(“Sharq hikoyat va rivoyatlari”)
44-topshiriq. Berilgan matndagi gaplarni sodda va qo`shma gaplarga ajrating.
45-topshiriq. Uch guruhga bo`lining. Guruhlar orasida “Bu − bizniki” o`yinini o`tkazing: matndan darak, so`roq, buyruq gaplarni alohida ajratib oling.
83-mashq. Matnni qayta aytib berishga tayyorlaning. Undagi so`roq va buyruq gaplarni ham darak gap shaklida ifodalang.
84-mashq. Berilgan sodda gaplarni qo`shma gapga aylantiring.
Hilm − axloqli odamning qimmatbaho libosi. U kiyim turlarining eng chidamli matosidir. Hilm yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchidir. Yumshoq ko`ngillilikni hodisalar to`la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo`ladi. Hilmni insoniyat qadrini o`lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa ham bo`ladi.
(Alisher Navoiy, “Mahbub ul−qulub”)
Uyga vazifa
46topshiriq. “Kim topqir?” musobaqasiga tayyorlaning. Hilm, muloyimlik, yumshoq ko`ngillilik haqida hikmatli so`z va maqollar toping, daftaringizga ko`chiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |