4-sinf «O‘qish» kitobida berilgan «Ola buzoq» she’ri muallifini aniqlang.
A) Quddus Muhammadiy B) Zafar Diyor
C) Shukur Sa’dulla D) G‘afur G‘ulom
Abdulla Avloniy qaysi rus adiblarining asarlarini o‘zbek tilida tarjima qilgan?
A) Pushkin, Nekrasov
B) Krilov, Tolstoy
C) Dostoyevskiy, Turgenev
D) Ostrovskiy, Lermontov
30-yillarda bolalar ijodkori sifatida nasriy asarlari bilan tanilgan yozuvchilar kimlar?
A)
Majid Fayziy, Dorjiya Oppoqova
B) Shukur Sa’dulla, Sulton Jo‘ra
C) Mahmuda Oqilova, Quddus Muhammadiy
D) Adham Rahmat, Ilyos Muslim
Quyidagilardan nechtasi Abdulla Avloniy qalamiga mansub asarlar sanaladi?
“
Turkiy guliston yoxud axloq”, “Birinchi muallim”, “Axloq hikoyalari”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Yengil adabiyot”, “Qiroat kitobi”
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta 5 ta
Kichik maktab yoshidagi bolalar kitobxonligi deganda, necha yosh oralig‘i nazarda tutiladi?
A) 2 – 7 yosh B) 10 – 16 yosh
C) 5 – 11 yosh D) 12 – 14 yosh
“Nay va Shamshod”, “Binafsha va Chang” masallari qaysi asarda keltirilgan?
A) “Zarbulmasal” B) “Hibat-ul haqoyiq”
C) “Savodi ta’lim” D) “Husn-u dil”
Bolalar adabiyotini dramatik asarlar bilan boyitgan ijodkorlarni toping.
A) Zafar Diyor, Shukur Sa’dulla
B) Qudrat Hikmat, Tolib Yo‘ldosh
C) Mahmuda Oqilova, Majid Fayziy
D) Adham Rahmat, Ilyos Muslim
Bolalar qo‘shiqlari keltirilgan javobni toping.
A) «Oq terakmi ko‘k terak», «Boychechak»
B) «G‘aldir»,«Yor-yor»,«Boychechak»
C) «Kelin salom», «Oq terakmi ko‘k terak»
D) «Alla», «Yalla»
Zafar Diyorning qaysi she’rlari 4-sinf «O‘qish» kitobida berilgan?
A) «Ona qo‘shig‘i», «Bizning oila»
B) «G‘unchalar», «Serquyosh o‘lka»
C) «Suv bilan suhbat», «Serquyosh o‘lka»
D) «Qahramon», «Suv bilan suhbat»
“Toshbaqa bilan chayon” masali qaysi adiblar ijodida uchraydi?
A) Gulxaniy, Avloniy B) Hamza, Gulxaniy
C) Avloniy, Hamza D) Gulxaniy, Navoiy
20-yillarda qaysi ijodkorlar kichkintoylar uchun yozgan asarlarida bolalarni yaxshi o‘qishga, ilm-fan nurlaridan bahramand bo‘lib, davrning haqiqiy o‘g‘il-qizlari sifatida kamol topishga targ‘ib etgan?
1) Fitrat 2) Cho‘lpon 3) Elbek 4) Botu 5) G‘afur G‘ulom 6) G‘ayratiy 7) Shokir Sulaymon 8) Oybek
A) 1, 2, 3, 5, 6, 8 B) 2, 3, 5, 6, 7, 8
C) 3, 4, 5, 6, 7 D) barchasi to‘g‘ri
Mamasoli Jumaboyevning fikricha, bu davr bolalariga “Tulki bilan turna”, “Arilarning g’azabi”, “Maqtanchoq quyon” ertaklarini o’qib berish tavsiya qilinadi. Bunda qaysi davr bolalari nazarda tutilgan?
A) Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar
B) Kichik maktab yoshidagi bolalar
C) O’rta va katta maktab yoshidagi bolalar
D) bu berilganlarning barchasi uchun xos
Ma’rifatparvarlikni bayroq qilib ko‘targan qaysi ijodkorlar tomonidan yozilgan darslik va qo‘llanmalarda bolalar hayoti, o‘qishi, axloq-odobi haqida materiallar beriladi?
A) Abdulla Avloniy, Hamza
B) Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori
C) Munis, Elbek, Botu D) A va B javoblar
Ahmad Yugnakiy asari berilgan qatorni aniqlang.
A) “Hikmatlar” B) “Hibat-ul haqoyiq”
C) “Savodi ta’lim” D) “Husn-u dil”
Berilgan masallardan nechtasi Nishotiy qalamiga mansub?
“
Shohboz va bulbul”, “Gul va Daf”, “Tulki va laylak”, “Binafsha va chang”
A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) barchasi to‘g‘ri
Mazkur asarlarning nechtasi dramatik turga mansub?
Do'stlaringiz bilan baham: