Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik



Download 17,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/173
Sana03.07.2023
Hajmi17,27 Mb.
#953535
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   173
Bog'liq
10-sinf ona tili 2022

U shu chog‘gacha nimaga erishdi?
Tunbergning aytishicha, “Kelajak uchun juma” chiqishlari paytida 50 dan ortiq 
mamlakatda 1,5 milliarddan ortiq odam uning noroziligiga qo‘shilgan. Jami 123 ta 
mamlakatda 2 ming martaga yaqin norozilik chiqishlari o‘tkazilgan. Natijada “i-D” jurnali 
Greta Tunbergni “Avlod ovozi” deb atay boshladi, “Time” jurnali esa uni 2019-yilning 100 
nafar eng ta’sirli odami ro‘yxatiga qo‘shdi. Qiz haqida “The Guardian”, “New Yorker” hamda 
boshqa eng nufuzli nashrlar yozdi.
Hozirda esa 16 yoshli shved qizi Nobel mukofotiga tavsiya qilinmoqda. Aytish joizki, 
Greta Tunberg nafaqat iqlim muammolari, balki bolalar huquqi borasida ham keng ko‘lamli 
ishlarni amalga oshirmoqda. U bolalarning ham o‘z fikri borligini kattalar hurmat qilishi 
kerakligi va bolalar o‘zi uchun muhim deb bilgan narsalarni baralla aytishlari lozimligini 
ta’kidlagan.
23-sentabr kuni Greta Tunbergning BMT bosh 
konferensiyasida
nutq so‘zlashi juda 
katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Uning nutqidagi asosiy tezislar quyidagidir: “Katta avlod 
yolg‘on-yashiq va vaqtinchalik hoy-u havasga berilgan, aslida esa tabiat haqida hech kim 
qayg‘urayotgani yo‘q; shu sababli endilikda yoshlar “kallasi katta” siyosatchilarga ishonishda 
davom etmoqchi emas”.
“Men shunchaki bu muammoning yuziman va shu sababli barchaning nafrati menga 
qaratilgan. Men aslida hech qanday yangi gap aytayotganim yo‘q. Men shunchaki olimlar o‘n 
yillardan beri bong urayotgan muammoga hammaning e’tiborini qaratmoqchiman. Albatta, 
men bu muammo bilan shug‘ullanishga yoshlik qilaman. Lekin bu muammo bilan hech 
kim shug‘ullanmayotgani va kelajak xavf ostida qolayotgani uchun men o‘z noroziliklarimni 
davom ettirish kerakligini his qilmoqdaman”, – dedi Greta.
daryo.uz: Muzaffar Qosimov



Download 17,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish