Ona tili o‘qitish metodiкasi


Olinma so‘zlar ustida ishlash orqali



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet88/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

Olinma so‘zlar ustida ishlash orqali. 
Ma’lumki, o‘zbek tilining 
tovush tizimi ustida ish olib borilar ekan, o‘quvchilar juda ko‘p 
olinma so‘zlarga ham duch keladilar. Shubhasiz, bu so‘zlarning imlosi 
va talaffuzi ustida ishlash ularning ma’nosi va nutqda qo‘llanilishi 
ustida ishlash bilan uzviy bog‘lanishi lozim. Chunonchi, 
j
harfi va 
tovushi o‘rganilar ekan, 
jo‘ra, jo‘ja, juda 
singari sof o‘zbekcha so‘zlar 
bilan bir qatorda arabcha, forscha va ayniqsa, rus tili va rus tili orqali 
Yevropa tillaridan kirgan so‘zlar (masalan, 
janr, federativ, fortepyano,
film, filmoskop 
va h.k.)ga ham duch kelinadi. «Imlo lug‘ati»dan 
shunday so‘zlarni topish, ularni ro‘yxat qilish, ma’nosini sharhlash 
o‘quvchilar nutqini olinma so‘zlar bilan boyitishda muhim ahamiyatga 
ega. 
«Fonetika»ni o‘rganish jarayonida o‘qituvchi keyingi yillarda fan 
va texnika taraqqiyoti, iqtisodiy aloqalarning rivoji tufayli tilimizga 
kirib kelayotgan yangi so‘zlarning o‘quvchilar so‘z zaxirasiga 
kirishiga alohida e’tibor qaratish lozim. So‘zlarni ma’lum bir 
belgilarga qarab muayyan guruhlarga ajratish ham ularning so‘z 
zaxirasini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, «Imlo 
lug‘ati»dan foydalanib, 
t, k, d, s, r, l 
tovushlari juftlanib kelgan (
katta, 
arra, to‘qqiz
va h.k.) so‘zlar ro‘yxatini tuzish nafaqat o‘quvchilarning 
imlo savodxonligini yaxshilashga, balki ularning so‘z boyligini 
oshirishga ham yordam beradi. 


148
Gap va matn ustida ishlash orqali. 
Fonetikani o‘qitishda tilning 
tovush tizimi ustida ishlash o‘quvchilarning gap qurish va matn 
yaratish ko‘nikmalari ustida ishlash bilan qo‘shilsagina mazkur 
bo‘limni o‘qitishning samaradorligi yuqori bo‘ladi. 
Mazkur bo‘limni o‘rganishda o‘quvchilar berilgan yoki hosil 
qilingan so‘zlar yordamida gaplar tuzishlari, muayyan uyadagi so‘zlar 
ishtirokida matn yaratishlari, matnning mazmunini saqlagan holda 
shaklini o‘zgartirishlari mumkin. Chunonchi, bir tovush bilan farq-
lanuvchi 
tib

tip, bob

bop, sarv

sarf, bot

bod
singari so‘zlar yorda-
mida gaplar tuzish (masalan, 
Rahima bugun kitobning birinchi bobini 
o‘qib tugatdi

Bu ko‘ylak Rahimaga bop qilib tikilgan ekan
), bu 
so‘zlarga ma’nodosh va uyadoshlar tanlash (masalan, 
bob

bo‘lim

qism, bop

mos

yarashiqli; tib

hakim

tabib

vrach

medik

shifokor, 
tip

qahramon

shaxs

personaj

obraz 
va h.k.) kabi ish usullaridan
foydalansa bo‘ladi. Maktab ona tili kursining boshqa bo‘limlari 
singari «Fonetika»ni o‘qitishda ham matn ustida ishlash va matn 
yaratish malakalarini takomillashtirish asosiy vazifalardan biri 
sanaladi. Darslikda mazkur bo‘lim bilan bog‘liq juda ko‘p ma’rifiy 
matnlar berilgan bo‘lib, o‘quvchilar bu matnlar ustida ishlash orqali 
ham talaffuz va imlo me’yorlarini puxtaroq bilib olish, ham matn 
yaratish malakalarini takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Ana shu maqsadda o‘qituvchi matn mazmuni asosida so‘roq gaplar 
tuzish, matnga reja tuzish, matn mazmuni asosida savol-javob 
o‘tkazish, matn oxirida berilgan savollarga javob topish singari 
topshiriqlardan foydalanishi mumkin. 
Ayniqsa, matn yaratish o‘qituvchining diqqat markazida turishi 
lozim. O‘quvchilarga «Nutq nima?», «Nutq tovushlari qanday hosil 
bo‘ladi?», «Qanday holatlarda bo‘g‘in qatordan qatorga ko‘chiril-
maydi?» singari mavzularda ma’rifiy matnlar tuzish yoki o‘rganilgan 
fonetik hodisalarni nutqda qo‘llab rasm asosida hikoya, turli 
mavzularda tasviriy, rivoya va muhokama matnlar yaratishni topshirsa 
bo‘ladi. 
O‘zbek tilining tovush sistemasini o‘rganishda ona tili o‘qituv-
chisi oldida turgan muhim vazifalarning biri o‘quvchilarning so‘z 


149
boyligini muttasil oshirib borishdir. Modomiki shunday ekan, 
fonetikadan tashkil etiladigan o‘yinlar, avvalo, o‘quvchilarda so‘z 
ehtiyojini yuzaga keltirishi, so‘zga chanqoqlik hissini tarbiyalashi 
zarur. Ana shu maqsadda tovushdosh so‘zlar topishni talab etadigan 
o‘yinlar ancha samarali natijalar beradi. Tovushdosh so‘zlar bir-
biridan atigi bitta tovush bilan farqlanuvchi so‘zlar bo‘lib, o‘quvchi 
ayni bir tovushni o‘zgartirish orqali yangi so‘zlar hosil qiladi va 
ularning ma’nolari ustida ishlaydi. 
Masalan:
1) bir – ber – bur – bor – bur – bar; 
2) bir – dir – kir – mir – tir – sir – pir – qir; 
3) dor – bor – zor – kor – nor – tor – xor – qor
kabi so‘zlar tovushdosh bo‘lib, ular bitta tovush bilan farqlana-
yotgan so‘zlardir. Unli va undosh tovushlar ustida ishlayotganda 
«Tovushdosh so‘zlar top», «Berilgan kataklarni tez to‘ldir», «Tovush 
juftlari bilan farqlanuvchi so‘zlar ro‘yxatini davom ettir»
kabi 
o‘yinlardan foydalanish mumkin. Tilga olinayotgan topshiriqlarning 
musobaqa tarzida tashkil etilishi uni qiziqarli o‘yinga aylantiradi va 
g‘oliblarni aniqlab, ularni rag‘batlantirish imkoniyatlarini yuzaga 
keltiradi. 
Quyida ana shu o‘yinlardan namunalar keltiramiz: 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish