Ona tili o‘qitish metodiкasi


Morfologiyani tilning boshqa bo‘limlari bilan aloqadorlikda



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet141/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

Morfologiyani tilning boshqa bo‘limlari bilan aloqadorlikda 
o‘rganish. 
Morfologiyani o‘rganish, avvalo, sintaksis bilan 
chambarchas bog‘langan. Buning bosh sababi shundaki, sintaktik 
shakl yasovchi qo‘shimchalarning ularda mujassamlangan va 
morfologiyada o‘rganiladigan mohiyati, ya’ni qo‘shimchalarning 
sintaktik vazifalari nutqda qo‘llanilishida namoyon bo‘ladi. Shuning 
uchun morfologiya va sintaksis bir-birini to‘ldirib turadi. Ikkinchi 
tomondan, morfologiya leksikologiya bilan, tilning lug‘at sathi bilan 
uzviy bog‘liqdir. 
Ma’lumki, morfologiyada so‘z shakllari va ularning ma’nosi 
o‘rganiladi. So‘z shakllarining ma’nolari esa so‘zning u yoki bu 
ma’no xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Chunonchi, 
-lar 
ko‘plik 
qo‘shimchasi kishi otlariga qo‘shilganda bir ma’noni anglatsa, joy 
nomlariga qo‘shilsa, boshqa ma’no; bo‘linmasalan, yaxlit moddalarni 
ifodalovchi so‘zlarga qo‘shilsa, butunlay boshqa ma’no kasb etadi. Bu 
xil ma’nolar, asosan, so‘zlar ifodalagan lug‘aviy ma’nolar bilan 
bog‘liq. Shuning uchun qo‘shimchalarning ma’nolari so‘z ma’nolari 
bilan birgalikda olingandagina sharhlanishi mumkin. 
Morfologiyaning uslubiyat bilan aloqadorligi haqida gapirilmasa 
ham bo‘ladi. Chunki uslubiyat, birinchidan, tilning barcha sohalarini 
o‘z ichiga qamrab oladi. Ikkinchidan, morfologiyada o‘xshash ma’no 


230
va vazifaga ega bo‘lgan shakllar o‘rganiladi. O‘xshash shakllarni 
qo‘llashda esa asosiy farq uslubiyat bilan belgilanadi. 
Morfologiya so‘z yasash bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki so‘z 
yasash qaysi yo‘l bilan bo‘lmasin, u yoki bu so‘z turkumining sodda 
yoki qo‘shma shaklini yasashdan iboratdir. Har bir yasama so‘z 
ma’lum bir so‘z turkumining ma’lum bir ma’no guruhiga mansub 
bo‘ladi. So‘z yasashni so‘z turkumlari ichida o‘rganishning sababi 
ham shunda. 
Morfologiyaning, ayniqsa, leksikologiya bilan aloqasi benihoya 
kuchli. Har bir so‘z turkumini o‘rganayotganda bu turkumning ichki 
ma’no guruhlarini alohida ajratish va ularga to‘xtalish bu ikki 
bo‘limni o‘zaro aloqadorlikda o‘rganish imkoniyatini yaratadi. So‘z 
turkumlarining ma’no guruhlarini ajratish va sanashda o‘quvchilar, 
albatta, uslubiy bo‘yoqlar, ko‘tarinki ruhdagi so‘zlar va oddiy so‘zlar 
bilan ish ko‘radilar. Shuning uchun so‘z turkumlarini ajratish va 
amalda qo‘llashda o‘quvchilar so‘zlardagi uslubiy xususiyatlarga 
diqqat qilishlari, ya’ni morfologiyani lug‘at va uslubiyat bilan qo‘shib 
olib borishlari zarur. 
Qo‘shimchalarning ma’nosi va ishlatilishida ikki omil, yuqorida 
ko‘rsatganimizdek, lug‘aviy ma’no omili va sintaktik qo‘llanish omili 
birgalikda olib boriladi. Chunonchi, 
-lar 
qo‘shimchasi otlarning turli 
ma’no guruhlariga qo‘shilib kelganda turli xil ma’no va uslubiy 
xususiyat kasb etadi. Bu qo‘shimchalarning uslubiy xususiyatlari 
hurmat, kuchaytirish, bo‘rttirish, mensimaslik, kamsitish ma’nolari 
uslubiyat bilan, so‘zlarning lug‘aviy ma’nolari bilan birgalikda 
sharhlansa, o‘quvchilar bu hodisalarni chuqurroq tushunib oladilar. 
Xullas, morfologiya fonetika, leksikologiya, sintaksis va, ayniqsa, 
uslubiyat bilan uzviy aloqadorlikda o‘rganilsa, til materiallarining 
foydalilik darajasi ortadi, ularning o‘rganish imkoniyatlari kengayadi. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish