faoliyat kuyidagicha amalga oshirilishi mumkin:
1.Yozilishi kerak bo‘lgan mavzuni yaxshilab o‘qib chiqish va uni taxlil qilish;
2.Yozish uchun tanlangan mavzuni tayyor reja asosida tuzish yoki taxlil qilib
chiqish;
3.Jumlalarni tuzish va ularning yozilishini muxokama qilish
4.Bobni yozish.
5.Bajarilgan ishni o‘quvchilar bilan birga taxlil qilib chiqish.
Bayon yozishda reja tuzish muxim ahamiyatga ega. Reja matndagi har bir parchani
aloxida taxlil etib, aniqlab olishga yordam beradi.
Yordamchi maktabning 5 sinfida bayon yozishga o‘rgatish uchun:
1.rejaning birinchi punkti o‘qib chiqiladi va jamoa bilan nima xaqida yozish
kerakligi muxokama qilinadi.
2.Birinchi jumlaning qanday yozilishi va qaysi orfografik qoidalarga amal qilish
zarurligi ko‘rib chiqiladi.
3.Tuzilgan jumlalar daftarga yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |