Ona tili o‘qitish metodiкasi


Maktabda ona tili o‘qitishning maqsad va vazifalari



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

Maktabda ona tili o‘qitishning maqsad va vazifalari. 
Maktabda ona tili o‘qitishning bosh maqsadi tilning jamiyatda tutgan 
o‘rni, bajaradigan vazifasi bilan belgilanadi. Ma’lumki, til jamiyat 
a’zolari o‘rtasida aloqa-aralashuv vositasi, insonning fikrlash va fikr 
mahsulini og‘zaki hamda yozma ravishda bayon qila olish, o‘z ichki 
kechinmalarini ifodalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.


39
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 
7-moddasida: «Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta 
maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga 
qo‘yiladigan talablarni belgilaydi»,–deyilgan. O‘quvchining bilim 
saviyasiga qo‘yiladigan talab esa, ta’lim jarayoni oldiga qo‘yiladigan 
ijtimoiy talab bilan belgilanadi. Shunday ekan, Davlat ta’lim 
standartlari, shu jumladan, ona tili Davlat ta’lim standarti ham ta’lim 
jarayoni oldiga qo‘yilgan ijtimoiy talablardan kelib chiqqan holda 
belgilab berilgan. Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma 
o‘quvchi shaxsini flkrlashga, o‘zgalar flkrini anglashga va shu fikr 
mahsulini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga, 
ya’ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o‘rgatishdan 
iborat. Shundan kelib chiqqan holda ona tili ta’limi oldiga ijtimoiy 
jihatdan mukammal shakllangan, mustaqil flkrlay oladigan, nutq va 
muloqot madaniyati rivojlangan, savodxon shaxsni kamol toptirish 
maqsadi qo‘yiladi. 
Ona tilini o‘qitishdan maqsad tilning jamiyat a’zolari o‘rtasida 
bajaradigan ana shu vazifasidan kelib chiqadi. Chunki kishilar o‘z 
faoliyatlarining barcha sohalarida bir-birlari bilan faol munosabatda 
bo‘ladilar. Ular doimo o‘zlarini o‘rab olgan moddiy borliqdagi narsa-
buyumlar, voqea-hodisalar to‘g‘risida fikr yuritadilar va o‘z fikrlarini 
bir-birlariga ma’lum qiladilar. 
Demak, jamiyatda fikr almashish qonuniy zaruriyatdir. Odamlar 
o‘rtasida fikr almashish bo‘lmasa, jamiyat taraqqiyotdan to‘xtaydi. 
Fikr esa faqat til yordamida ro‘yobga chiqadi. Shuning uchun ham har 
bir kishi undan foydalanishni bilishi va avvalo uni egallab olishi zarur. 
Tilni o‘rganish bu faqat uning grammatik qurilishini bilish, tushuncha, 
ta’rif va qoidalarni o‘zlashtirib olish emasalan, balki ona tilining boy 
imkoniyatlaridan foydalanib, fikrni og‘zaki va yozma shakllarda 
to‘g‘ri, ravon ifodalash malakalarini egallashdan iboratdir. Ona tili 
fani bolaga tilni o‘rgatish bilan birga, uning serqirra imkoniyatlaridan 
nutqda foydalanish me’yorlarini ham o‘rgatadi. 
Shunday qilib, ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma 
o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga va shu fikr 


40
mahsulini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga, 
ya’ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o‘rgatishdan 
iborat. Shundan kelib chiqqan holda ona tili ta’limi oldiga mukammal 
shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati 
rivojlangan–savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yiladi. 
Shu maqsaddan kelib chiqqan holda DTS talabiga ko‘ra ona tili 
ta’limining mazmuni : 
–o‘quvchining fikrlash salohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy 
tafakkurini o‘stirish; 
–o‘z-o‘zini, moddiy borliqni tilning ifoda vositalari yordamida 
anglashga hamda o‘z fikri va his-tuyg‘ularini ona tilining keng 
imkoniyatlari doirasida bayon eta olishga o‘rgatish. 
Shunday qilib, UO‘T maktablarining 5–9-sinflarida o‘qitiladigan 
«Ona tili» o‘quv fani o‘quvchilarda:

o‘zbek tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi bo‘yicha 
nutqning og‘zaki va yozma shakllaridan keng va to‘g‘ri foydalanish 
uchun zarur bo‘lgan ilmiy-amaliy ma’lumotlar berishni; 

o‘zbek tilidan to‘g‘ri talaffuz, imlo va punktuatsiyaning asosiy 
qoidalarini o‘zlashtirib olishni; 

ona tilining xazinasi bo‘lmish turli lug‘atlardan foydalana 
olishni; 

o‘z fikrini nutq sharoitiga mos ravishda, turli shakllarda ifodalay 
olish ko‘nikmalarini hosil qilishni

muayyan bir xabarni yoki ma’lumotni turli shakllarda bera olish 
yo‘llarini; 

kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan ish qog‘ozlarini yuritish 
ko‘nikmalarini; 

yosh va malaka darajasiga mos bo‘lgan badiiy, ilmiy, siyosiy 
asarlarni o‘rganib, ular haqidagi fikr-mulohazasini, shaxsiy 
munosabatini og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri bayon eta olish 
ko‘nikmasini; 

moddiy borliqni o‘rganish va uni tafakkur birliklarida 
ifodalashda, jamiyat a’zolari orasida muloqot o‘rnatishda ona tili va 
boshqa tillarning beqiyos ahamiyatini his etish uchun zarur bo‘lgan 


41
nazariy ma’lumot va amaliy ko‘nikmalar berishni asosiy vazifa qilib 
oladi. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish