Jihoddan Terrorizmga 1996-yil Xalqaro Jihodning yakuniy bosqichi bo'ladi, lekin Islomizmga ancha sho'ng'igan jihodchilar bor imkoniyati bilan harakatlarini davom ettiradilar. Endilikda ularni kurashini asosini Terrorizm tashkil qila boshlaydi. Butun dunyo bo'ylab bir qancha portlashlar uyushtiriladi. Portlashlarning asosiy qismi AQSh, G'arb mamlakatlari va ularning ittifoqchilariga qaratilgan edi, shu jumladan Musulmon davlatlariga ham. Bu terroristik aktlar markazida Ben Ladenning shaxsini roli juda kattadir. Asil kelib chiqishi Saudiya Arabistonilik bo'lgan va Al-Qoida tarmog'ining asoschisi sifatida u, barcha eski Afg'on mujohidlari bilan aloqlarni saqlagan holda Xalqaro terrorizmni yoyishga muvaffaq bo'ladi.
Har hil mamlakatlardagi mahalliy musulmon aholini umumiy jihod uchun safarbarlikka olib chiqishning uddasidan chiqa olmagan radikal islomistlar dunyoda ularning kuchi va ta'siri keng yoyilganligi taasurotini qoldiruvchi, katta tomoshalarga boy - terrorga e'tibor qaratadilar.
Bu terroristik harakatlar dastalb jonsiz vositalar orqali amalga oshiriladi. Bino ostidagi parkingdagi avtomobil vositasi, metroda unutib qoldirilgan quti va boshqa vositalar terrorizmning dastlabki uskunalaridan bo'ldi. Bu aktlarni amalga oshiruvchilarning asosiy ko'pchiligi eski afg'on mujohidlari yoki islomiy talabalardan tashkil topgan edi. Ularga maqsad qilib AQShni yo'q qilish yoki dunyoda Islomiy davlat o'rnatish kabi yuksak marralar ko'rsatilar edi, lekin oddiy bir mujohiddin uchun bunday maqsadlar haqiqatdan uzoqligi va tez amalga oshmasligi tufayli ularga har birining kelib chiqishiga qarab dastlab mahalliy maqsadlarni marra qilib belgilana boshladi. Masalan musulmon mamlakatlarni islomiylashtirish, keyinchalik bir Halifalik ostida birlashtirish va hakozo.
Lekin bu uslublarning hammasidan ham u dunyoning saodati haqidagi va'dalar, islomistlarni o'zini o'zi qurbon qilishgacha olib boruvchi omil bo'lib xizmat qildi. Islomda dastlab o'z jonini biror maqsad yo'lida qubon qilish Shialarning Assasin mazhabida o'rta asrlarda kelib chiqqan bo'lib, bizning asrimizga kelib esa 80-yillardagi Iroq-Eron urushida, Eronlik shialar orasidan o'z armiyasiga yo'l ochish maqsadida Iroqning minalashtirgan hududida o'zini qurbon qilish holatlari ko'p kuzatilgan. Keyinchalik bu amaliyot Hezbolla guruhi tomonidan Livanning janubidagi to'qnashuvlarda qo'llanilgan.
Afg'onistonda Sovetlarga qarshi urush davrida o'z-o'zini portlatishlar deyarli bo'lmagan, dushmanga tik qarab borish strategiyalari qo'llanilgan bilan, o'z joniga qasd qilishni bu yo'li kuzatilmagan edi. Keyinchalik o'zini-o'zi portlatish amaliyoti Yaqin Sharqdagi Shialardan Sunniy Arablarga ko'chib o'tadi.
1996-2001 yillar orasida dunyoda o'zini-o'zi portlatuvchi kamikadze jihodchilar bir qancha terroristik harakatlarni amalga oshiradilar. Bu o'z joniga suiqasdlar Islomistlarning qanchalik darajada mafkuraviy va harbiy jihatdan boshi berk ko'chaga kirib qolganin bildirar edi. Arab va Musulmon mamlakatlaridagi iqtisodiy-ijtimoiy ahvolni o'ta yomonligi hamda bu mamlakatlarni egallab olgan siyosiy boshqaruvchilarning o'ta avtoriterligi (ko'pchiligi monarxiya), shaxsiy erkinlikni kesib qo'yilganligi, kelajakka ishonchni yo'qligi, ustiga ustak "kofir" mamlakatatlar bo'lmish AQSh va Isroilning kuchga to'lgan va agressiv armiyalarining hujumlari oldida ohirgi chora o'zini o'zi shahid qilish bo'lib qolgan edi go'yo.
Bunday kamikadzelar harakatiga qaramasdan na AQShda, na g'arb mamlakatlarida va na Musulmon mamlakatlarida katta siyosiy o'zgarishlar yuz bermadi, aksincha mahalliy hukumatlar aholiga tashqi kuchlarning xavfi kattaligini pesh qilgan holda o'zlarining boshqaruv kursilariga mustahkamroq o'rnashib oldilar (deyarli barcha musulmon mamlakatlari Diktatorlik rejimiga aylandi), G'arb dunyosida esa Musulmonlarga nisbatan nafrat, Islom dunyosidan esa xavfsirash yuzaga keldi, buni tovonini esa G'arb mamlakatlariga immigrant bo'lib kelgan musulmonlar to'laydilar va nihoyat Isroil-Falastin to'qnashuvlariga chek qo'yish imkoni tug'ilgan bir paytda, Hamas Islomiy guruhining o'ta darajada radikallashishi oqibatida Isroil o'z tinchligini xavf ostida deb baholab, Falastinga nisbatan sergaklik bilan yondashishda davom etadi.
Falastin va Isroil orasidagi 2000-yillardagi aloqalarni taranglashishi ikki tomon hukumat boshqaruvchilarining siyosiy maqsadlarining ham oqibatidir. Bir tomonda Yosir Arofatning va uning atrofidagi siyosiy arboblarning obro'si Falastinliklar orasida tinimsiz ravishda tusha boshladi. Mazkur guruh korrupsiyaga uchragan va ayni paytda Isroilning o'z hududini administrativ yo'l bilan kengaytirishga hech qanday qarshilik qila olmayotgan iqtidorsiz siyosatchilar sifatida ko'rina boshladi. Isroilni bosqinchi dushman va muzokaralarga yopiq hukumat qilib ko'rsatish Arofatga o'z obro'sini tiklab olishga imkon yaratishi mumkin edi. Isroil tomonida o'z navbatida Ariel Sharon 2001-yildagi fevral oyida o'tkazilishi mo'ljallangan saylovlarda o'z partiyasini g'olib chiqishini ta'minlash uchun Falastin boshqaruvchilar bilan to'qnashuvlarni keskinlashtirishni ko'zda tutmoqda edi. Ikki tomon ham ommaviy axborot vositalar orqali radikal va xalqchil (populist) axborotlarni tarqatishda davom etadilar. Bunday taranglashuv 2000-yilning sentyabr oyida Iuresalim shaxridagi Katta Masjid oldidagi to'qnashuvlar bilan bira to'la urush holatiga aylanadi. Shu bilan "Ikkinchi Intifada" boshlanadi.
Oldingi Intifadalardan farqli o'laroq, bu to'qnashuvlarda qurbonlar sonini 3-4 barobar ko'pchilikni tashkil qildi. Ikki tomon ham siyosiy sabablarga ko'ra to'qnashuvlarda chekinishga yo'l qo'ymaydi, bir tomonda Falastinliklar umumiy ravishda Isroilga qarshi qo'zg'olon ko'targan bo'lsa, boshqa tomonda Isroil armiyasi AQSh yordami bilan jihozlangan eng so'ngi texnologiyadagi qurollari bilan oddiy fuqarolarga qarshi jang qiladilar.
Arab dunyosining va boshqa musulmon davlatlarning bu voqealar oldida qo'l qovushtirib qarab turishi va jahon miqyosidagi ommaviy axborot vositalarida Falastinlik qurbonlar soniga be'tiborlik ko'rsatilishi, butun musulmon dunyosida alamzadalik kayfiyatini kuchaytiradi. O'zining ham iqtisodiy, ham harbiy sohasidagi G'arb davlatlariga qaramligidan hech bir Islomiy (Sunniy) mamlakat bu urushda musulmonlarga yordam qo'lini cho'za olmaydi.
2001-yil 11-sentyabr voqealari aynan shunday umumiy adolatsizlik kayfiyati cho'qqisiga chiqqan davrda amalga oshiriladi va uning asosiy tashkilotchilaridan biri deb gumon qilingan Usama Ben Laden Musulmon dunyosida go'yoki Falastin uchun o'ch olgan qahramon sifatida namoyon bo'ladi, garchi Ben Laden uchun Arabiston yarimorolidagi geopolitik o'zgarishlar Yaqin Sharqdagiga qaraganda muhimroq bo'lgan bo'lsada. Arab-Musulmon dunyosida bu voqealar birinchi navbatda o'ch olish bo'lib qaralgan bo'lsa, vaqt o'tishi bilan bu hujum qurbonlarining sonini ko'pligi va vahshiylarcha tinch aholiga hujumni amalga oshirilganligi tufayli, Musulmonlar orasida bu terroristik hujum Islomistlar tomonidan emas balki AQShning o'zi tomonidan amalga oshirilgan degan taxminlar yaratila bo'shladi. Ko'pchilik bu taxminni o'z navbatida Ben Ladenni dastlab SRU va FBR xizmatlari bilan yaqin aloqada bo'lganligi bilan oqlasa, yana boshqalar hujum qilingan binoda Musulmonlar ko'pchilikni tashkil qilganigiga urg'u berar edilar.
2001-yil 11-sentyabrda AQSh hududiga uyushtirilgan terroristik hujumlar.