Opera janrining vujudgakelishi va rivojlanishi



Download 11,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/129
Sana31.12.2021
Hajmi11,92 Mb.
#277163
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   129
Bog'liq
musiqa tarixi maruza matni (1)

NAZORAT SAVOLLARI 
1. Baxning xoral organ preludiyalari to'g'risida gapirib bering. 
2. Tokkataga ta'rif bering. 
3. Re minor tokkata va fugasidagi tokkataning musiqiy material!nimadan tashkil topgan? 
4. Fuga mavzusini tavsiflang. 
 
Baxning klavir ijodi 
XVIII  asrning  birinchi  yarmida  klavir  san'atining  yuksalishi  atoqli  san'atkorlar  Fransua 
Kuperen,  Domeniko  Skarlatti,  Georg  Fridrix  Gendel,  logann  Sebastyan  Bax  va 
boshqalarning  nomlari  bilan  bog’liq.  logann  Sebastyan  Bax  klavir  ijodiyoti  sohasida 
buyuk islohotchi sifatida gavdalanadi. 
        O'sha  davrda  Germaniyada  klavir  musiqasining  o'z  milliymaktabi  shakllanayotgan 
edi.  Ko'plab  nemis  kompozitorlari  bucholg'u  uchun  repertuar  yaratish  ustida  ish  olib 
borishardi.  Ularorasida  Froberger,  Kerl,  Muffat,  Paxelbel  va  Bukstexudelar  boredi. 
Avliyo  Foma  maktabi  qantori  vazifasida  bevosita  Baxdan  oldin  logann  Kunau  ishlagan 
bo'lib,  keng  ommalashib  ketgan  klavir  asarlari  uning  qalamiga  mansub  bolgan.  Uning 
klavir  uchun  dasturliasarlari  Tavrot  lavhalaridan  foydalanilgan  «Tavrot  sonatalari»bizga 
ma'lum.  Kunauning  xizmati  shundan  iborat  ediki,  u  birinchilarqatorida  skripka 
adabiyotidan olingan turkumli sonatashaklini klavir uchun qo'lladi. 
Baxning  klavir  musiqasini  o'tmishdoshlarining  asarlari  bilantaqqoslab  bo'lmaydi.  U 
Mazkur  cholg'uni  haqiqiy  ijodiy  laboratoriyaga  aylantirib,  unda  erkin  tajriba  o'tkazish, 
eng  dadil  reja  va  g'oyalarni  amalga  oshirish  imkoniyatiga  ega  edi.  U  cholg'uningbadiiy 
vositalarini  kengaytirdi,  uni  yangi  mohirona  texnika  bilanboyitdi,  musiqiy  timsollar 
doirasini kengaytirdi. Klavirda  yuksaklirikali va ta'sirchan asarlar ijro etish imkoniyatini 
yarata  oldi.  Baxilgari  klavir  musiqasiga  xos  bo'lmagan  qator  janrlarni  amaliyotgakiritdi. 
U klavir suitasini yangicha talqin qilib, awallari, asosan,organ musiqasida mavjud bo'lgan 
improvizatsiyali va imitatsiyalishakllardan keng foydalanadi. 
         Bax  skripka  san'atining  yutuqlaridan  foydalanib,  klavir  konserti  janrining 
rivojlanishi  uchun  keng  imkoniyatlar  yarata  oldi.  Yangilik  yaratuvchi  kompozitorning 
mashaqqatli  mehnati  tufayli  fortepiano  musiqasi  ajoyib  tarzda  rivoj  topdi,  zero,  Bax 
uning asoschisi hisoblanadi. 


17 
 
          Klavir  uchun  Bax  butun  hayoti  davomida  asarlar  yozdi,  lekin  faqat  Kyoten 
shahrida bu sohada mukammallikka erishdi. Kyotendafransuz va ingliz sonatalari, ikki va 
uch  ovozli  invensiyalar,suitalar,  «Yaxshi  temperatsiyalangan  klavir»ning  birinchi 
jildi,«Xromatik fantaziya va fuga» yaratildi. Butun ijodi davomida Baxdoimo mazmunini 
chuqurlashtirib,  shaklini  takomillashtirgan  holda  suita  janri  ustida  tinmay  ishladi.  Har 
birida oltitadan uchtaklavir suitalari to'plami, ya'ni oltita fransuzcha, oltita inglizcha,oltita 
partitalar  Baxning  qalamiga  mansubdir.  Fransuzcha  suitalarningbunday  nomlanishi 
ularning  fransuz  klavesinchilari  suitalarituri  va  uslubiga  yaqinligi  sabab  bo'lgan  degan 
taxminlar  mavjud.Inglizcha  suitalar  qaysidir  inglizning  buyurtmasi  bo'yichayozilgan 
degan ehtimol bor. 
«Suita»  so'zi  fransuzchadan  tarjima  qilinganda  qator,  izchillikma'nosini  anglatadi.  Bax 
zamonlarida  suita  o'z  ichida  qator  mustaqilraqslar  —  allemanda,  sarabanda,  ko’ranta  va 
jigani mujassamlashtirgan. 
Sarabanda va jiga o'rtasiga qo'shimcha raqs pyesa-lari: menuet, gavot, burre va boshqalar 
kiritilgan.  Har  bir  qismningmustaqilligiga  qaramay,  suita  yagona  musiqa  asari  sifatida 
qabulqilinadi, uning barcha pyesalari bir tonallik bilan birlashtirilgan. 
       Raqslarning  joylashish  tartibi  qiziqarli:  osoyishta  va  og'ir  sur'atdagi  raqslar  tez  ijro 
etiladiganlari  bilan  almashinib  turadi.  Fransuzcha  suitalar  fakturaning  oddiyligi  va 
kamtarona klaviruslubi bilan ajralib turadi. Oltita fransuz suitasining hammasio'rnatilgan 
tartib  bo'yicha  oldinma-ketin  keladi:  allemanda,  ko’ranta,sarabanda,  jiga.  Odatdagi 
an'anaviy  chizmani  inkor  etmasdan,  Bax  o'z  pyesalarini  polifoniya  bilan  to'ldiradi, 
musiqa tavsifi va bayoni bo'yicha allemendani preludiyaga, jigani fugaga yaqinlashtiradi. 
Sarabanda  lirik  kechinmalarning  mujassamligigaaylanadi.  Hissiyot  tuyg'lari  tizimi 
bo'yicha o'zidan oldingi pyesalarga, ayniqsa, sarabandaga nisbatan qarama-qarshi bo'lgan 
intermetsoning kiritilishi — eng og'ir qismdan jadal qismga o'tishni ta'minlaydi. 
        Fransuzcha suitalarda Baxning barcha suita turkumlari uchun umumiy bo'lgan yangi 
yo'nalish pay  do bo'ladi,  ya'ni  qaramaqarshilik harakati,  metr,  ritmdagi farqlar bilangina 
chegaralanilmaydi.  Turli  his-tuyg'u  mazmunidagi  pyesalarni  taqqoslash  ichki  qarama-
qarshilikka,  obrazlar  qarama-qarshiligiga  olib  keladi.  Inglizcha  suitalar  va  partitalarda 
suita kompozitsiya g'oyasiningbundan keyingi kengayish va chuqurlashuv jarayoni sodir 
bo'ladi.Bayon etishning usuli, uslublari, yo'llari yanada mohirona konsertko'rinishiga ega 
bo'lib  boradi.Istalgan  inglizcha  suita  va  partitalarning  boshlanishida  raqsonabo'lmagan 
muqaddima  pyesasi:  inglizcha  suitalarda  preludiya,uvertura,  fantaziya,  tokkata; 
Download 11,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish