Rasm OT ni sinflarga ajratish.
OT tizimli boshqaruvchi va ishlov beruvchi dastur majmuasidan iborat bo`lib, bular dastur modullari va ma’lumotlar tuzilmalarining o`zaro bog`langan murakkab tuzilmasidir, ular hisoblashlarning ishonchli va samarali bajarilishini ta’minlashi zarurdir. OT ning ko`pgina potentsial imkoniyatlari, uning texnik va istehmol parametrlari – bularning hammasi, tizim arxitekturasi OT ning strukturasi, qurilish printsiplari bilan belgilanadi.
Shu vaqtgacha biz OT larga tashqi tarafdan nazar soldik, ya’ni OT qanday fuknsiyalarni bajaradi. Endi esa, OT larni ichki qismini va ularni qurishda qanday yondashishlar mavjudligini ko`rib chiqamiz.
Zamonaviy OT larga qo`yiladigan talablarni qondirishda uning strukturali qurilishi (tuzilishi) katta ahamiyatga egadir, OT lar o`z rivojlanish bosqichlarida, monolit tizimlardan to yaxshi strukturalashtirilgan, rivojlanish xususiyatiga ega bo`lgan, kengaytirish va yangi platformalarga o`tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo`lgan tizimlargacha bo`lgan yo`lni bosib o`tdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |