O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI
AMALIY MATEMATIKA YO’NALISHI
2-kurs 20.09-guruh talabasi
Rashidova Mahliyoning
Algoritmik tillar va dasturlash asoslari fanidan
"C # dasturlash tilida NotifyIcon komponentasi va u yordamida dastur tuzish" mavzusida
KURS ISHI
Kurs ishi raxbari:Amaliy matematika va informatika
kafedra katta o'qituvchisi A.Ismoilov
Farg'ona-2022
Mundarija:
Kirish......................................................................................................................3
1.NotifyIcon klassi.................................................................................................6
2.C# yordamida kontekst menyusi bilan NotifyIcon…………………………..14
4.Windows Forms NotifyIcon komponenti yordamida vazifalar paneliga ilova piktogrammalarini qo'shish................................................................................18
5.Xulosa.................................................................................................................27
6.Foydalanilgan adabiyotlar...............................................................................29
Kirish
Bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va marifatli odamgina inson qadrini bilish, o'z milliy qadriyatlarini milliy o’zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning hamjamiyatida o’ziga munosib o’rin egallashi fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin.( I.A.Karimov)
Vatanimizning kelajagi xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. XX asr o’rtalariga kelib tezkor mashina mexanizmlaridan foydalana boshlandi. Murakkab texnika va texnologiyalar o’ylab topildi. Ko’pgina masalalarni hal qilish jarayonida axborot hajmi behisob bir majmuaga aylandi, hamda bu axborotlarni yig’ish va uzatish vositalarini yaratish, ularni vaqtida qayta ishlab, boshqarish uchun zarur bo’lgan choralarni belgilab chiqish kerak bo’ladi. Ko’pchilik vazifalarni bajarishda boshqarish jarayonini takomillashtirish, axborot tizimini joriy etish, mutaxasislarni kompyuterda ishlashga o`rgatish muhim ahamiyatga ega.Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari kirib bormagan soha deyarli uchramaydi. Kompyuter texnologiyalardan nafaqat hisoblash ishlarini olib borish uchun balki, hayotga tadbiq qilinadigan dasturiy tizimlar, rasm va video tasmalarni qayta ishlovchi, katta hajmli ma’lumotlarni o’zida saqlovchi dasturlar yaratish, elektron tijorat uchun ham foydalaniladi. So’nggi yillarda kompyuter va uning dasturiy ta’minotiga bo’lgan talab va qiziqishlar ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida dasturchidan katta izlanish va mahoratni talab qiladi.Respublikamizda jamiyatimizni axbarotlashtirish maqsadida bir qancha qaror va qonunlar qabul qilindi. Masalan, 1993-yil 7-may va 2003-yil 11-dekabrdagi “Axbarotlashtirish to’g’risida”gi qonun,2002-yil 30-maydagi“Kompyuterlashtirish va axbarot komunikatsiya texnologiyalarini qo’llashni yanada rivojlantirish” haqidagi qaror, 2003-yil 11-dekabrdagi “Elektron raqamli imzo haqida”gi qonun va 2004-yil 29-apreldagi “Elektron hujjat yuritish” haqidagi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkiletish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 12.02.2014 y, O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirishva telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining yangilangan tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori 30.10.2013 y, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining kompyuter xavfsizligini ta’minlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoni fikrimiz dalilidir.Mustаqil rеspublikаmizdа yuz bеrаyotgаn siyosiy, iqtisоdiy, ilmiy-tехnikаviy vа mаdаniy o’zgаrishlаr Оliy tа’lim tizimidа hаm o’z аksini tоpmоqdа.Yangi axborot – kommunikatsion texnologiyalari hozirgi vaqtda eng dolzarb mavzulardan biri bo’lib kelmoqda, sababi har bir sohani o’rganish, izlanish va tajriba orttirish uchun turli usullardan foydalanish kerak bo’ladi. Shuning uchun yangi axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi zamon mutaxassislari, faoliyat doiralari qanday bo’lishidan qat’iy nazar informatika bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo’lishi, hamda yangi informatsion texnika va texnologiya asoslarini uning ertangi kuni, rivoji to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Zamonaviy hisoblash texnikasi va informatsion texnologiyalarning kun sayin rivojlanib, jamiyatning esa tobora informatsiyalashib borishi sababli, uzluksiz ta’lim tizimining o’rta va yuqori bosqichlariga informatika, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini kompyuterlashtirish bo’yicha bir qator o’quv fanlari kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |