183
55.2-mashq.
Matn mazmunidan kelib chiqib, quyidagi savollar yordamida fikr-
mulohazalaringizni bildiring.
1.
Bu kitob nima uchun “Qizil kitob” deb nomlangan? Uning paydo bo‘lish sababini bayon eting.
2.
Nima sababdan yer yuzidagi o‘simlik va hayvon turlari kamayib ketmoqda?
3.
O‘simlik va hayvonlar himoyasiga bag‘ishlangan qanday badiiy asarlarni o‘qigansiz va
filmlarni tomosha qilgansiz?
4.
Ekoolamni asrab qolish uchun nimalar qilish kerak?
5.
Tilimizdagi muloqot jarayonidan chiqib ketayotgan so‘zlar uchun “Qizil kitob” tuzish kerak
emasmi? Bunga munosabatingizni ibildiring.
TALAFFUZ VA IMLOSI BIR-BIRIDAN FARQ QILADIGAN QO‘SHIMCHALAR
1.
Tarkibida [u] unlisi ishtirok etgan bir bo‘ginli so‘zlarga
-ir, -il, -ib
kabi [i] unlisi bilan
boshlanuvchi qo‘shimchilar qo‘shilganda
-ur, -ul, -ub
tarzida talaffuz qilinsa-da, yozuvda asliga
muvofiq yoziladi:
tushurmoq
-
tushirmoq
,
quvulmoq
-
quvilmoq
,
tug‘ulmoq – tug‘ilmoq, urunmoq
– urinmoq, uzub olmoq
–
uzib olmoq
2. Hozirgi
zamon
-yap
qo‘shimchasi undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilib,
-ayap
holida talaffuz qilinsa ham,
-yap
yoziladi:
kelayapti
-
kelyapti
,
borayapman
-
boryapman
Nutqiy vaziyatlarda turli kishilar bilan muloqot qilish so‘z, fikr egasidan alohida
talabchanlikni, so‘zga nisbatan hisobdorlikni, nozik fahm-farosatni, yuksak ma’naviyatni,
chechanlikni, so‘zamollikni talab etadi. Ya’ni bir mazmundagi fikrni suhbatdoshning yoshi, jinsi,
nutq vaziyatidan kelib turli ifoda shakllarida bayon etishni taqozo etadi. Shuning uchun ham
ayol kishilar va erkak kishilar bilan, o‘zidan yoshi katta va kichiklar bilan, tanish va notanish
kishilar bilan muloqot qilish bir-biridan farq qiladi.
55.3-mashq.
Berilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni o‘qing. Ularni o‘zlashtirma
gapga aylantirganda, qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishini ayting.
1. “Qush bo‘lib osmonda uchma, toshbaqa bo‘lib yerda sudralma! Daraxt bo‘l. Boshing
osmonda, ildizing yerda bo‘lsin”, – deb yozgandi O‘tkir Hoshimov.
2. Uorren Baffetdan shunday fikr qolgan: “Kimdir hozir salqin daraxt tagida dam olib
o‘tiribdi, chunki bir necha yil oldin shu daraxtlarni ekib qo‘ygan".
3. “O‘zingizni daraxt deb biling. Agar odamlar sizga tosh otsa, siz ularni mevalaringiz
bilan siylang”, – deyiladi hadislardan birida.
4. “Daraxt kabi bo‘ling, – deydi donolar, – to‘kilmoqchi bo‘lgan barglarni ketishiga izn
bering”.
5. Psixologlar: “Hozirgi turgan joyingiz yoqmayotgan bo‘lsa, harakat qiling. Siz daraxt
emassiz”, – deya maslahat beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |