Ona tilidan metodbirlashma faoliyati.
Ona tili o‘qituvchilariga
metodik yordam ko‘rsatishning asosiy markazi metodbirlashmalardir.
Metodbirlashma maktabda ishlaydigan barcha ona tili va adabiyot
o‘qituvchilarini o‘z safida birlashtiradi.
Metodbirlashmaning asosiy maqsadi o‘qituvchilarning o‘z ustida
ishlashini tashkil etish, maktabda ona tili va adabiyot fanlarining
to‘g‘ri o‘qitilishini uyushtirish va uni nazorat qilish, pedagogik
tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish, yosh o‘qituvchilarga metodik
yordam ko‘rsatish kabilardan iborat.
Metodbirlashma o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
maktabdagi barcha ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining
hamjihatlikda ishlashini ta’minlash;
ona tili va adabiyot fanlarining o‘qitilishiga oid yangiliklardan
o‘qituvchilarni doimiy xabardor qilib borish;
yosh o‘qituvchilarga har jihatdan metodik yordam ko‘rsatish,
ularning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish;
ona tili va adabiyot fanlaridan o‘quv-metodik majmua yaratish;
o‘qituvchilarning o‘z ilmiy va metodik saviyasini mustaqil
oshirib borishini tashkil etish;
ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining ilg‘or tajribalarini
aniqlash, o‘rganish va ommalashtirish;
ona tili kabinetining faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik
qilish;
maktabda yagona imloviy va nutqiy rejimni tashkil etish.
O‘quvchilar bilan ishlash borasida ham metodbirlashma
zimmasiga bir qator vazifalar yuklatiladi. Bular:
ona tili va adabiyot fanlaridan iqtidorli bolalar bilan ishlashni
tashkil etish;
350
o‘quvchilarni maktab olimpiadasiga tayyorlash ustidan nazorat
o‘rnatish; olimpiadalarning nizom talabi asosida o‘tishini ta’minlash;
maktab ona tili va adabiyot to‘garaklari faoliyatini yo‘lga
qo‘yish, ularning doimiy ishlashini ta’minlash; sinfdan va maktabdan
tashqari ishlarni samarali tashkil etishdan iboratdir.
Metodbirlashma faoliyatiga rahbarlik maktab ma’muriyatining
buyrug‘i bilan eng tajribali va tashabbuskor o‘qituvchi zimmasiga
yuklatiladi. Metodbirlashma yillik ish rejasiga ega bo‘ladi. Birlashma
rahbari rejaning bajarilishini nazorat qiladi va hisobot beradi.
Metodbirlashma yig‘ilishlari o‘quv yili boshlanishi oldidan,
chorak oxirlarida, o‘quv yili yakunida, inspektorlik va ichki
nazoratlardan keyin o‘tkazilishi mumkin.
Ona tili o‘qituvchilari bilan olib boriladigan ishlarning salmoqli
qismini ularning o‘z ustida ishlashi, mustaqil ravishda o‘z malakasini
oshirishi tashkil etadi. Shuni nazarda tutgan holda, har bir
o‘qituvchining umumpedagogik va ixtisosligiga oid adabiyotlar ustida
ishlashini tashkil etish metodbirlashmaning diqqat markazida turmog‘i
lozim. Maktab ma’muriyati va metodbirlashma tashabbusi bilan «Ona
tili va adabiyot o‘qituvchisining kutubxonasi»ni tashkil etish, har bir
o‘qituvchining shaxsiy kutubxonasi bo‘lishiga erishish bu murakkab
ishni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Metodbirlashma
yig‘ilishlarida o‘qituvchilarning o‘qilgan adabiyotlar yuzasidan bahs-
munozaralarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchilarning
pedagogik mahoratini oshirish maqsadida dars ishlanmalari tuzish,
ularning muhokamasini uyushtirish ham mumkin.
Yosh o‘qituvchilar bilan ishlash metodbirlashma zimmasiga
yuklatilgan eng muhim vazifalardan biridir. Endigina pedagogik
faoliyatga qadam qo‘yayotgan o‘qituvchilar bilan ish shunday tashkil
etilmog‘i lozimki, ularning tanlagan kasblariga muhabbatlari oshsin;
bolalar bilan ishlash zavqu shavq ishiga aylansin.
Maktab metodbirlashma faoliyatining ko‘p qirrali ekanligi va ish
ko‘lamining kengligini hisobga olib, o‘qituvchilar orasida ishni to‘g‘ri
taqsimlashga alohida e’tibor qaratish lozim. Ish taqsimotida
o‘qituvchining iqtidori va imkoniyati hisobga olinadi.
351
Ona tili ta’limining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘quv
materialining to‘g‘ri rejalashtirilishiga bog‘liq. Shuning uchun
metodbirlashma har bir bo‘limga ajratilgan soat miqdori hamda uning
mavular bo‘yicha taqsimotiga, nutq o‘stirishga ajratilgan soatlarning
o‘quv yili davomida to‘g‘ri joylashtirilishiga, joriy, oraliq va yakuniy
nazoratning to‘g‘ri tashkil etilishiga e’tibor qaratish lozim.
Ona tili o‘qituvchisi tadrijiy (tematik) ish rejasini tuzishda
quyidagilarga amal qilishi kerak:
– har bir sinfda ona tilini o‘rganishga ajratilgan haftalik va yillik
soat miqdori (masalan, 5-sinfda haftada 6 soat, 1 yilda 202 soat) ;
– muayyan bo‘limni o‘rganishga ajratilgan soat miqdori (masalan,
5-sinfda «Muqaddima» bo‘limini o‘rganishga 48 soat vaqt ajratilgan);
– yirik mavzularning ichki bo‘linishi;
– egallangan bilimlarning malaka va ko‘nikmaga aylanishi;
– nazorat xarakteridagi yozma ishlarning o‘quv yili davomida
to‘g‘ri taqsimoti;
– o‘quv choraklari (1- chorak 2 sentabridan 3 noyabrgacha
–
9
hafta; 2-chorak 11 noyabrdan 29 dekabrgacha
–
7 hafta-yu 2 kun; 3-
chorak 11 yanvardan 20 martgacha
–
9 hafta-yu 3 kun; 4-chorak 1
apreldan 25 maygacha
–
7 hafta-yu 3 kun);
– maktab ta’tillarini (kuzgi ta’til 4 noyabrdan 11 noyabrgacha;
qishki ta’til 30 dekabrdan 10 yanvargacha; bahorgi ta’til 21 martdan 1
aprelgacha);
– yil taqvimining xususiyatlari (yil davomida o‘tkaziladigan
hayitlar, bayramlarning qaysi kunga to‘g‘ri kelishi).
Maktabda ona tilidan o‘quv-metodik majmua yaratish ham
metodbirlashma zimmasiga yuklatiladi. «Ona tili» darsliklari,
lug‘atlar, o‘quv qo‘llanmalaridan tortib, turli xildagi tarqatma
materiallar, rasmlar, jadvallar, natyurmortlar, diapozitiv, diafilm va
o‘quv filmlari, magnit tasmasiga yozib olingan nutq namunalari
kabilarning barchasi ana shu majmuani tashkil etadi. Shubhasiz,
bularni to‘plash yoki yaratish uchun ona tili o‘qituvchilarining
hamjihatlik bilan ishlashlari talab etiladi. Bu murakkab ishni amalga
oshirish uchun har bir sinfni muayyan o‘qituvchiga topshirish,
352
ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallarning tanlovini o‘tkazish
foydalidir.
Metodbirlashma faoliyati maktabda ona tili kabinetini jihozlashga
ham mutasaddidir.
К
abinet mudirligi metodbirlashma topshirig‘i bilan
tajribali o‘qituvchilarning biriga yuklatiladi.
Ona tili kabineti zamonaviy texnika vositalari, mashhur tilshunos
olimlarning portretlari, donolarning til haqida aytgan hikmatli so‘zlari,
DTS talablari, tahlil namunalari, o‘quvchilarning diktant, bayon va
insho yozishlari uchun esdalik kabilar bilan jihozlangan bo‘lishi,
o‘quv-metodik majmuani o‘zida mujassamlashtirishi lozim.
Ona tili kabinetida ish qog‘ozlaridan namunalar bo‘lsa,
o‘quvchilar uchun ancha foydali bo‘ladi.
Metodbirlashma ona tili kabinetini zarur o‘quv-tadrijiy
qo‘llanmalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor berishi lozim. Bu
o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlariga tayyorlanishiga, o‘z ustida
ishlashlariga yordam beradi. Maktabda yagona orfografik va nutq
rejimini joriy etishda ham ona tili o‘qituvchilari metodbirlashmasining
xizmati katta. Boshqa o‘quv fanlaridan dars beradigan
o‘qituvchilarning imlo, punktuatsiya, talaffuz va nutqqa katta e’tibor
berishlari, o‘quvchilarning yo‘l qo‘ygan imloviy, ishoraviy va nutqiy
xatolarini o‘z vaqtida tuzatib borishlari, daftarlar yuzidagi
yozuvlarning yagona talablar asosida bo‘lishi juda katta amaliy
ahamiyatga ega. Bu ishlarni yo‘lga qo‘yishda, birinchidan, ona tili
o‘qituvchilarining o‘zlari namuna bo‘lishlari va ikkinchidan, maktab
o‘qituvchilariga bu ishda amaliy yordam ko‘rsatishlari talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |