Darsda foydalaniladigan jihozlar: 8-sinf darsligi, ko’rgazmali qurollar, kompyuter,
mavzuga oid slaydlar, yopishqoq belgilar (stiker),marker .
DARS REJASI
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
2
|
3
|
I.
|
Tashkiliy qism
|
2daqiqa
|
II.
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
III.
|
Yangi mavzu bayoni, guruhlarda ishlash
|
20 daqiqa
|
IV.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
8 daqiqa
|
V.
|
Dars yakunlash, o`quvchilarni baholash
|
3 daqiqa
|
VI.
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
-- salomlashish, davomatni aniqlash;
-- siyosiy va ma’naviy daqiqa o’tkazish.
-- O’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish
-- xona ozodaligiga e’tibor berish
II. O’tilgan mavzuni so’rash
Insho nima?
Ikki o’quvchining ayni bir mavzuda yozgan inshosida qanday o’xshashlik va qanday umumiyliklar bo’lishi mumkin?
Ta’limiy insholar qanday yoziladi?
Sinov insholari qaysi vaqtlarda yoziladi?
37-mashq “Onajonim-mehribonim” mavzusida yozgan inshosini tekshirib, o’quvchilar bilan muhokama qilish
Bilib oling! Insho arabcha so’z bo’lib, “yaratish”, “bino qilish”, “qurish” ma’nosini beradi. Hozirgi tilimizda bu so’zning ma’nosi ancha torayib, asosan, o’quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan “ijodiy yozma ish” ma’nosida qo’llaniladi.
III. Yangi mavzu bayoni:
Adabiy mavzudagi insholar
Adabiy-ijodiy mavzudagi insholar
Erkin mavzudagi insholar
38-mashq. Adabiyot darslarida yaqin kunlarda o’tilgan biror badiiy asar bo’yicha adabiy mavzudagi insho mavzularni tuzing.
39-mashq. O’zingiz yoqtirgan biror badiiy asar asosida adabiy-ijodiy mavzudagi insho uchun bir mavzu tanlang. Shu mavzuga murakkab reja tuzing.
40-mashq. “Insho turlari , ularning bir-biridan farqi” mavzusida ilmiy matn tuzing.
IV. Mavzuni mustahkamlash.
Insho nima? Hozirgi tilimizda insho so’zi qanday ma’noda qo’llanadi?
Inshoda uni yozgan
V. O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish.
Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar va guruhlar rag’batlantiriladi va baholanadi.
VI. Uyga vazifa.
37- mashq. “Onajonim- mehribonim” mavzusida insho yozing.
Sana:________________ Imzo:_______________O’IBDO’:________________________
Sana: 26-sentabr 2018-yil
Sinf: 8
Fan: ona tili
Mavzu: Adabiy va adabiy – ijodiy mavzulardagi insholar
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga adabiy va adabiy-ijodiy mavzudagi insholar haqida ma’lumot berish. Ularning qo’llanishi yuzasidan ilmiy ko’nikma hosil qilish.
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash,ona Vatanga muhabbat hissini kamol toptirish, insoniy fazilatlar, ijobiy xislatlarni tarbiyalash, o’quvchilar o’rtasida hamkorlik,o’zgalar fikrini tinglash, jamoada o’zini tutish ko’nikmasini shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilar og’zaki va yozma nutqini o’stirish, husnixat bilan yozish ko’nikmasini oshirish, xotira mustahkamligiga erishish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, chuqur mulohaza yuritishga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi.
Darsda foydalaniladigan usullar: “ Guruhlar bellashuvi”, ,,Klaster” kabi usullar.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: 8-sinf darsligi, ko’rgazmali qurollar, kompyuter,
mavzuga oid slaydlar, yopishqoq belgilar (stiker),marker .
DARS REJASI
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
2
|
3
|
I.
|
Tashkiliy qism
|
2daqiqa
|
II.
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
III.
|
Yangi mavzu bayoni, guruhlarda ishlash
|
20 daqiqa
|
IV.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
8 daqiqa
|
V.
|
Dars yakunlash, o`quvchilarni baholash
|
3 daqiqa
|
VI.
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
-- salomlashish, davomatni aniqlash;
-- siyosiy va ma’naviy daqiqa o’tkazish.
-- O’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish
-- xona ozodaligiga e’tibor berish
II. O’tilgan mavzuni so’rash
Insho nima?
Hozirgi tilimizda insho so’zi qanday ma’noni anglatadi?
Insholar necha turli ko’rinishda bo’ladi?
Ta’limiy insholar qanday yoziladi?
41-mashq. Xalq dostonlaridan biriga aloqador bo’lgan mavzu tanlang, reja tuzib insho yozish edi. Yozgan insholarni o’qib, o’quvchilar bilan birgalikda muhokama qilish.
Bilib oling! Muayyan badiiy asar yoki undagi qahramonlar haqidagi insho adabiy mavzudagi inshodir. Bnday mavzudagi inshoda biror asar yoki qahramonlar taqdiri tahlil qilinadi.
III. Yangi mavzu bayoni:
Bilib oling! Adabiy-ijodiy mavzudagi inshoda biror badiiy asar va unda ishtirok etuvchi qahramonlar taqdirini tahlil qilishda o’quvchi o’z mustaqil fikri bilan yondashadi. Ya’ni adabiy-ijodiy inshoda ijodiy fikrlashga katta e’tibor beriladi. Bu insho turning adabiy mavzudagi inshodan farqi ham ana shunda.
42-mashq. Guruhlarga bo’linib, biror badiiy asar bo’yicha insho mavzulari tuzing. Shulardan bitta mavzuning mufassal rejasini shakllantiring. Buning uchun dastlab qanday bilimlar zarurligini esga oling.
43-mashq. O’zingiz yoqtirgan biror badiiy asar asosida adabiy-ijodiy insho uchun mavzular tanlang. Shu mavzular bo’yicha murakkab reja asosida insho yozing.
44-mashq. Quyida adabiy va adabiy-ijodiy insholarning mavzulari aralash holda berilgan. Ularni ajratib yozing.
Adabiy insholar adabiy-ijodiy inshol
“Alpomish” dostonida qahramonlik tasviri 1. A. Qodiriy- tarixiy romanlar ustasi
“Sen yetim emassan” she’ridan olgan taassurotlarim. 2. Men sevgan adib
“Mehrobdan chayon” romanida xonlik tuzumi illatlarining fosh etilishi 3. H. Olimjon – lirik shoir
4. A.Qahhor – kichik hikoyalar ustasi
5. Zulfiya – men sevgan shoira.
45-mashq. Yuqoridagi mavzulardan birini tanlab, murakkab reja tuzing.
IV. Mavzuni mustahkamlash.
adabiy mavzudagi inshoda nimalar tahlil qilinadi? Misol keltiring
adabiy- ijodiy mavzudagi inshoga qanday yondashiladi? Uning adabiy mavzudagi inshodan farqi nimada?
V. O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish.
Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar va guruhlar rag’batlantiriladi va baholanadi.
VI. Uyga vazifa.
46- mashq. Adabiyot darslarida yaqin kunlarda o’tilgan asar asosida adabiy-ijodiy mavzu tanlang. Reja tuzib
Sana:________________ Imzo:_______________O’IBDO’:________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |