C. Savod o’rgatishda o’quvchining o’qish va yozishni bila olishi, gaplarni ifodali qilib o’qiy olishi hisobga olinadi.
D. Savod o’rgatishda o’quvchining xotirasi, tovush va harflarni taniy olishi, bug’inlab o’qiy olishi asos qilib olinadi.
117. Analitik-sintetik tovush metodi savod o’rgatishga tashkiliy tomondan qanday yondashadi?
A. Tashkiliy tomondan 2 davrga bo’linadi, alifbegacha tayyorgarlik davri, alifbe davri, yozuvga va o’qishga o’rgatish parallel olib boriladi.
B. Tashkiliy tomondan, 3 davrga bo’linadi, oldin o’qishga, so’ng yozuvga o’rgatiladi, oldin kichik, so’ng bosh harf yozdiriladi.
C. Savod o’rgatish yakka tartibda olib boriladi.
D. Tashkiliy tomondan savod o’rgatish aprelgacha davom etadi, 3 bosqichga bo’linadi, harf-tovush o’rganilmaydigan bosqich, unli tovush va harf o’rganiladigan bosqich alifbo bosqichlariga bo’linadi.
118. Bolalarning savod o’rgatishga tayyorgarligini hisobga olish qaysi javobda batafsil bayon qilingan?
A. O’qish ko’nikmasi, yozuv ko’nikmasi, og’zaki bog’lanishli nutqi.
B. Yozuv ko’nikmasi, o’qish ko’nikmasi
C. Og’zaki bog’lanishli nutqi, kam yo ko’p she’rni yod biladi, 2 yoki 3 ertakni biladi, tortinib yoki tortinmay ayta oladi, matnga yaqinlashtirib aytib beradi, harflarni yoki so’z va gapni o’qiy oladi.
D. Yozuv ko’nikmasi: harflarni bosma shakli yoki yozma shaklini yoza oladi, o’z ismini yoza oladi, barcha gaplarni yoza oladi, so’z va gapni o’qiy oladi.
119. Savod o’rgatish mashqlarining turlari qaysilar?
A. Analiz mashqlari. Sintez mashqlari, artikulyatsiya va burro talaffuz mashqlari.
B. Matnni gaplarga ajratish mashqlari, bo’g’inlarni tovushlarga ajratish mashqlari.
C. Tovush harf tahlili mashqlari
D. To’g’ri va burro tallafuz mashqlari.
120. Savod o’rgatish jarayonida o’quvchilar amaliy o’zlashtiradigan bilimlar sistemasi berilgan javobni belgilang.
A. Grammatika va imlodan ayrim materiallarni amaliy o’zlashtiradilar. Gaplarni atoqli otlarni bosh harf bilan yozishni. So’zlarning talaffuzi bilan yozilishini taqqoslash orqali ayrim harflar imlosini o’zlashtiradilar. O’quvchilar jarangli va jarangsiz undoshlar”, “o’zakdosh so’zlar” mavzusini o’zlashtirishga tayyorlanadi.
B. To’g’ri yozuvga o’rgatuvchi imloviy bilimlarni amaliy o’zlashtiradilar.
C. So’zlarni ajratib, qo’shib yozishni, chiziqcha bilan yozishni o’zlashtiradilar.
D. So’zlarni, gaplarni, matnni orfoepik to’g’ri o’qiy olishi, tahlil qilingan 2-3 ta gapni yoddan yoza olishni
121. Grafik (yozuv) malakalarini shakllantirish bosqichlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A. Qisqa va uzun qiya chiziq, to’g’ri tayoqchalarni chizish, chamalashga o’rgatish, harf elementlarini yozish, bosh va kichik harflarini yozish, harf birikmalarini, bo’g’in, so’z yozish.
B. Partada to’g’ri o’tirish, daftarni partada 250 qiyalikda qo’yish, ruchkani uch (3) barmoq orasida ushlash, yozuvni mashq qilish.
C. Alfavitdagi unli harflarni, undosh harflarni, bo’g’in, so’z yozish.
D. Xarf elementlarini yozish, tahlil qilingan ikki – so’zli gapni o’qituvchi yordamida yozish, talaffuzi yozilishidan farq qilmaydigan so’zlarni ko’chirib yozish, diktovka bilan yozish.
122. Yozuv darsida o’quvchilar egallaydigan amaliy imloviy bilimlar majmui ko’rsatilgan javobni belgilang.
A. Talaffuzi yozilishidan farq qilmaydigan so’zlarni to’g’ri yozishni, gapda so’zlarni alohida yozishni, so’zlarni bo’g’inlab ko’chirishni kishilarning, shahar, ko’cha, hayvonlarning nomlarini bosh harf bilan yozish.
B. Jarangli va jarangsiz undoshli so’zlarni to’g’ri yozishni, alohida va chiziqcha bilan yoziladigan so’zlarni, bo’g’inga bo’lib va bo’g’in ko’chirish qoidasiga ko’ra yoziladigan so’zlarni, bosh harflar imlosini
C. CHo’ziq va qisqa aytiladigan undoshli so’zlarni, jarangli va jarangsiz undoshli so’zlarni, bo’g’in ko’chirish va bosh harflar imlosini.
D. Qo’shma so’z, sodda so’z, juft so’zlarining yozilishini, bo’g’in ko’chirilishi, bosh harflar imlosini.
123. Savod o’rgatish jarayoni yozuv darslarida o’tkaziladigan diktant turlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |