Darsning turi:yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash,o`quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
II.O`tilganlarni mustahkamlash. Uyga berilgan vazifani so`rash,tekshirish va baholash , o`quvchilar bilan o`tilgan mavzular yuzasidan savol-javob va suhbat o`tkazish.
№
|
Darstaqsimoti
|
Daqiqa
|
|
1
|
Darsni tashkil qilish jarayoni
|
2 daqiqa
|
2
|
O’tilgan va Uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
|
8 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash, baholash metodlari
|
3 daqiqa
|
6
|
Uygavazifaberish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
III.Yangi mavzu bayoni.
1-mashq. Matnni o‘qing va rasm asosida matnni to‘ldiring.
Dam olish kunida Bugun yakshanba. Dam olish kuni. Ertalab oilamiz a’zolari bilan birga o‘tirib nonushta qilamiz. Onam dasturxonga issiqnon, qaymoq va mevalarni qo‘yadilar. Har birimizga quymoq pishirib keladilar. Nonushtadan so‘ng ukam bilan men uy ishlariga qarashamiz. Buvam bilan buvim o‘z xonalariga kirib dam olishаdi. Men uylarni yig‘ishtiraman. Singlim hovli, ko‘chalarni supuradi. So‘ng ikkаlаmiz kitоb o‘qiymiz, dаrs tаyyorlаymiz. Bаrchа ishlаrni bаjаrib bo‘lgаch, ko‘chаgа chiqib birоz o‘ynаymiz.
1-topshiriq. Savollarga javob bering va suhbatni davom ettiring.
1. Oilangizda dam olish kuni qanday o‘tadi?
2. Dam olish kuni kim nima bilan shug‘ullanadi?
3. Onangiz qanday taomlar tayyorlaydilar?
4. Siz qаndаy ishlаrni bаjаrаsiz?
5. Маdаniy hоrdiq dеgаndа nimаni tushunаsiz?
2-mashq. Gaplarni o‘qing va ona tilingizga tarjima qiling.
Kelasi zamon fe’llarining ma’nolari va ifodalanishini bir-biriga
qiyoslang.1. Bu yil kuz yaxshi keladi. 2. Maktabimizdagi shaxmat
musobaqasida Mirg‘ani birinchilikni olar. 3. Sinfimizning futbol jamoasi bu o‘yinda ham g‘alaba qozonadilar. 4. Ertaga yomg‘r yog‘mas.
5. Jamoamiz ertaga birinchilikni olar. 6.Ertaga mehmonlar kelmas.
7. Majlisda Ahmedov gapirar.8. Dam olish kuni baliq oviga borarmiz. 9. Maktabni bitirib,universitetga o‘qishga kirarman.
3-mashq. Savollarga yozma javob bering. Javoblaringizdagi
fe’llarning zamon shakillarining ma’nosini tushuntiring.
1. Siz o‘tgan dam olish kunida qayerda dam oldingiz?Keyingi yakshanbada qayerga bormoqchisiz? Balki xotira maydoniga borarsiz?
2. Siz qaysi o‘zbek yozuvchilarining badiiy asarlarini o‘qigansiz?Hozir qaysi asarlarni o‘qiyapsiz? Yana qaysi kitoblarni o‘qimoqchisiz? Balki she’rlar ham yod olgandirsiz? 3. Qishki ta’til kunlarida nimalar bilan shug’ullandingiz?“O‘zbek tili” fanidan qaysi mavzularni mustaqil o‘qimoqchisiz?4. Balki kelajakda yaxshi mutaxassis bo‘lish uchun qanday
yo‘l tutmoqchisiz?
4-mashq. “Kеcha, bugun va ertaga” sarlavhasi ostida bajargan, bajarayotgan va bajarmoqchi bo‘lgan ishlaringiz haqida yozing. Fе’llarning turli zamon shakllarini qo‘llashga harakat qiling.
5-mashq. Qavs ichida berilgan fe’llarni kelasi zamon shaklida yozing.
Uy-hovlilarni (supurmoq), gullarga suv (quymoq), uylarni (yig‘ishtirmoq), shirin taomlar (pishirmoq), bobоm bilan buvam (dam olmoq), dadam bilan onam bizdаn (xursand bo‘lmoq),оilаmiz bilаn tеаtrgа (bоrmоq).
6-mashq. Matnni o‘qing. Fe’llarning zamon shaklini aniqlang.
Saida va Umida juda inoq. Ular bir maktabda o‘qiydilar,birga dars tayyorlaydilar. Birgalikda yosh havaskorlar to‘garagiga qatnashadilar. Bugun dam olish kuni. Biroq ikkala dugona ko‘chaga o‘ynagani chiqishgani yo‘q. Ular uyda «Тоvus» raqsini o‘rganishyapti.Yaqinda maktabda o‘tkaziladigan tadbirda shu raqs bilan ishtirok etishmoqchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |