101
Topshiriq.
Matnni o‘qing. Keltirilgan dalillar asosoda bugungi savodxonlik darajasi
borasida bahs-munozara uyushtiring.
28-dars
Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘tgan asrda rasman 2976
tilni qayd
etgan bo‘lsa-da, sohaning yetakchi mutaxassislari hozirgi paytda jami
6809 ta til mavjud ekanligini ta’kidlashmoqda. 2005-yilda tuzilgan YUNESKO ro‘yxati
6912 tilni qamrab oladi. Dunyodagi eng katta tillar olinadigan bo‘lsa, statistik ma’lumot-
larga ko‘ra, 200 tilning har birida 1 milliondan ortiq, 70 tilning har birida 5 milliondan ortiq,
faqat 13 tilning har birida 50 mlndan ortiq kishi muloqot qiladi.
Til moddiy, ma’naviy merosni saqlash
va boyitishning eng kuchli
vositasi hisoblanadi. YUNESKO hisob-kitobiga ko‘ra, mavjud 7 mingga
yaqin tilning yarmi joriy asrda o‘zining oxirgi sohiblaridan ajralishi mumkin. Ba’zi fara-
zlarga ko‘ra, asr oxiriga kelib mavjud tillarning 95 foizi o‘lik tilga aylanadi. Har
oyda dunyo
miqyosida ikkitadan til o‘layotganligi – dahshatli hodisa!
YUNESKOning 2017-yil 15-iyundagi xabariga ko‘ra, o‘lim yoqasida
turgan 2,5 ming tildan 15 tasi Markaziy Osiyo xalqlariga to‘g‘ri keladi. Jumladan,
Markaziy Osiyo
arablari tili, Buxoro-Samarqand yahudiylari tili, Markaziy Osiyo lo‘lilari (pa-
ryo) tili O‘zbekiston hududidagi o‘layotgan tillardir.
O‘lik tilga aylanayotgan tillarni saqlab qolish insoniyat oldidagi o‘tkir muammolardan.
Shuning uchun 1999-yil 17-noyabrda YUNESKO Bosh Anjumani 21-fevralni Xalqaro ona tili
kuni (Международный день родного языка, International mother languare day) sifatida
e’lon qilib, 2000-yilning fevralidan boshlab bu
sana har yili lisoniy, madaniy taraqqiyot va
ko‘p tillilikni ta’minlashga ko‘mak berish maqsadida nishonlab kelinadi.
Til nega o‘ladi? Chunki odamlar undan foydalanmay qo‘yishadi, keng
qo‘llanishdagi va „obro‘li“ tillarga ustuvorlik berilishi natijasida bolalar bu tilda ta’lim
olmaydi. Tillar ham odamlarga o‘xshaydi: yonma-yon
yashaydi, bir-biriga ta’sir qiladi, o‘zga-
radi – rivojlanadi. Ammo taraqqiyot tezlashishi natijasida dunyoning yagona axborot ma-
koniga aylanib borishi tillar taqdirida ham katta rol o‘ynaydi. Masalan, o‘tgan ming yillikda
dunyo tillarining 500 tasi o‘lik tilga aylangan bo‘lsa, oxirgi yuz yillikda esa 1000 ta til tarix
qa’riga singib ketdi.
Yuqorida
aytilganidek, tillar xavfsizligi alifbo-imlo, ko‘p sonli so‘zlashuvchilarga ega-
lik, davlat tili maqomi va axborot-kommunikatsiyalari sohalari, Internet tili ekanligi omillari
bilan ta’minlanadi. Bular tillar yashovchanligi uchun yaxlit mezondir. Albatta, bizning ona
(o‘zbek) tilimizning ham o‘z alifbo va imlosiga, davlat tili maqomiga egaligi, 30 milliondan
ortiq so‘zlashuvchisi borligi kishini xushnud qiladi. Biroq achchiq bo‘lsa-da, ta’kidlash ker-
akki, uning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internet tili darajasiga ko‘tarilmayot-
ganligi va, ayniqsa, bu borada hech qanday na nazariy, na amaliy va na tashkiliy ishlar olib
borilmayotganligi uning ham mazkur xavfdan butkul xoli emasligini ko‘rsatadi.
Baxtiyor Mengliyev,
filologiya fanlari doktori, professor
Do'stlaringiz bilan baham: