Dars jihozi: diktant matni..
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
III. Yangi mavzu: 48-topshiriq. Mavzulardan birini insho yozish uchun tanlang:
1. “Vaqt – omad”.
2. “Inson umri – daryo suvi”.
3. “Qolgan ishga qor yog`ar”.
4. “Ertalabgi vaqt – naqdgina baxt”.
49-topshiriq. Mavzuga reja tuzib, matn tayyorlang. So‘zlarni tanlashda ma’nodosh so‘zlar lug‘atidan foydalanishingiz mumkin.
50-topshiriq. Maqol va hikmatlarni o`qing. Ulardan epigraf sifatida yoki fikringizni dalillash uchun foydalaning.
1. Barvaqt qilingan harakat hosilga berar barakat. (Maqol)
2. Kech boshlagan kechikar. (Maqol)
3. Kechki ekinning xatari ko`p. (Maqol)
4.Vaqting ketdi – naqding ketdi. (Maqol)
5. Vaqt g`animat, o`tsa nadomat. (Maqol)
6. Vaqt tog`ni, suv toshni yemirar. (Maqol)
7. Vaqting kam bo‘lishini istasang, hech narsa qilma. (Anton Chexov)
8. “Shoshma-shosharlik yaxshi emas” degan naql burga tutishda qo‘l keladi, hatto burgani tutishga erinadiganlar buni qo‘llab-quvvatlaydilar va rivojlantiradilar. (Vitaliy Korotich)
Uyga vazifa
51-topshiriq. Insho matnidan yozilishi qiyin bo`lgan so`zlarni ajrating, imlo lug`atidan shu so`zlani toping, lug`at daftaringizga ko`chiring va eslab qoling.
Do'stlaringiz bilan baham: |