Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik



Download 87,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/107
Sana25.11.2022
Hajmi87,19 Mb.
#872278
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   107
Bog'liq
Ona tili 7-sinf -164

131
Egalik shakli shaxs, narsa, voqea-hodisa, o‘rin-joyning qaysi shaxs va songa qa-
rashli ekanini bildiradi. Masalan, 
mening nutq
im
, sening ovoz
ing
, sizning muvaffaqiyat-
lar
ingiz
.
Fe’l shakllariga qo‘shilgan egalik qo‘shimchalari bajaruvchining shaxsi va soni haqi-
da ma’lumot beradi. Masalan: 
o‘qigan
im
 o‘zimga foyda.
Berilgan so‘zlarga egalik qo‘shimchasini qo‘shib, o‘zi bog‘lanib kelishi mumkin bo‘lgan 
so‘zlar bilan birgalikda yozing.
Namuna
so‘z+i: otamning so‘zi; yutuq+i: do‘stimning yutug‘i (yutuqi emas!).
gap
ovoz
og‘iz
hayajon
xato
yutuq
Tilak, o‘roq, do‘stlik
singari so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda ko‘p hollarda 
asos qismning oxirgi 
k, q
tovushi 
g
va 
g‘
tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: 
tilagi, so‘rog‘i, yoshligi
kabi. 
Bo‘g‘iz, o‘g‘il
kabi ikkinchi bo‘g‘inida 
i
unlisi ishtirok etgan aksariyat so‘zlarga egalik 
qo‘shimchasi qo‘shilganda o‘sha i unlisi tushib qoladi va shunday yoziladi: 
bo‘g‘zi, o‘g‘li 
kabi. 
Nutq, erk, axloq, huquq, idrok, ishtirok
singari ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik 
qo‘shimchalari qo‘shilganda asos qismda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Buni 
tallafuzdan ham bilib olish mumkin.
Partadoshingiz bilan viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa, istirohat bog‘larining 
nomini yozib chiqing. Qani, boshladik!
Toshkent shahri, ‘‘Ashxobod’’ bog‘i.
Ayting-chi, ulardagi i egalik qo‘shimchasi qarashlilikni bildiryaptimi?
Ba’zan III shaxs egalik qo‘shimchasi qarashlilikni emas, 
xoslik
ma’nosini ifodalab 
keladi. Bunda oldingi so‘z bosh kelishikda qo‘llanadi, -ning qo‘yib bo‘lmaydi.
Navoiy viloyati (Navoiyning viloyati emas, Navoiy nomli viloyat), futbol o‘yini
(futbolning o‘yini emas, futbol nomli o‘yin), “KIA” kompaniyasi (“KIA”ning kompaniyasi 
emas, “KIA” nomli kompaniya)


132
Berilgan so‘zlarning talaffuzi hamda imlosiga e’tibor bering. Qaysi birini to‘g‘ri deb 
hisoblaysiz, ko‘chirib oling.
Sinfdoshlaringiz tayyorlab kelgan audiomatnlarni tinglang. Ularni tahlil qilishda faol 
ishtirok eting. 
o‘rtoqim
o‘rtog‘im
og‘zim
og‘izim
ko‘nglim
ko‘ngilim
idrogim
idrokim
shaharim
shahrim
o‘rnim
o‘rinim
yurakim
yuragim
istakim
istagim
Havola orqali “Yosh kitobxon” tanlovi ishtirokchilarining televideniyedagi 
chiqishlarini kuzating. Ular nutqiga o‘z munosabatingizni yozing. 
Matningizda kimning nutqini kuzatganingiz, u so‘zlagan nutqning 
sizga yoqqan tomonlari hamda kamchiliklari haqida dalillar to‘plang. 
Munosabatingizni gapirib berishga tayyorlaning.
Uyda tahlil qilgan nutqingiz yuzasidan o‘z munosabatingizni bildiring. Quyidagilarga 
rioya qiling:
Kimning nutqini tahlil qilganingiz 
(ishtirokchi haqidagi ma’lumotlar).
Ishtirokchining nutqidagi yutuqlar.
Ishtirokchining nutqidagi kamchiliklar.
Taklif va tavsiyalaringiz hamda yakuniy 
xulosangiz.
Nutqingizdagi kamchiliklar ustida ishlang. O‘zingiz yoqtirgan suxandon, 
radioboshlovchi yoki jurnalistning nutqini kuzating. Unutmang, nutqiy ravonlik tinimsiz 
mashqlar orqali yuzaga keladi.

Download 87,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish