21-oktabr- O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan ”Ona tilim-nuri ziyomsan” mavzusida tayyorlangan tadbir ssenariysi.
Maktab faollar zali yoki tadbir o’tlaziladigan joy asosiy g`oyani mukammal yoritish uchun tadbir mavzusidan kelib chiqqan holda bayramona bezatiladi. Sahna to`rida "2019 yil 21 oktabr kuni, O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 30 yil to’ldi" yozuvi joylashtiriladi. Uning pastki qismida buyuk shoir A.Navoiy portreti , uning til haqidagi fikrlari, shoir atrodifa zamonamizning taniqli shoir va yozuvchilari portretlari osiladi/
Musiqa sadolari ostida sahnaga 2 nafar boshlovchi chiqiqb kelishadi hamda barchaga qo’llari koksilarida turgan holda salomlashishadi.
1-boshlovchi : Assalom, ey olam, feruza osmon,
Aziz ustozlar-u, aziz mehmonlar.
Kamtarin davrada bugun mehmonsiz,
Sizga ehtirom-la egikdir boshlar.
2-boshlovchi: Assalom azizlar, do‘st-u yoronlar
Ma`rifat ziyosin nurga taratgan,
Oltin boshingizda Humo qush ko‘rdik
Ulug` anjumanda Sizni xush ko‘rdik.
1 -boshlovchi: Assalomu-alaykum Qadrli mehmonlar! Mustaqil yurtning barkamol yoshlari!
2 -boshlovchi: Assalomu alaykum ma’rifat ziyosin taratgan hurmatli ustozlar! Mana Bu yil 21-oktybr sanasida o’zbek tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to’lddi
1 -boshlovchi: Qadrli mehmonlar O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan sanaga bag‘ishlab tayyorlangan ”Ona tilim-nuri ziyomsan” mavzusidagi adabiy-badiiy kechamizga xush kelibsizlar
2 -boshlovchi: Bugungi shodiyona kun bilan tabriklash uchun ilk tabrik so‘zini maktabimiz direktori __________________ga beramiz. Marhamat Uztoz.
1 -boshlovchi: Zargarimsan, gavharimsan, so`zimsan,
Oq-qorani tanituvchi ko‘zimsan.
Pok tuprog`im, rizq-u ro‘zim, tuzimsan
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim,
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim
2 -boshlovchi: Qon qardoshlar davrasida o‘rning bor,
O‘z bayrog`ing, madhiyang bor, tug`ing bor,
Mardliging bor, subuting bor, qadring bor
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim,
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim
1 -boshlovchi: Yer yuzida turli-tuman xalqlar yashaydi. Ma'lumotlarga qaraganda, dunyo bo`yicha 3mingdan ortiq til mavjud.
2-boshlovchi: Endigi navbat til haqidagi ma’lumotlarga.
O’quvchilar navbat bilan so’zlaydilar
1-o‘quvchi: 1989-yil 21-oktabrda O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashi sеssiyasining muhokamasidan so‘ng o‘zbеk tili davlat tili dеb e’lon qilindi va bu tarixiy hodisa mustaqillikdan ikki yil oldin ro‘y bеrdi va o’sha kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqida qonun qabul qilindi.
2-o‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Kon¬stitutsiyasining 4-moddasida shunday deyilgan: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”.
3-o‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunining 4-moddasida quyidagicha keltirilgan: “O‘zbekiston Respublikasida Davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millat va elatlarning tillariga izzat va hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Fuqarolarga davlat tilini o‘rgatish bepul amalga oshiriladi”.
4-o‘quvchi: 1993-yil 2-sеntabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.
5-o‘quvchi: “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinganligiga bu yil 30 yil to‘ldi. O‘tgan shu davrda ona tilimizning yanada sayqallanishi, badiiyligi, tarixiyligi va dunyo miqyosida ahamiyati hamda nufuzini oshirishga qaratilgan qator madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy ijo, izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
6-o‘quvchi: Bugungi kunda jahondagi ko‘plab mamlakatlar xalqlari davlatimiz ramzlari — O‘zbеkiston Rеspublikasi bayrog‘i, gеrbi, davlat madhiyasi qatorida o‘zbеk tiliga ham hurmat bilan qarab, nafis va boy til sifatida yuksak baho bеrib kеlmoqdalar.
1 -boshlovchi: Ming yillarkim, bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.
Navbat maktabning raqs to’garagi a’zolariga beriladi. Ular “Dilxiroj” musiqasiga raqs tushishadi
2-boshlovchi: Navbat maktabimizniing “Yosh ijodkorlar” to’garagi a’zolariga. Ular o’z ijod namunalaridan siz azizlarni bahramand etishadi.
Termiz shahar 9- sonli ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabning 8- sinf o’quvchisi Eshqulova Yulduz qalamiga mansub “Ona tilim ” she’ri o’qiladi
Tilim, sen iftixorim
Ko’nglimday beg’uborim.
Sen borsanki, buyukman.
Ardoqliman, suyukman.
Seni maqtab o’tdi bobolar,
Kyulab keldi senda momlar.
Senda boqiy ertak, dostonlar,
Mangu yashar alp pahlavonlar.
Yaxshi insson tilin qadrlar,
Men ham senda yozayin she’rlar.
Jaranginga lol qolsin dunyo,
Ona tilim, soch mangu ziyo.
1 -boshlovchi: O’zbek tilin tinglabkirdi menga jon,
Ohista tikildim va shunda bildim.
Meni tuzatolmas hech dard-u darmon
Jonimga masihdur shu ona tilim.
2 -boshlovchi: Til har bir millatning qalbi, uni avaylab-asrashs har bir insonning farzidir. “Tilga ixtiyorsiz-elga e’tiborsiz” deb bejizga aytishmagan
1 -boshlovchi: Endigi navbat til haqidagi ibratli so’zlar va maqollarga
1-o’quvchi:
Tili shirinning do’sti ko’p bo’lar.
2-o’quvchi:
Til jarohati bitadi, dil jarohati bitmaydi.
3-o’quvchi :
Yaxshi so’z-jon ozig’i.
4-o’quvchi:
Boshga baloni til keltirar.
Tilga oid hadislardan, ruboiylardan misollar keltiriladi
1-boshlovchi: Endigi navbat maktabimizning jajji o’quvchilari boshalng’ich sinfdagi uka-singillarimizga beramiz. Ular o’zlarining musiqiy chiqishlarini taqdim etishadi. Marhamat.
(boshlang’ich sinf o’quvchilarining musiqiy chiqishlari namoyish etiladi)
2-boshlovchi: Sizga ma’lumki mamlakatimizda yosh iste’dodlarni qo’llab-quvvatlash , ularining iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida ko’plab islohatlar amalga oshirib kelinmoqda. Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev timonidan “Yoshlar ma’naviyatiniyuksaltirish va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 muhim tashabbusni ilgari surgan edilar. 1-tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik,adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi
1-boshlovchi: Endigi navbatni maktabimizning iste’dodli o’quvchilari, “Yosh tomoshabin” teatri a’zolari tomonidan sahnalashtirilgan o’zbek xalq ertaklaridan “Zumrad va Qimmar ” ertagini tomosha qilishga taklif etamiz. Marhamat.
(O’quvchilar tomonidan sahnaviy ko’rinish namoyish etiladi)
2-boshlovchi:
Ona tilim, o`zingdirsan elni opichlab,
Shu kunlarga olib kelib taratgan ziyo.
Ona tilim, o`zingdirsan yillab asrab,
O`zbek elin Istiqlolga yo`llagan daho.
1-boshlovchi:
"Til bayrami" barchangizga xush kayfiyat bag`ishlagan bo`lsa, minnatdormiz.
Ona tilim, buyuklikda eng baland tog`san,
Ona tilim, suyuklikda Erami bog`san.
Ushbu tavsiya etilayotgan tadbir targ`iboti namunaviy bo`lib, har bir ta'lim muassasasi ma'sul xodimlari mavjud sharoit va imkoniyatdan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |