Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik



Download 17,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/173
Sana03.07.2023
Hajmi17,27 Mb.
#953535
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   173
Bog'liq
10-sinf ona tili 2022

63
15-dars
MUSTAHKAMLASH
IXTIROCHI AVTOGIGANTLARGA QARSHI
Oynaartkichlar avtomobillarning muhim qismlaridan bo‘lib, uning “otasi” amerikalik 
Robert Kyorns sanaladi. Biroq olim ixtironi o‘ziniki qilib olishi uchun juda 
uzoq
yelib-yugur-
ishiga to‘g‘ri keladi. Bu voqea mualliflik 
huquqi uchun kechgan eng mashhur ku-
rashlardan biri bo‘lib tarixga kirgan.
1953-yilda Robert uylanadi. To‘y 
bazmida shampan shishasini ochish 
chog‘ida bir ko‘zini shikastlab oladi: shi-
sha tiqini uning ko‘ziga kelib uriladi. Shun-
dan so‘ng Robert avtomobilni boshqar-
ishda qiyinchilikka duch kela boshlaydi. 
Ayniqsa, yomg‘irli kunlarda unga havas 
qilib bo‘lmasdi.
1962-yilda olim yomg‘irli kunda avto-
mobil boshqaradi. O‘sha paytlarda avto-
mobil oynasini artuvchi maxsus cho‘tkalar 
to‘xtovsiz
harakatlanar va bu haydovchiga 
noqulaylik
keltirib chiqarar edi. O‘sha onda Robert Kyorns oynaartkichlar inson kipriklari 
singari, ya’ni to‘xtab-to‘xtab ishlashi kerakligini anglab yetadi. Uyiga kelib, yerto‘lasiga kirib 
ketadi va olamshumul ixtiroga qo‘l uradi. 1964-yilda yangicha oynaartkichga patent oladi.
Tabiiyki, ixtirochi bu yangiligi ortidan katta mablag‘ga ega bo‘lishni ham maqsad qila-
di. Axir o‘n minglab transport vositalarida endi Robert Kyorns yasagan oynaartkichdan 
foydalanilishi kutilmoqda. Olim ishga kirishadi: o‘z ixtirosi haqida o‘sha paytdagi yirik avto-
mobil kompaniyalariga xabar jo‘natadi, ishlash prinsipini tushuntiradi, shartnoma tuzishga 
rozi ekanini bildiradi. Biroq barcha takliflariga rad javobini oladi. 
1969-yildan avtomobillar Kyorns ixiro qilgan oynaartkichlar bilan chiqa boshladi. 
Olimning taklifini rad etgan kompani
-
yalar bu ishga muallif ruxsatisiz qo‘l 
urishgan edi. Ixtirochi darrov avtokom-
paniyalarga murojaat qildi – ular olim-
ni eshitishni xohlashmadi. Bir necha 
yillik sarsongarchilikdan so‘ng Rob-
ert Kyorns “Ford”, keyinroq “Kraysler” 
kompaniyalari ustidan sudga arz qildi. 
“Ford” kompaniyasi bilan 12 yil, “Krays-
ler” bilan 10 yil davom etgan sud ja-
rayonlari Robert Kyorns g‘alabasi bilan 
yakunlandi. Uzoq yillik sudlashuvda 
ixtirochi tom ma’noda yolg‘iz harakatlandi. Aksar advokatlar bu ishda ishtirok etishdan 
bosh tortishdi, kamiga, bu ishlardan charchagan turmush o‘rtog‘i ham uni tashlab ketdi. 
Biroq hech kim va hech narsa olimni oxirigicha kurashishdan qaytara olmadi. Uzoq davom 
etgan kurashdan so‘ng ixtirochi sud hukmi bilan “Ford”dan 10 ming, “Kraysler”dan esa 30 
ming dollar miqdoridagi tovon pulini qabul qilib oldi.
Mansur Siddiqov

Download 17,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish