UMUMIY XULOSA
Yordamchi maktabning o’qish daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llarini nazariy va amaliy jixatdan o’rganish maqsadida amalga oshirilgan tadqiqot ishimiz shuni ko’rsatdiki, pedagogik , psixologik, metodik adabiyotlarda olimlar tomonidan o’qish daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llari deyarli o’rganilmagan.
Biroq ushbu o’quv predmetlarini olib borishda amalda turli muammolar kuzatilmoqda. O’tkazilgan tadqiqotlarda bolalarning aqliy rivojlanish saviyasi ijtimoiylashuvini amalga oshirishda yetarli darajada rivojlanmagan. Ishlatilayotgan DTSlari, o’quv dasturlarida o’qish daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llari, xususiyatlari yetarli darajada o’z ifodasini topmagan.
Ushbu muammoga doir o’quv-metodik adabiyotlarni o’ta noyobligi, mavjudlari esa mazmunan eskirganligi, metodik jixatdan yetarli talabga javob bermaganligi ularni qayta ko’rib chiqib, keng tarzda tadqiq etilishi lozimligini ko’rsatdi.
Qo’llanilayotgan Davlat ta’lim standartlari va o’quv dastur va darsliklari bugungi va ertangi kun talabiga mazmun hamda metodik jixatdan qay darajada javob berishi masalasi amaliyotda, maktab bitiruvchilari xayotida maxsus o’rganilmagan.
Yuqorida qayd etilgan masalalar aloxida yordamga muxtoj aqli zaif bolalarni ijtimoiy maishiy xayotga tayyorlash, ularga maktab yoshida tegishli o’quv fanlari orqali xayoti uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish muammosi o’ta dolzarbligini ko’rsatadi.
Aloxida yordamga muxtoj bolalar bilan ishlash jarayonida korrektsion ishlarning axamiyati katta. Bu ishlar qanchalik sifatli amalga oshirilsa, bolaning shunchalik maktab dasturini o’zlashtirishi oson kechadi. Maktab yoshidagi aqli zaif bo’lgan bolalar bilan ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim-tarbiya jarayoni korrektsion yo’nalishda amalga oshiriladi. O’qituvchi, logoped va tarbiyachilar xar bir mashg’ulotda korrektsion ishlarini turli usullar bilan amalga oshirishga xarakat qiladilar. Biroq o’qish darsida aqli zaif bolalar ko’rgazmali-obrazli tafakkurini rivojlantirish borasida o’qituvchilar faoliyatida, ishida ko’pgina qiyinchiliklar, kamchiliklar kuzatilmoqda. Yordamchi maktab o’quvchilarining bilish faoliyatidagi ko’pgina kamchiliklari bartaraf etilsa xam, nutq o’stirish ishlari, jumladan, bog’langan nutqni o’stirish, nutqning leksik tomoni ustida ishlash, grammatik komponentni yaxshi yo’lga qo’yish o’quvchilarning ijodiy-ko’rgazmali tafakkurini rivojlantirish masalalari o’z yechimini kutmoqda.
Bu qiyinchiliklarni oldini olish, bartaraf etish uchun ona tili darslari o’quv dasturiga 1sinfdan to 9 sinfgacha aqli zaif o’quvchilarning ko’rgazmali-obrazli tafakkurini rivojlantirishga oid ish turlari, ularga qo’yiladigan talablar kiritilishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu predmetning asosiy vazifasi - o’quvchilar nutqini o’stirish va bilish faoliyatidagi kamchiliklarni korrektsiyalash. Ona tili darslarini to’g’ri olib borish uchun o’qituvchi bolalarning psixologik rivojlanish xususiyatlarini o’rgangan bo’lishi lozim. Biroq maxsus psixologik adabiyotlarda ona tili darslari jarayonida bolalarning psixologik rivojlanishi xususiyatlari, obrazli tafakkurini rivojlantirish masalalari yetarli darajada o’rganilmagan, ushbu muammoga doir metodik qo’llanmalar ishlab chiqilmagan, amaliyotchilar korrektsion ishning psixologik asoslariga tayangan holda nutq o’stirishga, o’quvchilarning obrazli tafakkurini rivojlantirishga oid o’zbek tilida yaratilgan qo’llanmalarga muxtoj.
Do'stlaringiz bilan baham: |