347
3. Qo‘chqorov A. «So‘z tarkibi» grammatik kompozitsiyasi. «Til
va adabiyot ta’limi», 1992, 1-son, 28–31-b.
4. Nurmatova M. Ifodali o‘qish to‘garagi. «Til va adabiyot
ta’limi» jurnali, 1992, 1-son, 28–31-b.
5.
Jalilova M, Ne’matova G. Takrorlash mashg‘ulotlarini
«Topqirlar bellashuvi» tarzida o‘tkazish. «Til va adabiyot ta’limi»
jurnali, 1994, 2
–
3- qo‘shma son, 36–37-b.
6. G‘ulomov A., Qodirov M. Ona tili o‘qitish metodikasi.
Toshkent, «Universitet», 2001, 221 b.
348
OLTINCHI BO‘LIM
ONA TILI O‘QITUVCHILARINING
К
ASBIY
TAYYORGARLIGINI
OSHIRISH
Tayanch tushunchalar:
К
asbiy tayyorgarlik, umumpedagogik yo‘nalish, xususiy - metodik
yo‘nalish, metodbirlashma, o‘qituvchining darsga tayyorgarligi, dars
konspekti
Jamiyatda ta’lim tizimi takomillashib borgan sari o‘qituvchining
kasbiy tayyorgarligiga bo‘lgan talab ham ortib boradi.
К
asbiy tayyorgarlik keng tushuncha bo‘lib, u o‘qituvchining
ijtimoiy, siyosiy, ma’rifiy va pedagogik tayyorgarligi kabilarni o‘z
ichiga qamrab oladi.
К
asbiy tayyorgarlik ikki yo‘nalishda amalga
oshiriladi:
1. Umumpedagogik yo‘nalish;
2. Xususiy - metodik yo‘nalish.
Umumpedagogik yo‘nalish barcha o‘quv fanlaridan dars
beradigan o‘qituvchilar uchun umumiy bo‘lib, maktabda ta’lim-
tarbiya sifatini oshirish, yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim-
tarbiya jarayoniga tadbiq etish bilan bog‘liq. Xususiy-metodik
yo‘nalish bevosita «Ona tili» o‘quv fanining o‘qitilishi
bilan aloqador
bo‘lib, shu o‘quv fanining o‘qitilishini yaxshilash bilan aloqadordir.
Birinchi yo‘nalish pedagogika fanining qo‘lga kiritgan yutuqlarini
ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llay olishda namoyon bo‘lsa, ikkinchisi
ona tili ta’limining yangi mazmunini mukammal egallash, shu
mazmunga
muvofiq keladigan metod, vosita va usullarni tanlash
kabilarda ko‘rinadi.
O‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki yaratuvchidir. U darsni
o‘tmaydi, balki yaratadi. Shuning uchun o‘qituvchi
doimiy ravishda
o‘z kasbiy tayyorgarligini oshirib borishi, pedagogik hayot
talablaridan ortda qolmasligi uchun hamisha o‘qishi, izlanishi, ijod
qilishi lozim. Buning uchun har bir o‘qituvchi o‘z
shaxsiy
349
kutubxonasiga ega bo‘lishi, pedagogika va metodikaga oid jurnallarni
o‘qib borishi, maktab va maktabdan tashqari kutubxonalar bilan
doimiy aloqada bo‘lishi talab etiladi.
Ona tili o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligini oshirishda maktab
metodbirlashmasining ahamiyati benihoya katta.
Do'stlaringiz bilan baham: