“Nay va Shamshod”, “Binafsha va Chang” masallari qaysi asarda keltirilgan?
A) “Zarbulmasal” B) “Hibat-ul haqoyiq”
C) “Savodi ta’lim” D) “Husn-u dil”
Bolalar adabiyotini dramatik asarlar bilan boyitgan ijodkorlarni toping.
A) Zafar Diyor, Shukur Sa’dulla
B) Qudrat Hikmat, Tolib Yo‘ldosh
C) Mahmuda Oqilova, Majid Fayziy
D) Adham Rahmat, Ilyos Muslim
Bolalar qo‘shiqlari keltirilgan javobni toping.
A) «Oq terakmi ko‘k terak», «Boychechak»
B) «G‘aldir»,«Yor-yor»,«Boychechak»
C) «Kelin salom», «Oq terakmi ko‘k terak»
D) «Alla», «Yalla»
Zafar Diyorning qaysi she’rlari 4-sinf «O‘qish» kitobida berilgan?
A) «Ona qo‘shig‘i», «Bizning oila»
B) «G‘unchalar», «Serquyosh o‘lka»
C) «Suv bilan suhbat», «Serquyosh o‘lka»
D) «Qahramon», «Suv bilan suhbat»
“Toshbaqa bilan chayon” masali qaysi adiblar ijodida uchraydi?
A)
Gulxaniy, Avloniy B) Hamza, Gulxaniy
C) Avloniy, Hamza D) Gulxaniy, Navoiy
«Topishmoq » atamasi o‘zbeklar orasida yana qanday nomlar bilan atalgan.
A) «Jumbog‘», «Ushaq», «Top-top »
B) «Top-top», «Maqol», «Matal»
C) «Ushik», «Ertak », « Jumboq »
D) «Topmacha», «Jumboq», «Top-top
4-sinf «O‘qish» kitobida berilgan «Ola buzoq» she’ri muallifini aniqlang.
A) Quddus Muhammadiy B) Zafar Diyor
C) Shukur Sa’dulla D) G‘afur G‘ulom
Do‘slar mening yurtimni
O‘zbekiston deydilar.
Dongi tutgan dunuoni
Bog‘u bo‘ston deydilar.
She’r muallifi kim?
A) P.Mo‘min B) Z.Diyor
C) Q.Muhammadiy D) A.Obidjon
Abdulla Avloniy qaysi rus adiblarining asarlarini o‘zbek tilida tarjima qilgan?
A) Pushkin, Nekrasov
B) Krilov, Tolstoy
C) Dostoyevskiy, Turgenev
D) Ostrovskiy, Lermontov
Quyidagilardan nechtasi Abdulla Avloniy qalamiga mansub asarlar sanaladi?
“
Turkiy guliston yoxud axloq”, “Birinchi muallim”, “Axloq hikoyalari”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Yengil adabiyot”, “Qiroat kitobi”
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta 5 ta
30-yillarda bolalar ijodkori sifatida nasriy asarlari bilan tanilgan yozuvchilar kimlar?
A) Majid Fayziy, Dorjiya Oppoqova
B) Shukur Sa’dulla, Sulton Jo‘ra
C) Mahmuda Oqilova, Quddus Muhammadiy
D) Adham Rahmat, Ilyos Muslim
20-yillarda qaysi ijodkorlar kichkintoylar uchun yozgan asarlarida bolalarni yaxshi o‘qishga, ilm-fan nurlaridan bahramand bo‘lib, davrning haqiqiy o‘g‘il-qizlari sifatida kamol topishga targ‘ib etgan?
1) Fitrat 2) Cho‘lpon 3) Elbek 4) Botu 5) G‘afur G‘ulom 6) G‘ayratiy 7) Shokir Sulaymon 8) Oybek
A) 1, 2, 3, 5, 6, 8 B) 2, 3, 5, 6, 7, 8
C) 3, 4, 5, 6, 7 D) barchasi to‘g‘ri
“Savodi ta’lim” risolasi orqali bolalarni o‘qitish va tarbiyalash ishiga katta hissa qo‘shgan ijodkor kim?
A) Ogahiy B) Elbek
C) Munavvarqori D) Munis
Mamasoli Jumaboyevning fikricha, bu davr bolalariga “Tulki bilan turna”, “Arilarning g’azabi”, “Maqtanchoq quyon” ertaklarini o’qib berish tavsiya qilinadi. Bunda qaysi davr bolalari nazarda tutilgan?
A) Maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalar
B) Kichik maktab yoshidagi bolalar
C) O’rta va katta maktab yoshidagi bolalar
D) bu berilganlarning barchasi uchun xos
Qaysi ijodkor tilni «Ko‘ngil xazinasining qulfi», so‘zni esa shu «Xazinaning kaliti» deb ta’riflagan.
A) Navoiy B) Bobur C) Avloniy D) Lutfiy
Ma’rifatparvarlikni bayroq qilib ko‘targan qaysi ijodkorlar tomonidan yozilgan darslik va qo‘llanmalarda bolalar hayoti, o‘qishi, axloq-odobi haqida materiallar beriladi?
A) Abdulla Avloniy, Hamza
B) Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori
C) Munis, Elbek, Botu D) A va B javoblar
Kichik maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan «Maktabim», «Kitobcham» she'rlari muallifi kim?
A) Ilyos Muslim B) Qudrat Hikmat
C) Zafar Diyor D) Po‘lat Mo‘min
Qaysi qatorda Po‘lat Mo‘minning she’rlari nomi to‘g‘ri berilgan?
A) «Maktabim», «Kitobcham»
B) «Yer chopildi, javob topildi», «Sinfimiz qo‘shig‘i»
C) «O‘rtog‘imiz yo‘qoldi», «Uy vazifasi»
D) «Katta tanaffusda», «O‘rtog‘imiz yo‘qoldi»
«Oq gul», «Qizil gul», «Yashil gul» to‘plamlari muallifi ijodiga tegishli ma’lumotni aniqlang.
A) «Navqiron naslimiz sinov oldida» she’rida yoshlarning kelajagini ifodalab, ularni erk va baxt bergan vatanga munosib kishilar bo‘lishga chaqiradi.
B) «Maktab xususinda» deb nomlangan she’rida shoir maktabni millatning quyoshiga, guli va bog‘iga o‘xshatib ta’riflaydi.
C) Shoirning Hamza nomidagi respublika davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan «Tabiat alifbosi» turkumiga kirgan beshta to‘plami e’tiborlidir.
D) 1935-yilda dastlabki mashhur asarlaridan biri bo‘lgan «Mashinist» dostonini yaratdi.
Qissa janriga mansub asarlarni belgilang.
1) «Shum bola» 2) «Tirilgan murda» 3) «Yodgor» 4) «Mukofot» 5) «Tirilgan murda»
A) barchasi to‘g‘ri B) 1, 2, 3, 5
C) 1, 3, 4, 5 D) 2, 3, 4, 5
Berilgan masallardan nechtasi Nishotiy qalamiga mansub?
“
Shohboz va bulbul”, “Gul va Daf”, “Tulki va laylak”, “Binafsha va chang”
A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) barchasi to‘g‘ri
Mazkur asarlarning nechtasi dramatik turga mansub?
«Baxtli yoshlik», «Komandirning boshidan kеchirganlari», «Yosh vatanparvarlar», «Omonat», «Uch og‘ayni», «Qahramonning kelishi»,
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta 5 ta
G‘afur G‘ulom o‘zining qaysi she’rida fan va texnikani egallashni havas qilgan, qalbi qahramonlik ruhi bilan to‘lib-toshgan, cheksiz osmonga uchib, yulduzdan yulduzga o‘tishni orzu qilgan
zamonamizning ilg‘or yosh qahramoni tuyg‘ularini o‘g‘li misolida tarannum etadi?
A) «Bir g‘uncha ochilguncha»
B) «Siz mening yoshligimsiz»
C) «Yasha, deyman, o‘g‘lim!»
D) «Tongotar qo‘shig‘i»
Ahmad Yugnakiy asari berilgan qatorni aniqlang.
A) “Hikmatlar” B) “Hibat-ul haqoyiq”
C) “Savodi ta’lim” D) “Husn-u dil”
She’r berilmagan qatorni aniqlang.
A) «Bog‘imizda bir nok bor»
B) «Dalada bayram»
C) «Qahramonning kelishi»
D) «Qushlar haqida qo‘shiq»
«Navqiron naslimiz sinov oldida» she’rida yoshlarning kelajagini ifodalab, ularni erk va baxt bergan Vatanga munosib kishilar bo‘lishga chaqirgan shoir kim?
A) Hamza Hakimzoda Niyoziy B)
Abdulla Avloniy
C) Mahmudxo‘ja Behbudiy D) G‘afur G‘ulom
«Qurol bering menga ham», «Qahramonning kelishi», «Biz yashamoq istaymiz» she’rlari muallifini aniqlang.
A) Hamza Hakimzoda B) Shukur Sa’dulla
C) Quddus Muhammadiy D) Zafar Diyor
«Cho‘pon qizi», «Nojo‘yaliklar» asarlari janrini aniqlang.
A) hikoya B) drama C) doston D) ertak
«Ayyor it», «Chol bilan bo‘ri» asarlari muallifini aniqlang.
A) Hamza Hakimzoda B) Shukur Sa’dulla
C) Quddus Muhammadiy D) Zafar Diyor
Qaysi asarlar xalq og‘zaki ijodidagi ertaklar asosida yaratilgan?
A) «Jo‘natish», «Cho‘pon qizi», «Nojo‘yaliklar»
B) «Momaqaymoq», «Qoqi o‘t», «Asalari va Ahmadjon»
C) «No‘xatpolvon», «Laqma it», «Ayyor chumchuq»
D) «Katta tanaffusda», «O‘rtog‘imiz yo‘qoldi», «Uy vazifasi»