Ommabop (publisistik) uslub. Tashviqot-targ`ibot ishini olib borishda qo`llanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi – ommabop uslub. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so`z ko`p qo`llanadi. Nutq ta’sirchan bo`lishi uchun ta’sirchan so`z va birikmadan, maqol va hikmatli so`zdan keng foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo`lagi odatdagi tartibda bo`ladi, kesim buyruq va xabar maylidagi fe’l bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so`roq gap, yoyiq undalma, takroriy so`z va birikma unumli qo`llanadi: Azamat paxtakorlarimiz mo`l hosil yetishtirish uchun fidokorona mehnat qilishyapti.
Badiiy uslub. Badiiy asar badiiy uslubda bo`ladi. Bunday asar kishiga ma’lumot berish bilan birga, timsol (obraz) vositasida estetik ta’sir ham ko`rsatadi: O`lkamizda fasllar kelinchagi bo`lmish bahor o`z sepini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramon nutqini jonli berish oddiy nutq so`zi, sheva, vulgarizmdan ham foydalaniladi. Badiiy asar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so`zlashuv uslubiga, kitobiy uslubga xos o`rin ham uchraydi.
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari
1. So‘zning asl, tub ma’nosi yana qanday nomlanadi?
A) denotativ ma’no B) modal ma’no C) konnotativ ma’no D) leksik ma’no
2. So‘zning konnotativ ma’nosi…
A) asl, tub ma’no B) tag ma’no C) grammatik ma’no D) ko‘chma ma’no
3. Sinonimiya, so‘z, so‘z birikmasi va gapning qo‘shimcha ma’nosi qaysi bo‘limda o‘rganiladi?
A) leksikologiya B) morfologiya C) uslubiyat D) frazeologiya
4. Gaplardagi uslubiy (modal) mazmun qaysi vositalar orqali ifodalanadi?
A) undalma, kirish so‘z, sinonimlar B) frazeologik birliklar, gaplar C) barcha javoblar to‘g‘ri D) shevaga xos so‘zlar, biror kasbga oid so‘zlar
5. So‘zlashuv nutqining o‘ziga xos xususiyatlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) so‘zlar tarkibi erkin bo‘ladi B) fikr so‘zga mantiqiy urg‘u berish bilan ifodalanadi C) jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘ladi D) barcha javoblar to‘g‘ri
6. Yozma nutq uslublari necha xil bo‘ladi?
A) 4 B) 3 C) 5 D) 6
7. Qaysi nutq uslublari ma’lum bir fonetik, leksik, grammatik qonuniyatlarga asoslanadi?
A) rasmiy ish qog‘ozlari uslubi B) ilmiy uslub C) so‘zlashuv uslubi D) A, B
8. Qaysi uslub shaxslar bilan shaxslar orasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi?
A) badiiy uslub B) rasmiy uslub C) ilmiy uslub D) so‘zlashuv uslubi
9. Qisqalik, aniqlik, soddalik qaysi uslubning bosh belgilari hisoblanadi?
A) so‘zlashuv uslub B) rasmiy uslub C) ommoviy uslub D) badiiy uslub
10. Qaysi uslubda so‘zlar ko‘chma ma’noda ishlatilmaydi?
A) so’zlashuv uslubi B) ommaviy uslub C) badiiy uslub D) rasmiy uslub
Do'stlaringiz bilan baham: |