Ontogenez va filogenez, ularning o’zaro bog’liqligi



Download 329,05 Kb.
bet6/17
Sana06.07.2022
Hajmi329,05 Kb.
#747857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
10. Ontogenez va filogenez, ularning o’zaro bog’liqligi

Anaboliya usuli ontogenezda organlarning hosil bo`lish davri ajdod organlarnikiga nisbatan uzayishiga olib keladi. Filembriogenezning anaboliya usuli o`simliklar dunyosida ham keng tarqalgan. O`simliklardagi anaboliyaga palmalar bargining rivojlanishini misol qilib ko`rsatish mumkin. Kuzatishlardan ma’lum bo`lishicha, palma barglari kurtak holida yaxlit plastinkadan iborat bo`ladi. Ontogenetik rivojlanishning keyingi davrida barglar bo`laklarga bo`linib, patsimon yoki elpig`ichsimon shaklga kiradi.

Deviatsiya. Ontogenezda organlar rivojlanishning o`rta bosqichlarida sodir bo`ladigan o`zgarishlar deviatsiya deb ataladi (latincha deviatio — o`rta demakdir). Deviatsiya natijasida ontogenezning o`rta davridan boshlab organlarning embrional rivojlanishi oldingi ajdodlarning mazkur organlari rivojlanishiga nisbatan birmuncha boshqacha yo`nalishda boradi. Akula va reptiliyalarda tangachalarning rivojlanishi deviatsiyaga misoldir. Har ikkala gruppaga mansub hayvonlarning embrional rivojlanishida tangachalar ostki epidermisning qalinlashishi va uning ostida biriktiruvchi to`qima to`planishi hisobiga ro`y beradi.

Akulasimon baliqlarda epidermis hujayralari va uning ichida to`plangan biriktiruvchi to`qima hujayralari tashqariga teshib chiqib, qirrali yoki uchi o`tkir «bo`rtma»lar — tangachalar hosil qiladi.Keyinchalik bo`rtmalarning ustki qavati suyak (emal) moddasi bilan qoplanadi. Reptiliyalarda esa tangachalarning dastlabki rivojlanishi baliqlarning plakoid tangachalari rivojlanishiga o`xshab ketadi, ya’ni epidermis qavatining zichlashuvi va uning ostida biriktiruvchi to`qima to`planishi kuzatiladi.

Biroq reptiliyalarda tangachalarning rivojlanishi keyinchalik baliqlar plakoid tangachalarining rivojlanishidan farq qila boshlaydi. Bu farq epidermis qism asta-sekin shox moddasini singdirib tangachaga aylanishidan iborat. Reptiliyalarning ba’zi turlarida shox moddadan iborat tangachalar ostida suyak tangachalar joylashadi. Ular teri suyaklari tariqasida hosil bo`ladi.


Rasm. Umurtqali hayvonlarda suyak, shox tangachalar va junning filogenetik rivojlanish sxemasi:
A - akulaning plakoid tangachasi:
B -kaltakesakning shox tangachasi;
V - junning rivojlanishi

Download 329,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish