Ish kunining boshlanishi
Ish kunining boshlanishi operator tizimga qo’shilishidan boshlab xisoblanadi.
Dam olish vaqti
8 soatlik ish tartibida ishlaydigan operator kuniga 60 daqiqa dam olishi mumkin. 60 daqiqalik dam vaqti Call markaz qoidalariga ko’ra 3 ga bo’linadi. Operator birdaniga 60 daqiqa dam olishi mumkin emas.
Ish boshlanishing 1-chi 1 soatida va ish tugashiga 1-soat qolganda dam olish mumkin emas. Agar ish joyida operatorlar yetarli miqdorda bo’lmasa operator qanday sabab bo’lmasin dam olishi mumkin emas.
Ish paytida ko’pchilik operatorlarning bo’lmasligi faqatgina rahbar bilan kelishilgan holdagina bo’lishi mumkin. Agar rahbar bo’lmasa hech kim ish joyini tashlab chiqib ketmasligi kerak.
Yuzaga kelayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida operatorning suhbatlari har doim eshitib boriladi va kerakli ko’rsatmalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |