31
Klassik simfoniyaning bu yo`nalishdagi shaklini I.Gaydndan keyin Mosart va
Betxoven davom ettirdi. I.Gaydn davrida simfoniya keng ammo tinglaydigan asar bo`lib,
uning hajmi va tovush kuchi katta bo`lishi shart edi. I.Gaydn orkestr tarkibini o`ziga xos
qilib kengaytirdi. Uning eng mashhur simfoniyasi “London simfoniyalari” bo`lib, o`n
ikki simfoniyadan iborat. Shularning ichida mi bemol major simfoniyasi juda mashhur.
Har byuir simfoniyasi o`z nomiga ega, masalan “Xayrlashuv”, “Soatlar”, “Harbiy”,
“Litavra zarblari bilan”.
Mi bemol major simfoniyasi “Litavra zarblari bilan” deb nomlanuvchi to`rt qismdan
iborat simfoniyasidir. Bu simfoniya ham klassik uslubda yozilgan bo`lib aytib o`tilgan
qismlar yo`nalishi asosida yozilgan. Kompozitorning simfoniya musiqasida o`ziga xos
musiqiy shakllangan bo`lib, ularning nomlanishi ma’lum mazmun va ma’noni bildiradi.
Bu simfoniya birinchi qismi Allegro tempida bo`lib, kirish qismi vazmin ya’ni litavra
zarbli cholg’usining tremolasi bilan boshlanadi. Bu ifoda vosita dengizdagi tufonni
anglatadi. Undan keyin esa asosiy birinchi qism mavzusi tez tempda boshlanadi.
I.Gaydn simfonik asarlardan tashqari bir yoki ikki cholg’u uchun sonatalar ham
yozgan. Uning ijodida klassik sonata turi shakllangan. Klassik sonata to’rining ajralib
turadigan uslublaridan biri bu birinchi qism sonata shaklida yozilishi va
simfoniyalaridagi kabi undan keyin vazmin, uchinchi va final qismi esa tez tempda
bo`ladi. Uning mashhur sonatalaridan mi minor, re major va boshqalari sonatalarida
o`sha davr musiqasiga xos bo`lgan bezaklar farshlag, mardent hamda trel keng
ishlatilgan.
I.Gaydn ijodida sonata simfonik turkumlar yangicha qarashlar bilan boyitiladi.
I.Gaydn juda katta va sermazmun umr kechirdi. Uning ijodiy saloxiyati va ijodidagi xalq
musiqasiga bo`lgan e’tibor har bir xalq kuy va qo`shig’ini to`g’ri va o`rinli qo`llash uning
iste’dodidan bir nishonadir. Dunyo miqiyosida
mashhur bo`lgan asarlari uning xalq ehtiyojiga
to`g’ri kelgan xolda yaratganligidan dalolat beradi.
Uning musiqiy obrazlari juda rangbarang yoritilgan.
Uning operalari ma’lum nom bilan atalishining
o`zidayoq turli obrazlarning talqinini bayon qiladi
shuningdek
simfoniyalar
nomlanishi
asosiy
yo`nalish beradi. Umrining oxirgi yillarida yozgan
oratoriyalari esa falsafiy fikrlarni asos qilib olgan
diniy mavzudagi asarlardir. I.Gaydn Evropa musiqa
madaniyatini
dunyo
musiqa
madaniyatini
rivojlanishiga katta hissa qo`shgan betakror asarlar
yaratgan kompozitorlardan biridir.
1819–yilda I.Gaydn Venada vafot etdi,
keyinchalik uning Eyzanshtadtga o`tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: