To‘rtinchi davr
–1970–1990-yillar. Bu davrga kelib, o‘zbek
tilshunosligida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni maktab darsliklariga
kiritishga urinish ancha kuchaydi. Ona tilidan V sinfda (o‘quv yilining
boshida) sintaksis va punktuatsiyadan dastlabki zaruriy ma’lumotlar
berish ko‘zda tutildi va mazkur bo‘limni o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. So‘z
yasalishi tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida ajralib chiqdi va bu
bo‘lim 16 soat davomida V sinfda o‘qitiladigan bo‘ldi.
Beshinchi davr
– 1991-yildan keyingi davr. O‘zbekiston
Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ona tili
ta’limi oldiga tamomila yangi talablar qo‘yila boshlandi. «O‘zbek
maktablarida ona tili ta’limi
К
onsepsiyasi» (1993) ishlab chiqildi.
Ona tilidan DTS me’yorlari belgilandi va u davlat hujjati sifatida
qabul qilindi, DTSga muvofiq keladigan «Ona tili» dasturlari
yaratildi; maktab darsliklari yangilana boshlandi.
Ona tili ta’limining mazmuni, asosan, 50-yillarning o‘rtalarida
shakllantirilgan bo‘lib, o‘shandan beri dasturlar juz’iy o‘zgarishlar
bilan 1998–1999-o‘quv yiliga qadar amalda bo‘lib keldi. 60-yillarga
34
kelib «Fan yutuqlari–maktabga» shiori o‘rtaga tashlangach, maktab
ona tili ta’limi shu qadar nazariylashib, grammatizm hokimligi yuzaga
keldiki, o‘qish ham, o‘qitish ham zerikarli bo‘lib qoldi. Ona tili
mashg‘ulotlarida o‘quvchi nutqni rivojlantirishga qaratilgan foydali
amaliy ishlar o‘rniga son-sanoqsiz grammatik talqin, qoida va
ta’riflarni ko‘r-ko‘rona «o‘zlashtirish», ya’ni ularni qorilarcha yodlab
olishdan nariga o‘tilmadi.
Ona tili ta’limidagi yana bir murakkablik grammatik talqinlar
bilan bog‘liq chalkashliklar edi. Jumladan, olmoshning nafaqat ot,
sifat, son, balki, fe’l, ravish, taqlidiy so‘z, undov gap va hatto matnni
almashtira olishi, ularga ishora etish xususiyati hisobga olinmagan edi.
Mavjud chalkashliklardan yana biri bir so‘z turkumidan ikkinchi so‘z
turkumiga o‘tish talqini edi. «Dono qiz dono so‘zlaydi» gapida
birinchi
dono
ravish so‘z turkumiga kiritilgan edi.
Sintaksisda ulkan chigallik tug‘dirgan masalalardan biri gap
talqini masalasi edi. Shaxs-son, zamon ko‘rsatkichiga ega bo‘lmagan
kesimlar ham «kesim» deb atalib, «Men borganda... «, «U kelgandan
keyin...» tipidagi gaplar ham qo‘shma gap sifatida qaraldi.
Sho‘ro ta’limi sharoitida nafaqat ta’lim mazmuni, balki o‘qitish
usulida ham dogmatizm hukmron edi. Ona tili ta’limi o‘quvchilarda
ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos
ravishda og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilishga o‘rgatishdan
ancha yiroq bo‘lib, ona tili ta’limining asosiy maqsadi–nutqni
shakllantirish va rivojlantirish uning soyasida qolib ketgan edi.
Milliy istiqlol maktab ona tili ta’limi oldiga ham yangi ufqlar
ochdi. O‘zbekiston olamga yuz tutdi; ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy
jabhalarda ulkan ijobiy qadamlar tashlandi. Mustaqil Respubli-
kamizning xalq ta’limi sohasidagi islohotlari bugungi kunda naqadar
katta ijobiy natijalar berganligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Bu
islohotlar, avvalo, millatning g‘ururi, uning iftixori – tiliga bo‘lgan
e’tibordan boshlandi.
1989-yil 21-oktabr kuni «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul
qilindi. «O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tilidir», deb
rasmiy ravishda e’lon qilindi.
35
Tilimizga davlat tili maqomi berilishi Respublikamiz
maktablarida o‘zbek tilining o‘qitilishiga e’tiborni kuchaytirdi.
Tarixiy ahamiyatga molik bu Qonun 1987-yilda tuzilgan, bir qator
maktablarda muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o‘tkazilgan «Ona tili»
(U–IX sinflar uchun) dasturining takomillashtirilishiga turtki bo‘ldi
hamda O‘zbekiston Respublikasi XTV tomonidan 1989-yili 25-
sentabrda 386-raqamli buyruq bilan ta’sis etilgan «O‘zbek tili» doimiy
anjumani (O‘TDA) 1-yig‘inida «Induktiv–2» ramzi bilan muqobil
dastur sifatida muhokamaga chiqarildi.
O‘TDAning 1-yig‘ini 1991-yilning aprelida Samarqandda
o‘tkazildi. Yig‘inda 400 ga yaqin o‘qituvchi va olimlar ishtirok etdi.
Birinchi yig‘inning tarixiy ahamiyati benihoya katta bo‘ldi. U o‘sha
davrda amalda bo‘lgan «stabillashgan» ona tili ta’limi usuli, ta’lim
mazmunini tubdan yangilash zarurligini, qotib qolgan andazalar bilan
ishlash mumkin emasligini baralla aytdi va mavjud tanazzuldan
chiqish yo‘llarini belgilab berdi. Yig‘in «Induktiv», «Ijod», «Ta’lim»,
«O‘qituvchi» ramzli muqobil dasturlarni muhokamaga chiqardi va
«Induktiv–2» ramzli dasturda qo‘yilgan ona tili ta’limi maqsadi,
mazmuni va usulini ma’qul deb topdi.
O‘TDA ning 2-yig‘ini 1993-yilning aprelida Qarshi shahrida
bo‘lib o‘tdi. Anjuman ona tilidan ta’lim mazmuni muammolariga
bag‘ishlandi va RTM tomonidan nashr etilgan «Ona tili»dan ta’lim
mazmunini yangilashning asosiy yo‘nalishlari» qo‘llanmasi
amaliyotchi o‘qituvchilar va olimlar e’tiboriga havola etildi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta’limni tubdan isloh
qilishga kirishildi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi hamda «
К
adrlar tayyorlash Milliy dasturi»
to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari ona tilidan ta’lim
mazmunini va usulini yangilash sari tashlangan katta qadamlar bo‘ldi.
Bu muammolar O‘TDA ning 2-yig‘ini muhokamasiga chiqarildi va
ona tilidan ta’lim mazmunini belgilab berdi.
Ona tili ta’limida mustaqillik yillarida tashlangan ulkan qadam
«O‘zbek maktablarida ona tilini o‘qitish
К
onsepsiyasi» bo‘ldi. Mazkur
hujjat 1993-yil 15-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi XTV
36
tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, maktabda ona tili o‘qitishning asosiy
maqsadi o‘quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr mahsulini nutq
sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon
ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat deb
belgilandi. Bunday maqsadning qo‘yilishi bejiz emasalan, albatta.
Prezidentimiz I.A.
К
arimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
IX sessiyasida so‘zlagan nutqida: «Demokratik jamiyatda bolalar,
umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar
bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past
bo‘lishi muqarrar. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir»
1
,–deb qayd
qiladi. Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan maqsad yurtboshimiz aytgan
fikr bilan hamohangdir.
Milliy istiqlol sharofati bilan ona tili ta’limini takomillashtirish
davom ettirildi.
O‘zbek tilining grammatik qurilishidagi «ruslashtirish» samarasi
bo‘lgan juda ko‘p ilmiy-grammatik talqinlar turkona talqinlar bilan
almashtirildi. Ana shu yo‘nalishda «Ona tili» o‘quv fanidan darsliklar
yaratish ishiga kirishildi.
Modomiki, ona tili ta’limidan ko‘zlangan asosiy maqsad
o‘quvchilarni nutqiy faoliyatga tayyorlash ekan, so‘z boyligini
oshirish birinchi galdagi vazifa sanaladi. Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan
O‘TDAning 3-yig‘ini (1995-yil) xuddi mana shu masalaga
bag‘ishlandi. Anjumanda barcha shu’balar bo‘yicha 283 ta ma’ruza
tinglandi. Bu ma’ruzalarning ko‘pgina qismi umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida o‘quvchilarning so‘z zaxirasini oshirishning samarali
yo‘llari, vositalari va usullariga bag‘ishlandi. Yig‘in ona tilidan sinov
darsliklari nashrini tezlashtirish xususida tavsiya qabul qildi.
«Ona tili»dan 5-sinflar uchun sinov darsligi 1997-yilda yaratilgan
bo‘lib, uning tuzilishi ham, mazmuni ham oldingi darsliklardan farq
qiladi.
6-sinflar uchun sinov darsligi 1998-yilda yaratildi. Bu darslik o‘z
ichiga, asosan, so‘zlarning lug‘aviy shakllari va ma’no guruhlarini
qamrab olgan.
1
Barkamol avlod orzusi (tuzuvchilar: Qurbonov Sh., Saidov H., Ahliddinov R.) T.: «Sharq», 1999, 16-bet.
37
5–6-sinflar uchun yaratilgan sinov darsliklarida «til–me’yor–
nutq» mutanosibligiga qat’iy amal qilindi. Buning ma’nosi shuki, ona
tili darslarida o‘quvchi til hodisalarini kuzatish, izlanish,
alohidaliklarni sharhlash, qiyoslash, umumiylikni aniqlash, farqlarni
topish, guruhlash, hukm chiqarish, xulosalash, fikrni og‘zaki bayon
etish, ijodiy matn tuzishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni mustaqil
bajaradi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchini ta’lim jarayonining faol
ishlovchisiga, o‘qituvchini esa shu jarayonning tashkilotchisiga
aylantiradi.
1997-yil ona tili ta’limidagi muhim voqealardan biri Vatanimiz
poytaxti Toshkentda O‘TDA 4-yig‘inining o‘tkazilishi bo‘ldi. Mazkur
anjuman ijodiy matn yaratish muammolariga bag‘ishlandi.
Respublikamizning 700 dan ziyod o‘qituvchisi uch kun davomida
o‘quvchilarni ijodiy matn yaratishga o‘rgatish yo‘llari, vositalari va
usullarini muhokama etdilar.
1998-yil 13-mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «Umumiy o‘rta ta’limni tashkil
etish to‘g‘risida»gi 203-Qarori barcha o‘quv fanlari qatori ona tilidan
Davlat ta’lim standarti (DTS)ni yaratish va uni sinovdan o‘tkazishni
O‘zbekiston Respublikasi XTV oldiga muhim vazifa sifatida qo‘ydi.
O‘z.R. PFITI va BuxDU tomonidan hamkorlikda tuzilgan DTS bir yil
davomida sinovdan o‘tdi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasining «Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini
tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori bilan 1999-yil 16-avgustda
tasdiqlandi. Endigi vazifa ona tilidan DTS va o‘quv dasturiga asosan
yangi darsliklarni yaratish hamda belgilangan tartib va muddatlarda
ularni nashriyotga topshirishdan iborat edi. Bu murakkab vazifa ham
muvaffaqiyatli hal etildi. Qo‘yilgan vazifani hal etishda O‘TDAning
1999-yil Buxoroda o‘tkazilgan 4-yig‘ini muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi. Anjumanda qilingan ma’ruzalarning ko‘pchiligida yaratilgan
sinov darsliklariga munosabat bildirildi. Mualliflar guruhi bu
bildirilgan fikr-mulohazalardan tegishli xulosalar chiqardilar hamda
ularni qayta ishladilar.
38
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach,
barcha o‘quv fanlari qatori ona tilidan ham ta’lim mazmuni va usulini
yangilashning benihoya ulkan imkoniyatlari yuzaga keldi.
2000–2001-o‘quv yilidan sinov darsliklari ommaviy nashrdan
chiqdi. Ona tili o‘quv dasturi asosida ommaviy amaliyotga tatbiq
etilgan (H. Ne’matov va A. G‘ulomov boshchiligidagi), keyinchalik
yanada boyitilgan (N. Mahmudov boshchiligidagi) ona tili
darsliklarining shakli va mazmuni ongli verbal-kognitiv ta’lim
tamoyillariga mos keladi. Chunki ona tilidan 5–9-sinflar uchun
yaratilgan yangi avlod darsliklari ongli, verbal, induktiv-kognitiv-
pragmatik ta’lim usuli asosida qurilgan.
E’tibor bersak, darsliklardagi o‘quv materialining soddadan
murakkabga, umumiylikdan xususiylikka, tahlildan qonuniyatga
ko‘rinishda joylashtirilishi ham, darslik topshiriqlarining berilishidagi
bosqichli ketma-ketlik ham, har bir dars mashg‘ulotida
o‘quvchilarning faoliyat yuritishlari ham, bu faoliyatning mavzudan
mavzuga, sinfdan sinfga murakkablasha borish yo‘llari ham, o‘rganish
jarayonining faol kuzatishidan boshlanib, amaliy qo‘llash bilan
yakunlanishi ham ongli verbal-kognitiv-psixodidaktik tamoyillarga
to‘la mosdir.
Ona tili dastur va darsliklari yangi avlodining yangilangan ta’lim
maqsadi, mazmuni ifodasi sifatida yaratilishi o‘qituvchi-o‘quvchi
munosabatlarining tubdan yangilanishiga sabab bo‘ldi. Chunki bu
darsliklar asosidagi mashg‘ulotlarda o‘quvchilar tabiiy ravishda dars
subyekti mavqeiga ko‘tariladi, o‘qituvchi esa shu jarayonning
boshqaruvchisiga aylanadi. O‘quvchi-o‘qituvchi munosabatlaridagi
bu yangilanish o‘quvchining mustaqil faoliyati uchun katta
imkoniyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |