalari turli bo`lgan klientlarga xizmat qilishi mumkin. Bunda asosiy shart, ular so`rovlarni serverga tushunarli usulda berishlari kerak.
Odatda ayirboshlash (obmen) sababchisi (initsiator) klient hisoblanadi, u kutish holatidagi serverga xizmat ko`rsatishni so`rab so`rovnoma yuboradi. Bitta dastur komponenti ba’zi xizmatga nisbatan server bo`lishi mumkin.
Bu model muvaffaqiyatli tarzda nafaqat OT larini qurishda, balki dasturiy ta’minotning barcha ko`rinishlarida (urovnyax) qo`llaniladi, faqat ba’zi hollarda tor-maxsus ma’noga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |