63
15-dars
MUSTAHKAMLASH
IXTIROCHI AVTOGIGANTLARGA QARSHI
Oynaartkichlar avtomobillarning muhim qismlaridan bo‘lib, uning “otasi” amerikalik
Robert Kyorns sanaladi. Biroq olim ixtironi o‘ziniki qilib olishi uchun juda
uzoq
yelib-yugur-
ishiga to‘g‘ri keladi. Bu voqea mualliflik
huquqi uchun kechgan eng mashhur ku-
rashlardan biri bo‘lib tarixga kirgan.
1953-yilda Robert uylanadi. To‘y
bazmida shampan shishasini ochish
chog‘ida bir ko‘zini shikastlab oladi: shi-
sha tiqini uning ko‘ziga kelib uriladi. Shun-
dan so‘ng Robert avtomobilni boshqar-
ishda qiyinchilikka duch kela boshlaydi.
Ayniqsa, yomg‘irli kunlarda unga havas
qilib bo‘lmasdi.
1962-yilda olim yomg‘irli kunda avto-
mobil boshqaradi. O‘sha paytlarda avto-
mobil oynasini artuvchi maxsus cho‘tkalar
to‘xtovsiz
harakatlanar va bu haydovchiga
noqulaylik
keltirib chiqarar edi. O‘sha onda Robert Kyorns oynaartkichlar inson kipriklari
singari, ya’ni to‘xtab-to‘xtab ishlashi kerakligini anglab yetadi. Uyiga kelib, yerto‘lasiga kirib
ketadi va olamshumul ixtiroga qo‘l uradi. 1964-yilda yangicha oynaartkichga patent oladi.
Tabiiyki, ixtirochi bu yangiligi ortidan katta mablag‘ga ega bo‘lishni ham maqsad qila-
di. Axir o‘n minglab transport vositalarida endi Robert Kyorns yasagan oynaartkichdan
foydalanilishi kutilmoqda. Olim ishga kirishadi: o‘z ixtirosi haqida o‘sha paytdagi yirik avto-
mobil kompaniyalariga xabar jo‘natadi, ishlash prinsipini tushuntiradi, shartnoma tuzishga
rozi ekanini bildiradi. Biroq barcha takliflariga rad javobini oladi.
1969-yildan avtomobillar Kyorns ixiro qilgan oynaartkichlar bilan chiqa boshladi.
Olimning taklifini rad etgan kompani
-
yalar bu ishga muallif ruxsatisiz qo‘l
urishgan edi. Ixtirochi darrov avtokom-
paniyalarga murojaat qildi – ular olim-
ni eshitishni xohlashmadi. Bir necha
yillik sarsongarchilikdan so‘ng Rob-
ert Kyorns “Ford”, keyinroq “Kraysler”
kompaniyalari ustidan sudga arz qildi.
“Ford” kompaniyasi bilan 12 yil, “Krays-
ler” bilan 10 yil davom etgan sud ja-
rayonlari Robert Kyorns g‘alabasi bilan
yakunlandi. Uzoq yillik sudlashuvda
ixtirochi tom ma’noda yolg‘iz harakatlandi. Aksar advokatlar bu ishda ishtirok etishdan
bosh tortishdi, kamiga, bu ishlardan charchagan turmush o‘rtog‘i ham uni tashlab ketdi.
Biroq hech kim va hech narsa olimni oxirigicha kurashishdan qaytara olmadi. Uzoq davom
etgan kurashdan so‘ng ixtirochi sud hukmi bilan “Ford”dan 10 ming, “Kraysler”dan esa 30
ming dollar miqdoridagi tovon pulini qabul qilib oldi.
Mansur Siddiqov
Do'stlaringiz bilan baham: |