MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………………………………………3
I BOB. I.S.BAXNING HAYOTI VA IJODI HAMDA KLAVIR MUSIQASI
1.1. I.S.Baxning hayoti va ijodi……………………………………………………
1.2. I.S.Baxning klavir musiqasi haqida ma'lumotlar………………………………
II BOB. MUSIQIY FAOLIYATLARNI MUSIQIY NAZARIY BILIMLARNI O’ZLASHTIRISHDAGI O’RNI VA AHAMIYATI
2.1.Musiqa tinglash va uni tahlil qilishning maqsad va vazifalari ………………..7
2.2.O’quvchilarni musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilishga o’rgatishning pedagogik omillari………………………………………………………….........14
XULOSA ………………………………………………………………………....39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………………………41
ILOVALAR……………………………………………………………………….43
MAVZU: I.S.BAXNING KLAVIR MUSIQASI
REJA:
KIRISH
I BOB. I.S.BAXNING HAYOTI VA IJODI HAMDA KLAVIR MUSIQASI
1.1. I.S.Baxning hayoti va ijodi
1.2. I.S.Baxning klavir musiqasi haqida ma'lumotlar
II BOB. MUSIQIY FAOLIYATLARNI MUSIQIY NAZARIY BILIMLARNI O’ZLASHTIRISHDAGI O’RNI VA AHAMIYATI
2.1.Musiqa tinglash va uni tahlil qilishning maqsad va vazifalari
2.2.O’quvchilarni musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilishga o’rgatishning pedagogik omillari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
ILOVALAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov 2010 yil
29 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Majlisidagi
«Asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyotini va xalqimiz farovonligini yanada
yuksaltirishdir» nomli ma’ro’zasida «Biz farzandlarimizning nafaqat
jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki, ularning eng zamonaviy
intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib 21 asr
talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi
uchun zarur barcha imkoniyatni va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga
maqsad qilib qo’yganmiz» deb ko’rsatib o’tgan edilar.
Bugungi kunda respublikamizda kelajagimiz bunyodkorlari bo’lmish
yosh avlod tarbiyasiga e’tibor, ayniqsa ta’limning dastlabki bug’inlaridan
boshlab birinchi navbatda xalqimiz madaniyati, tarixi, san’ati, adabiyoti, tili
va milliy qadriyatlariga muhabbat, ularni qalban his qiladigan, kelgusida
rivojlantira oladigan ma’naviy yetuk, intellektual salohiyatli shaxslar sifatida
shakllantirishni ustuvor ahamiyat berilayotganligi bejiz emas.
Chunki, ma’naviy yetuk, aqliy barkamol, axloqiy-estetik madaniyati
barqaror shakllangan shaxsni tarbiyalash o’z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy, ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni bajarish, milliy g’oyani yaratishimizda
asosiy va hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Insonning ma’naviy ongi, dunyoqarashini va ruhiy kamolotini
shakllanishida musiqa san’ati o’zining qudratli ta’sir kuchi bilan a’lohida
ahamiyat kasb etadi. Haqiqatdan ham buyuk sharq allomalari e’tirof
etganlaridek musiqa insonning axloqiy va estetik hissiyotlariga jozibali va
betakror ta’sir etish xususiyati bilan pedagogik fanlar tizimida muhim o’rin
tutadi. Shu bois ham musiqa ta’limida ushbu fanni o’qitilishi eng avvalo
tarbiyaviy maqsadlarni ko’zda tutadi va uning bosh vazifalarini belgilaydi
desak aslo xato bo’lmaydi.
Shuni a’lohida ta’kidlash joizki, respublikamizda amaldagi ta’lim
tizimida umumiy o’rta-ta’lim eng muhim shakllantiruvchi bosqich bo’lib,
bunda o’qitiladigan barcha fanlar va tarbiyaviy ishlar o’sib kelayotgan yosh
avlodni ta’kidlab o’tilgan darajada kamol topishlari va shaxs sifatida
shakllanishlarida muhim o’rin tutadi, xal qiluvchi ro'l o’ynaydi. Shu jihatdan
umumta’lim maktablarida o’qitiladigan «Musiqa madaniyati» fani oldiga
qo’yilgan o`quvchilarni madaniyatli, yuksak ma’naviyatli, milliy g’oya va
mafkura ruhida shakllangan, milliy o’zligi, tili, ta’rixi, san’ati, umuman
olganda milliy qadriyatlarini teran anglaydigan va ularni qadrlay oladigan,
badiiy va estetik didi rivojlangan shaxslar sifatida tarbiyalashdek keng
ko’lamli vazifalar bugungi kunda ushbu fanni o’qitilishini ham zamonaviy
talablarga mos ravishda takomillashtirib borishni taqazo etadi.
Umumta’lim maktablarining «musiqa madaniyati» darslarida
o’quvchilarni umummusiqiy madaniyatini shakllantirish juda ko’plab
omillarga bog’liq bo’lib, bu o’rinda musiqa tinglash, qo’shiq kuylash,
nazariy savodxonlik (nazariy ma`lumotlarni egallash) asosiy o’rinni
egallaydi. Ushbu omillar ichidagi musiqa tinglash faoliyatida esa deyarli
barcha faoliyatlarda olib boriladigan o`quv tarbiyaviy ishlar o’z ifodasini
topadi desak xato bo’lmaydi. Chunki o’rganilayotgan qo’shiq ham avval
tinglanadi va u haqidagi ma`lumotlar musiqa tinglash va tahlil qilish orqali
o’quvchilarga yetkaziladi. Shu jarayonda bevosita na’zariy ma`lumotlarga
ham tushuncha va tavsiflar berib boriladi.
Umum ta’lim maktablaridagi musiqa madaniyati darslarini kuzatish va
pedagogik tahlillar ko’plab o’qituvchilarni darslarni «Davlat ta’lim standarti»
va fan dasturi talab va mezonlari darajasida o’tmayotganliklarini, darslarni
metodik va pedagogik nuqtai-nazardan to’g’ri tashkil etishmayotganligi
(ko’p hollarda faqat qo’shiq kuylash faoliyati bilan cheklanib
qolayotganligini)ni ko’rsatdi. O’quvchilarning nazariy savodxon, amaliy
ijrochilik ko’nikma va malakalarini shakllantirish vazifalari esa, eng avvalo,
musiqani to’laqonli idrok eta oladigan, turli janr va uslubdagi musiqa
asarlarini tinglash bilan unga o’z munosabatini bildira oladigan, baholay
oladigan (musiqiy-badiiy did), asarning g’oyaviy-badiiy mazmunini tushunib
kuylay va ijro eta oladigan darajadagi bilim, ko`nikma va malakalarga ega
qilib tarbiyalashni taqozo etadi. Ayni mana shu vazifalarni amaliyotda to’g’ri
yo’lga qo’yilishiga erishish, bugungi kunda dolzarb pedagogik muammo
sifatida biz tomonimizdan tanlangan ilmiy-tadqiqot mavzusini «Musiqa
asarlarini tinglash va tahlil qilish jarayonida o’quvchilarning musiqiy nazariy
savodxonligini takomillashtirish» deb nomlashga sabab bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |