KIMYO
Variant-2
1. Kislotalarda metilzarg'aldog'i qanday ranga kiradi ?
A)qizil; B)sariq;
C)to'q qizil D)to'q sariq
2. Temir (III) gidroksoortofosfat molekulasidagi temir va fosfor atomlari soni qanday nisbatda bo‘ladi?
A) 3:5 B) 3:2 C) 1:1 D) 3:1
3. A + B = 2C ushbu reaksiyada C moddaning konsentratsiyasi 120 sekund davomida 0,4 M dan 0,6 M gacha ortgan bo‘lsa, A ning reaksiyaga kirishish o‘rtacha tezligini (mol/min) toping. (V=0,5 l)
A) 0,015 B) 0,1 C) 0,025 D) 0,2
4. . Sulfat angidrid
bilan qaysi gaz teng massada
aralashtirilsa, molyar massa 32 g/mol bo’ladi?
A) CO B) C2H2 C) HF D) CH4
5. Uchta teng hajmli idish olingan bo’lib, azot bilan
to’ldirilgan birinchi idishning massasi 30 g, kisorod bilan to’ldirilgan ikkinchi idishning massasi 31 g, noma’lum gaz bilan to’ldirilgan uchinchi idishning massasi esa 35 g ga teng bo’lsa, bo’sh idishning massasini (g) toping.
A) 23 B) 24 C) 25 D) 22
6. He, CO va noma’lum gaz aralashmasining geliyga
nisbatan zichligi 5 ga teng. Shu aralashmada He va CO teng hajmda, CO va noma’lum gaz teng massada bo‘lsa, no‘malum gazni toping.
A) O2 B) H2 C) N2 D) NH3
7. 177,5 ml (ρ= 1,2 g/ml) 40% li Na2SO4 eritmasi tarkibida erigan moddaning massasini (g) aniqlang.
A) 75,2 B) 80 C) 85,2 D) 89
8. 𝑋 𝑣𝑎 𝑌 atomlaridan hosil bo`lgan 𝑋2𝑌6 𝑣𝑎 𝑋𝑌4
birikmalarining 0,01 moldan olinganda massalari mos
ravishda 0,3 g va 0,16 g bo`lsa, X va Y ni nisbiy atom
massalarini aniqlang.
A) 𝑋 = 28; 𝑌 = 1 B) 𝑋 = 1; 𝑌 = 28
C) 𝑋 = 12; 𝑌 = 1 D) 𝑋 = 1; 𝑌 = 12
9. Quyidagi tuzlar orasidan o’rta tuz(lar)ni tanlang.
1) ichimlik sodasi, 2) ohaktosh, 3) malaxit, 4) kaustik soda,
5) achchiq toshlar, 6) osh tuzi, 7) kriolit, 8) angidrit,
9) silvinit, 10) potash, 11) silvin.
A) 1, 2, 6, 8, 10, 11 B) 2, 6, 8, 10, 11
C) 2, 3, 6, 8, 10, 11 D) 2, 6, 7, 8, 10, 11
10. Brom atomining kovalеnt radiusi 0,085 nm ga tеng. Agar vodorod atomining kovalеnt radiusi
0,05 nm ga tеng bo’lsa, brom molеkulasi va vodorod bromiddagi yadrolararo masofalarni aniqlang.
А) 0,258; 0,03 В) 0,114; 0,053
С) 0,17; 0,135 D) 0,117; 0,372
11. Teng hajmli idishlarning biriga 7∙NA dona suv molekulasi, ikkinchisiga 1,8∙NA dona, zichligi 1,4 g/ml bo’lgan modda to’ldirilgan. Noma’lum moddani aniqlang.
A) sulfat kislota B) nitrat kislota
C) sirka kislota D) chumoli kislota
12. Molekulalarni tarkibidagi σ-bog'lar soni kamayib borishi tartibida joylashtiring.
1) xlorat kislota; 2) gipoxlorit kislota;
3) perxlorat kislota; 4) xlorit kisiota.
A) 2, 1, 4, 3 B) 2, 4, 1, 3
C) 3, 1, 4, 2 D) 3, 4, 1, 2
13. A +B = C ushbu reaksiyada hajm 5 litr, A ning dastlabki miqdori 4 mol, B niki esa 3 molga teng. 10 sekunddan keyin C ning konsentratsiyasi 0,4 mol/l ga teng bo’ldi. Reaksiyaning o’rtacha tezligini (mol/l·s) aniqlang.
A) 0,04 B) 2
C) 0,2 D) 0,16
14. Hajmi 11,2 litr bo‘lgan idishda 0℃ da 28 g CO, 44 g CO2 bor. Idishdagi umimiy bosimni (atm) toping.
A) 4 B) 2 C) 1 D) 0,5
15. Oddiy moddalardan
tashkil topgan qatorlarni
aniqlang.
1) metan, ammiak, malaxit; 2) suv, fosfin, azot;
3) ozon, xlor, grafit; 4) azot, oq fosfor, marganes;
5) malaxit marmar, suv.
A) 1, 2 B) 3.5 C) 3, 4 D) 4, 5
16. MgSO4 ning taxir tuz deb nomlanuvchi kristallgidrati tarkibida 51,22% suv bo’lsa, shu kristallgidrat MgSO4∙nH20 dagi n ni toping.
A)2 B)3 C)4 D)7
17. Qaysi qatorda faqat nordon tuzlar formulasi yozilgan?
A) K2CO3, Ba(NO3)2, CuSO4
B) Al(OH)2NO3, CuOHBr, Mg(HSO3)2
C) Mg(HSO3)2, Ca(HCO3)2, Ca(HSO4)2
D) KCl, NaNO3, AgCl
18. AlCl3∙6H2O ning molekulyar og’irligi asosida ekvivalent massasini aniqlang.
A) 53,5 B) 98,5 C) 80,5 D) 241,5
19.
Ca(NO3)2 parchalandi, qolgan qoldiq tarkibida kalsiy va kislorod atomlar soni 1:4,6 nisbatda bo’lsa, reaksiya unumini (%) aniqlang.
A) 40 B) 80 C) 75 D) 70
20. 𝐼𝐼 𝑣𝑎𝑙𝑒𝑛𝑡𝑙𝑖 1,6 g metall oksidi xlorid kislota bilan ishlov berilganda 75% unum bilan 2,85 g tuz hosil bo’ldi. Metallni aniqlang.
A) magniy B) kalsiy C) stronsiy D) bariy
21. Orbital kvant soni 4 ga teng bo‘lgan
pog‘onachadagi 11-elektroni uchun magnit
va spin kvant sonlari yig‘indisini aniqlang.
A) +0,5 B) -1,5 C) 3,5 D) -2,5
22. H2SO4 va H3PO4 molekulalari uchun umumiy
bo’lmagan xususiyatlarni aniqlang.
1)markaziy atomning gibridlanish turi
2)markaziy atomning valentligi
3)bog’ hosil qilishda ishtirok etgan orbitallar soni
4)shu birikmalardagi markaziy atomning elektron
konfiguratsiyasi
5)markaziy atomning oksidlanish darajasi
A)1;4 B)2;5 C)1;3;4 D)2;3;5
23. Zichligi 1,18 g/ml bo’lgan 30% li foizli 0,7 l HNO3 eritmasidan uning 1 N li qanday hajmdagi eritmasini tayyorlash mumkin?
A) 1,78 B) 2,58 C) 3,93 D) 4,66
24. Oddiy moddalarda kimyoviy bog’larning qaysi turlari hosil bo’lishi mumkin?
1) ionli 2) qutbsiz kovalent 3) qutbli kovalent
4) metall 5) donor–akseptor 6) vodorod
A) 1,2,6 B) 2,4,5 C) 2,3 D) 1,5,6
25. 90 g temir(II) nitrat eritmasi tarkibida 12,9-Na ta atom bo‘lsa, eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang. (tuzning gidrolizlanishi hisobga olinmasin)
A) 20 B) 40 C) 25 D) 50
26. Bir tuzning xona temperaturasidagi to’yingan eritmasidagi massa uiushi 0,2 ga teng. Shu tuzning massa ulushi 0,3 bo’lgan 300 gr eritmasi uy temperaturasigacha sovutilganda, qancha (gr) tuz cho’kmaga tushadi.
A)37,5 B)82,5 C)50,0 D)85,2
27. Biror tuzning 80℃ dagi eruvchanlik koeffitsiyenti uning 20℃ dagi eruvchanlik koeffitsiyentidan 2,5 barobar ko’p. Agar shu tuzning 80℃ da to’yingan 300 g eritmasi 20℃ ga qadar sovutilganda 60 g tuz cho’kmaga tushishi ma’lum bo’lsa, shu tuzning 20℃ dagi eruvchanlik koeffitsiyentini aniqlang.
A) 50 B) 20 C) 30 D) 75
28. Quyidagi qaysi moddalar ta’sirlashganda faqat o’rta tuz hosil bo’ladi?
A) natriy gidroksid va vodorod sulfid
B) alyuminiy gidroksid va sulfat kislota
C) litiy oksid va xlorid kislota
D) kalsiy gidroksid va bromid kislota
29. 2,5 mol Xn( YO4 )m modda suvda eritilganda 48.16-1023 ta ion hosil bo‘ldi. Bu moddaning dissotsilanish darajasi 80 % bo‘lsa. n + m ni hisoblang.
A) 3 B) 8 C) 5 D) 4
30. Quyidagi qatorlardan qaysi biri ikkita kuchli va
bitta kuchsiz elektrolitdan iborat?
A) Na2SO4; NH4NO3; CaCl2
B) H2SO3; H2CO3; CH3COOH
C) BaCl2; NH4OH; Li2SO4
D) CH3COOH; NaOH; NH4OH