Ona tili o‘qitish metodiкasi



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet128/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

«Berilgan qolip 
asosida kim ko‘p so‘z hosil qiladi?» 
o‘yin-topshirig‘idan foydalansa 
bo‘ladi. O‘quvchilarga «Bir + ot + lar» shaklli hosilalarni yaratish 
topshiriladi. Belgilangan vaqtda mazkur hosilalarni (masalan, 
bir 
zamonlar, bir paytlar, bir vaqtlar, bir mahallar
va h.k.) to‘g‘ri hosil 
qilgan o‘quvchilar o‘yin g‘oliblari hisoblanadi.
O‘zbek tilida qadimdan qo‘llanilgan va ma’nosi ko‘pchilikka 
tushunarli bo‘lmagan 
lak, tuman, botmon, chaqirim, farsax, tanob, 
sadyak, misqol, qirot; 
baynalmilal 
fut, duym, funt, mil 
kabi 
so‘zlarning lug‘aviy ma’nosi ustida ishlash, shuningdek
millimetr 
(m), santimetr (sm), desimetr (dm), metr (m), kilometr (km), 
kilogramm (kg), sentner (s), tonna(t), gektar (ga), million, milliard 
kabi so‘zlarning ma’nosi va qo‘llanilishi ustida to‘xtalish ham o‘ta 
foydalidir. 
Tilimizda 
lak, tuman, botmon, chaqirim, tanob, misqol, qirot, 
fut, funt, duym, mil 
singari otlar mavjudki, ularning har biri muayyan 
miqdoriy ko‘rsatkichni ifodalab keladi. Masalan, bir botmon 7,8 kgga 
teng, bir tanob 0,24ga (gektarning to‘rtdan biri), bir misqol – 2 
gramm, mil – 1,8 km, bir pud – 16 kg, funt – pul birligi, ya’ni Angliya 
funt-sterlingi va h.k. Bu so‘zlar ifodalab kelgan o‘lchov birliklarini 
«Izohli lug‘at»dan foydalanib aniqlash o‘quvchilarga topshiriladi. Bu 
ish musobaqa tarzida o‘tkaziladigan bo‘lsa, u o‘yin xarakterida 
bo‘ladi.
Ma’lumki, o‘quvchilar millimetr (mm), santimetr (sm), desimetr 
(dm), kilogramm (kg), kilometr (km), sentner (s), tonna (t), gektar (ga) 
kabi so‘zlar ma’nosini ham to‘la tushunmasliklari sababli, zarur 
paytlarda bu so‘zlardan o‘rinli foydalana olmaydilar. Shuni nazarda 
tutib, berilgan so‘zlar ifodalaydigan miqdoriy ko‘rsatkichlarni topish 
o‘quvchilarga mustaqil ish sifatida topshirilishi mumkin. Mazkur 
so‘zlar aralash holda berilib (masalan, 
metr, millimetr, kilometr 
va 
h.k.) ularni tartib bilan joylashtirish o‘quvchilarga tapshirilishi 
mumkin. Shuningdek, berilgan sonlarni qisqartma shaklda (masalan, 
o‘n kilometr–10 km
kabi) yozish, ular yordamida gaplar hosil qilish, 
muayyan miqdoriy ko‘rsatkichlarni ifodalovchi so‘zlar ishtirokida 


208
matnlar tuzish singari ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilarning nutqiy 
faoliyatini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi.
Sonlarning ko‘chma ma’nosini sharhlash (masalan, aza 
marosimlarini ifodalovchi uch, etti, qirq kabi so‘zlar), ular yordamida 
gaplar tuzish, sonlar ishtirok etgan xalq maqollari (masalan, 
Bir qo‘y 
ketidan ming qo‘y to‘yadi. Bir qo‘llab sochasan, ikki qo‘llab o‘rasan. 
Bir qo‘chqorning shoxi singuncha, yuzta qo‘yning boshi ketadi. Yetti 
o‘lchab bir kes. Yetti yashar safardan kelsa, yetmish yashar ko‘rgani 
kelar
) ustida ishlash singari ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilar nutqini 
boyitishda muhim ahamiyatga ega. 
«Son» so‘z turkumini o‘rganishda o‘yin-topshiriqlar, 
topishmoqlardan keng foydalaniladi. Bu topishmoq va topshiriqlar 
sonlarning ichki ma’no guruhlari, ma’lum bir ma’no guruhidan 
boshqa bir ma’no guruhidagi so‘zlar hosil qilish, sonlar sinonimiyasi, 
ularning imlosi kabi muhim masalalarga bag‘ishlansa maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Mazkur so‘z turkumini o‘rganishda, ayniqsa, 
«Maktabimiz tarixi», «Qishlog‘imiz tarixi», «Xo‘jaligimiz tarixi», 
«Maktabimiz ustaxonasi jihozlarini topshirish va qabul qilish» kabi 
mavzularda matnlar yozdirish o‘ta foydalidir. 
Sanoq sonlar o‘rganilar ekan, shu sonlarni o‘z ichiga olgan xalq 
maqollari va hikmatli so‘zlar topish bo‘yicha «Topqirlar bellashuvi» 
o‘tkazish yaxshi samara beradi. O‘quvchilar nafaqat «Bir bolaga etti 
mahalla ota-ona», «Sanamay sakkiz dema», «Bir yil tut ekkan kishi
yuz yil gavhar teradi», «Bir dehqon omoch bilan, ettovlon cho‘mich 
bilan», «Bir kalla–kalla, ikki kalla–tilla», «Bir kun janjal bo‘lgan 
uydan qirq kun baraka uchadi», «Bir ko‘ngil imorati–ming Makka 
ziyorati» singari xalq maqollarini topib, ulardan sanoq sonlarni 
aniqlaydilar, balki shu maqollarning ma’nolari ustida ham ish olib 
boradilar. Masalan, «Bir ko‘ngil imorati ming Makka ziyorati» 
maqolida yaxshilik qilib, bir kishining ko‘nglini shod va xursand 
qilish Makkaga yuz marta borib haj qilib kelishdan yaxshiroq va 
xayrliroq ekanligini tushuntiradilar. Shu o‘rinda o‘qituvchi buyuk 
bobokalon shoirimiz Alisher Navoiyning «
К
imki bir ko‘ngli 
buzuqning xotirin shod aylagay, oncha borkim, 
К
a’ba vayron bo‘lsa 


209
obod aylagay», baytini keltirib, bu baytning ma’nosini tushuntirishni 
talab qilishi mumkin. O‘quvchilar mazkur baytda ham yuqoridagi 
mazmun ifodalanganligini aytishadi. Sanoq sonlarni o‘z ichiga olgan 
so‘zlarni belgilangan miqdorga etkazib, ularning ma’nosini tushungan 
va izohlab bera olgan o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan 
rag‘batlantiriladi.

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish